A. A. Yusupxodjayev,B. T. Berdiyarov


Yallig‘ qaytaruvchi eritish pechida eritish uchun ashyolarni tayyorlash



Yüklə 2,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/102
tarix03.12.2023
ölçüsü2,63 Mb.
#171833
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   102
OG‘IR RANGLI METALLAR METALLURGIYASI ДАРСЛИК

 
Yallig‘ qaytaruvchi eritish pechida eritish uchun ashyolarni tayyorlash 
Yallig‘ pechning xomashyosiga boyitma, flus va aylanuvchi materiallar 
kiradi. Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida olinadigan boyitmaning o‘rtacha 
kimyoviy tarkibi, %: C 16,0– 18,0; Fe 31,6–33,0; S 35,5; SiO 5,5; Fe
2
0
3
2,3; CaO–
0,1. Shu boyitmaning mineralogik tarkibi, % Cu
2
S 14,0; CuFeS
2
20,0; Cu
5
FeS
4
1,0; FeS
2
9,0; Fe
2
O
3
3,0; SiO
2
5,5; CaCO

O
2
; qolganlari 7,3 ni tashkil etadi. 
Boyitmani granulometrik (kukun zarralarning o‘lchamlari) tarkibi 0,15 mm 
(100 %) dan 0,043 mm (90 %) gacha oraliqda o‘zgaradi. Suzgichdan keyin namlik 
10 –17 % ni tashkil qiladi.
Yallig‘ qaytaruvchi eritish pechining toshqol tarkibini hisobga olib, 
xomashyoga ishqor yoki nordon fluslar qo‘shiladi. Ishqor flus sifatida ohaktosh 
keng ishlatiladi. Nordon flus sifatida esa kvars yoki dioksidi ko‘p miqdorda 
kremniy bo‘lgan mis rudasi ishlatiladi. Olmaliq sharoitida o‘z tarkibida oltin 
bo‘lgan kvars rudasi ishlatiladi. Ushbu rudaning kimyoviy tarkibi, %: CuO– 36; 
SiO–68,6; CuO–1,2; Fe–5,4; FeO – 5,5; MgO – 0,9; S–0,33. 
Flusni tanlashda, asosan, transport sarf-xarajatlari hisobga olinadi. Shu 
sababli sifati yomonroq bo‘lsa ham, mahalliy fluslar keng ishlatiladi. 


49 
Aylanuvchi moddalar hisobidan har xil changlar ishlatiladi: kuydirish, 
mo‘ri nishi, qozon-sovutkich, konverter va boshqalar. Ularda misning tarkibi 9,86 
dan 44,6 % ga yetadi. Bundan tashqari changda rux, qo‘rg‘oshin, temir, 
oltingugurt, kremniy dioksidi, alyuminiy va kalsiy oksidlari mavjud.
Changlar yallig‘ pechda qayta ishlanadi. Ularning zarralari o‘ta mayda 
bo‘lganligi sababli chang texnologik gaz bilan qisman chiqib ketib, yangidan 
aylanuvchi modda bo‘lib qoladi. Bu esa katta hajmdagi misning foydasiz aylanib 
yurishiga olib keladi. 
Mis eritish zavodlarida har xil xomashyo tayyorlash usullari ishlatiladi. 
Ulardan eng keng tarqalgan usul – xomashyo komponentlarini tasmali konveyer-
larda aralashtirishdir. Maxsus bunkerlardan boyitma, flus va aylanuvchi moddalar 
tarozilardan o‘tgach, yig‘ma konveyerga yuklanadi. Harakatlanish davrida, qayta 
yuklash pog‘onasida va yallig‘ pechning bunkerida xomashyo komponentlari 
yaxshi aralashtiriladi. Bunday tizim qulay va kam xarajatlidir, lekin xomashyo 
tarkibini bir xil ushlab turish qiyin kechadi. 
Eng yaxshi xomashyo tayyorlash usuli – bedingtizimidir. Xomashyo 
komponentlari qatlam-qatlam joylashtirilib, konveyerning vertikal kesimi bilan 
olinib, transporterga beriladi. Bunday tizim Yaponiyada keng qo‘llaniladi. Tizim 
har xil komponentli moddalar ishtirokida xomashyo tayyorlashga imkon yaratadi. 
Xomashyoning tarkibi yetarli darajada bir xil bo‘ladi. Masalan, Yaponiyada 40 ga 
yaqin birikmadan foydalanilib, xomashyoda misning tarkibi 0,54 % o‘zgarishi 
mumkin xolos. Ammo Olmaliqda bunday tizim qo‘llanilmaydi, chunki ko‘p 
miqdorli kapital mablag‘ kerak bo‘ladi. 
Zamonaviy mis eritish zavodlarida yallig‘ qaytaruvchi eritish pechiga 
qisman quritilgan (5–8 % N
2
O) xomashyo yuklanadi. Kuydirilmagan boyitmani 
ishlatishda xomashyoning issiqlik iste’moli ortadi, transport va yuklash sharoitlari 
og‘irlashadi hamda ishlab chiqarish unumdorligi pasayadi. Yallig‘ qaytaruvchi 
eritish pechiga kuydirilgan boyitma (ogarok) yuklash maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Yüklə 2,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin