A. A. Yusupxodjayev,B. T. Berdiyarov


  Xomashyo yoki boyitmani kuydirish



Yüklə 2,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/102
tarix03.12.2023
ölçüsü2,63 Mb.
#171833
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   102
OG‘IR RANGLI METALLAR METALLURGIYASI ДАРСЛИК

 


50 
Xomashyo yoki boyitmani kuydirish 
Tarkibida misi kam bo‘lgan dastlabki ashyo va birikmalarni iste’mol 
qiladigan bir qator zavodlar ishlatiladi. Olmaliq sharoitida boyitmada mis miqdori 
borgan sari kamayib borayapti. Shuning uchun uni birinchi navbatda kuydirish 
ishlari ishlab chiqarish samaradorligini orttirishi mumkin. Biroq Olmaliq mis 
eritish zavodlarida boyitmani kuydirish umuman ishlatilmaydi, misli boyitma 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri eritiladi. 
Dastlabki pog‘onada boyitmani kuydirish mis miqdori yuqoriroq bo‘lgan 
boyitmani olish, mis tarkibi ko‘proq bo‘lgan shteyn va sulfat kislota olish mumkin 
bo‘lgan texnologik gazlarni olishga imkon yaratadi. 
Kuydirish davomida metall oksidi yoki sulfat quyidagi yakunlovchi 
reaksiyalar orqali boradi: 
MeS + 1,5 O
2
= MeO + SO
2
(1.1) 
2SO
2
+ O
2
= 2SO
3
(1.2) 
MeO + SO
3
= MeSO
4
(1.3) 
Birinchi reaksiya deyarli bir tomonlama boradi.
Kuydirish uchun eng mos dastgoh – bu qaynovchi qatlamli (KS) pechdir. 
Kuydirish harorati 650–750
0
C (sulfatlash) va 850–1050
0
C (oksidlanish) boradi. 
Kuydirish jarayonlari AQSH, Yaponiya va boshqa davlatlarda keng 
ishlatiladi. Sulfatli kuydirishda mis 94–98 % suvda eriydigan birikmalarga o‘tadi 
va suvli eritmaga o‘tkazilib, elektroliz orqali erkin holatda ajratib olinadi. Olmaliq 
sharoitida kuydirish jarayonini qo‘llash rejalashtirilmagan, pechga xomashyo 
sulfidli boyitma holida yuklanadi.
Yallig‘ qaytaruvchi eritish pechida katta hajmda organik uglerod yoqilg‘i 
ishlatiladi. Bu jarayonda ajralib chiqqan issiqlikning ta’sirida, pechning ishchi 
hajmi va vannasida turli fizik-kimyoviy o‘zgarishlar boradi: namning parlanishi, 
xomashyoning 
isishi 
va 
erishi, 
kimyoviy 
o‘zgarishlar 
va 
xomashyo 
komponentlarining bir-biri bilan reaksiyaga kirishishi, shteyn va toshqolning 


51 
paydo bo‘lishi, gaz fazasining ashyo va eritma bilan o‘zaro ta’siri va nihoyat 
qattiq, suyuq va gaz fazalarining pechning futerovkasi bilan ta’sirlanishi kechadi. 
Xomashyoni yuklashda ko‘proq suv bug‘lari bug‘lanadi va oltingugurt 
birikmalari bilan sulfat kislotasi bug‘larning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. 
Moddalarning parchalanishi ham jarayonning birinchi daqiqalaridayoq sodir 
bo‘ladi.

Yüklə 2,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin