17
ta’kidlashicha, “Uzoqdagi” koni bugungi kunda
ishlab turgan Qalmoqqir va
Sariqcho‘qqi konlarining kamayib qolgan quvvatini to‘ldirish uchun zaxira sifatida
2030-yilda qayta ko‘rib chiqilishi mo‘ljallanmoqda.
Makon past ufqlari (ayni gorizonti), avtoulov transportiga ortish bilan ishlov
beriladi, yuqorida, asosan, temiryo‘l orqali 2VS–105 dumpkarlariga yuklanib, mis
boyitish fabrikasiga ma’danli ruda 8 km masofagacha olib boriladi. Ikkilamchi
nokerak tog‘ jinslari, yer sathidagi qoplama tuproqlar alohida ag‘darma tashlanma
joyga temiryo‘l transporti orqali 5 km dan 10 km gacha masofaga yetkazib
beriladi.
Rangli metalli ruda va tog‘ jinslarini tashib olib borib, tashlanma joyga eltish
xarajatlarini kamaytirish maqsadida hamda karyerda
ekologik holatni yaxshilash
uchun chet elda ishlab chiqarilgan 2 ta yuqori unumli maydalaydigan – konveyer
yig‘indisi barpo qilinishi taklif etildi. Ulardan bittasi nokerak tog‘ jinslarini
chiqarish uchun bo‘lsa, ikkinchisi ma’dan toshni
kichik karyer stansiyasiga
yetkazib berishga mo‘ljallangan.
Qalmoqqir karyeri sharoitlarida jinslarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri karyerda
maydalash uchun avtonom jihozi bilan maxsus o‘rmalovchi transporter,
yarimmobil (ko‘chirma) maydalaydigan ortiqcha yuklanish
agregatlari tavsiya
etilmoqda. Bundan tashqari, karyerning yuqori ufqlarida temiryo‘l va avtoulov
yo‘llarini qayta ta’mirlash ishlari rejalashtirilmoqda.
Dostları ilə paylaş: