A. A. Yusupxodjayev,B. T. Berdiyarov


-rasm. Yallig‘ qaytaruvchi eritish pechining yon tomondan



Yüklə 2,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/102
tarix03.12.2023
ölçüsü2,63 Mb.
#171833
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   102
OG‘IR RANGLI METALLAR METALLURGIYASI ДАРСЛИК

1.7-rasm. Yallig‘ qaytaruvchi eritish pechining yon tomondan 
 ko‘rinishi va qirqimi. 


45 
Unda: 1–eritish vannasi; 2– pech ostki qismi (leshad); 3– pech tomi; 4–
yoqilg‘i beruvchi old qismi; 5–olov yondirgich-gorelka; 6–konverter toshqolini 
quyishga moslashgan nov; 7–suyuq toshqol quyuvchi cho‘mich; 8–ko‘targich kran; 
9–transporter tasma; 10–xomashyo xampasi; 11–xomashyo uzatuvchi quvurlar; 
12–reversiv transporter; 13–osma kran; 14–pechning temir karkasi; 15–xomashyo 
yuklovchi xampalar; 16–pech mo‘risi (apteyk); 17–toshqolli tuynuk: 18–konverter 
suyuq toshqolni quyish uchun mo‘ljallangan tuynuk; 19–pechni ushlab turuvchi 
temir prujinali qotirmalar; 20–yondirgich tuynuklar; 21–shteynga mo‘ljallangan 
tuynuk. 
Hozirgi davrda bu issiqlik agregati kuydirilgan va kuydirilmagan misli 
boyitmani eritishda keng ishlatilib kelinayotgan pechlardan biridir. Pechning ostki 
qismi ko‘pincha 200–240 m

atrofida bo‘lib, 400 m
2
ga yetadi.
Yallig‘ qaytaruvchi pech deb atalishining asosiy sababi – ikki yon 
devorlarining ichki qismida qiyalik joylashgan bo‘lib (1.6-rasmda A-A qirqimida 
yaqqol ko‘rsatilgan), yonilg‘i mash’ala bo‘lib muallaq holatda yonishi mobaynida 
issiqlik nurlanishi va qubba orqali (90%) qiyalikdagi ashyoni eritadi. Shuningdek, 
yoqilg‘ining yonishi natijasida issiqlik konveksiyasi tufayli (10%) qizigan 
mahsulot gaz zarralari orqali o‘tadi. Issiqlikning pech ichidagi mash’alli 
markazidagi qiyalikka, ustki va ostki qismiga nurlanish, yallig‘ qaytaruvchilik 
xususiyatidan ushbu agregatning harorat maromiga ko‘ra nomi kelib chiqqan.
Pech asosan tabiiy gazda ishlaydi. Goh gaz, qora moy (mazut) va ko‘mir 
changi ham ishlatiladi. Yoqilg‘i, asosan, old tomonidan yondirgich yordamida gaz 
uchun taxminan 1100–1200m
3
/s mazut ishlatilsa, 300 kg/s gacha beriladi.
Qayta ta’mirlangan zamonaviy pechlarning ustki qismida, ya’ni tepadan 
pastga qiyalikka alohida tabiiy gaz beriladi. Bu nafaqat issiqlik manbai bo‘lib 
xizmat qiladi, balki qiyalikdagi haroratni orttirib, uni yanada yallig‘lantirib, pech 
unumdorligini oshiradi.
Poydevor, asosan, qalinligi 2,5–4 m beton plitalaridan iborat bo‘lib, ustki 
qismi o‘tga chidamli betondan quyiladi. Poydevorda havo o‘tish, tekshirish uchun 
quvurlar va ko‘rish tuynuklari bo‘ladi.


46 
Pechning ostki qismi, tubi ko‘pincha dinas va xromomagnezit g‘ishtlaridan 
taxlanib, yoriqlari esa olovbardosh tuproq bilan to‘ldiriladi. Pech tubi qubbasimon 
bo‘lib, qalinligi 1–1,5 m gacha, yon devorlari esa ikki xil qalinlikda bo‘ladi.
Suyuqlik turadigan qismi 1–1,5 m, yuqori gaz-chang qismi 0,5–0,6 m 
qalinlikda bo‘lib, dinas, magnezit yoki yengil bo‘lgan shamotli g‘ishtlar ishlatiladi. 
Eritish agregatining eni 7–11 m, uzunligi 28–40 m, balandligi tubidan qubbagacha 
2,6–3,8 m gacha bo‘ladi. 
Vanna chuqurligi 0,8–1,1 m ni tashkil etadi, shuningdek, ostki qismida 0,4–
0,5 m shteyn, 0,5–0,6 m ustki qismi toshqolni tashkil etadi. Pechning asosiy nozik 
qurilmasi tomidir, ya’ni qubbasidir. Chunki qubbaning mustahkamligi agregatning 
chidami, uzoq ishlashi va kapital ta’mir oralig‘ining uzayishiga bog‘liq. Qubba 
ravoqsimon arkli, gumbazli, osma bo‘lishi mumkin. U yon devorlarda po‘lat 
sinchlarga ikki tavrali temirlar orqali qotiriladi. Tomning qalinligi 350–450 m 
gacha bo‘lib, temir sinchlari uzunligi va ko‘ndalang bo‘yicha prujina hamda 
gaykalar orqali tarang tortiladi. 
Mis boyitmasi, shixta aralashmasi yuqoridagi pech tomidan xampalar 
orqali oralig‘i 1,0–1,2 m dan bo‘lgan maxsus teshiklardan, uzunligi bo‘yicha har 
ikki tomondan to‘g‘ri qiyalikka yuklanadi.
Suyuq holdagi konverter toshqolining aynan shu yallig‘ qaytaruvchi pechda 
qayta ishlanishi va uning tarkibida mis, oltin, kumush, oltingugurtlarning shteynga 
o‘tishi ushbu pechning katta yutuqlaridan biridir. Konverter toshqoli pechning old 
tomonidan havo va gaz gorelkasining ustki qismida joylashgan ochiq nov orqali 
quyiladi (1.8-rasm).


47 

Yüklə 2,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin