A. A. Yusupxodjayev,B. T. Berdiyarov



Yüklə 2,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/102
tarix03.12.2023
ölçüsü2,63 Mb.
#171833
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   102
OG‘IR RANGLI METALLAR METALLURGIYASI ДАРСЛИК

Nazorat savollari 
1.O‘zbekistonda mis metallurgiyasining rivojlanishi? 
2
.
Rudani qazib olish bo‘yicha karyerning loyihaviy quvvati qancha?
 
3. Mis ishlab chiqarishning xom ashyosi tasnifi? 
4.
 
Sariqcho‘qqi koni
tasnifi? 
 
 
 
 
 
 
 


20 
1.2.
 
Mis iste'molchilari. Mis ishlab chiqarishning xom ashyosi. 
Metallurgiya sanoatida deyarli barcha foydali qazilma xomashyolarini 
boyitgach, ularni eritish va qayta eritish keng ishlatiladi. Biror bir metall olish 
uchun, u qaysi toifada – rangli, qora yoki nodir bo‘lishidan qat’i nazar, asosiy 
xomashyo bu ma’danli rudadir. Bulardan tashqari, qazilma boylik sifatida o‘tga 
chidamli, olovbardosh hamda (flusli) kvarsli ashyolarni ham e’tiborga olish 
mumkin. 
Ruda
– bu tog‘ jinslaridan tashkil topgan bo‘lib, tarkibidagi metall, xususan, 
mis (0,351% dan kam bo‘lmagan) qancha foizligidan qat’i nazar, qayta ishlash 
natijasida metallurgiya sanoatida iqtisodiy samara bera oladigan xomashyo. 
Biz ko‘proq misli ruda yoki tarkibida mis elementi mavjud ashyolar haqida 
so‘z yuritamiz. Misli rudalar zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan konlarda 
ochiq yoki yopiq usullar bilan qazib olinadi. 
Respublikamizda va MDH, Yevroosiyo hamjamiyati mamlakatlarida 
ko‘proq ochiq usul bilan tarkibidagi mis 0,35–0,5% dan kam bo‘lmagan rudalar 
sanoatda ishlatilmoqda. Har qanday ruda, asosan, tog‘ jinslari hamda ma’danlardan 
tashkil topgan. Minerallar o‘z o‘rnida rudali, ya’ni tarkibida ajratib olishga 
moyilligi bor rangli metallar hamda nokerak tog‘ jinslaridan iborat bo‘ladi. 
Nokerak tog‘ jinslari, asosan, tarkibida kam miqdorda rangli hamda nokerak 
metallardan iborat bo‘lib, ko‘proq silikatli, karbonatli, kvarsli va aluminosilikatli 
ma’danlardan tashkil topgan bo‘lib, ba’zan ushbu ma’danlar tarkibida temir oksidi 
ham bo‘ladi. 
Rudalarning tarkibi, asosan, kimyoviy va fizikaviy usullarga asoslangan 
tahlillar bilan aniqlanadi. Ko‘p hollarda, yuqorida qayd etilgan tahlillar kutilgan 
natijani bermasligi mumkin, ya’ni rudaning kimyoviy tarkibini bilsak-da, 
metalning qanday minerallar, birikmalar tarkibida mujassamligini yoki ajratib olish 
kerak bo‘lgan metalning fazali tarkibini bilish alohida ahamiyat kasb etadi. 
Xomashyo yoki ruda tarkibidagi minerallar hamda birikmalarni va fazaviy 
tarkibini aniq bilishimiz esa metallurgiya jarayonini to‘g‘ri tanlashimizga va qaysi 
usul bilan uni qayta ishlab, eritib, iqtisodiy samara bera oladigan texnologiyani 


21 
qo‘llashimizga imkon yaratadi. Shuningdek, metallurgik hisob uning ratsional 
tarkibini hisoblash, ashyolar tengligini keltirib chiqarishda, rudaning fazali hamda 
mineralli tarkibini bilgan holdagina amalga oshiriladi. 
Mineral tarkibining xilma-xilligiga qarab, rangli metalli rudalar to‘rt xil 
turga bo‘linadi: 
1.Sulfidli rudalar, ya’ni metall, asosan, oltingugurt bilan birikkan holda 
bo‘ladi. 
2.Oksidlangan rudalar, ya’ni unda tarkibidagi metallar kislorod bilan 
birikkan holda, oksidli, gidrooksidli, karbonatli holda bo‘ladi. 
3.Aralash holdagi rudalar. Bunda metall ham oksid, ham sulfid holida 
uchrashi mumkin. 
4.Tug‘ma metall, ya’ni sof holdagi metalli rudalar. Bunda metall, asosan, 
erkin holatda joylashgan bo‘ladi. 
Yer qobig‘idagi birikmalarda metallar juda kam joylashganligiga qaramay, 
hozirgi kunda ularni qazib olib, boyitib, qayta ishlab, sanoatda iqtisodiy samara 
bera oladigan usullar bilan sof metall holida kerakli miqdorda olinmoqda. Biz 
ko‘rib chiqayotgan mis metali ham yer qobig‘ida 0,01%nigina tashkil etadi, xolos. 
Joylashish xususiyati bo‘yicha yuqorida ta’kidlab o‘tilgan to‘rtta turi ham tabiatda 
uchrab turadi. Shuningdek, mis metalining ikki yuz ellikdan ortiq minerallari 
bo‘lib, ulardan ba’zi birlari juda kam uchraydi. Asosan, sanoatda misning 
oltingugurt va kislorod bilan birikkan minerallari ko‘p uchraganligi tufayli mis 
ishlab chiqarishda har ikkala xili ham keng ishlatiladi. 
Sulfidli va kislorodli minerallarning tabiatda keng ko‘lamda uchrab 
turadiganlarining nomlari hamda misning ular tarkibidagi foiz ko‘rsatkichi 2.1-
jadvalda keltirilgan. 
MDH,Yevroosiyo hamjamiyati mamlakatlarida hamda O‘zbekistonda 
ko‘proq sulfidli rudalar sanoatda ishlatilsa, chet ellarda oksidli hamda aralash 
rudalar ham qazib olinmoqda. Respublikamizda, asosan, sulfidli rudalar qazib 
olinayotganligi uchun aynan shu rudalar haqida batafsilroq ma’lumot beriladi. 
Sulfidli rudalar o‘z o‘rnida, yalpi (sploshniye) va tarqoq (vkraplenniye) turlarga 


22 
bo‘linadi. Yalpi rudalar o‘z nomi bilan ma’lumki, asosan, sulfidli birikmalardan 
iborat bo‘lib, nokerak tog‘ jinslari va boshqa bo‘sh tog‘ jinslari bor-yo‘g‘i 14–20% 
nigina tashkil qiladi, xolos. 
Tarqoq rudalarda buning aksi, ya’ni asosiy massa nokerak tog‘ jinslari 
bo‘lib, sulfidli birikmalar ozgina miqdor (10%)ni tashkil etadi. 
Rangli metallarni yoki ajratib olish kerak bo‘lgan metallarning rudadagi 
miqdoriga qarab, ular polimetalli (ko‘p metalli) hamda monometalli (bir metalli) 
rudalarga ajratiladi. 
Monometall deganimizda, ajratib olish uchun qazib olingan rudaning 
tarkibida bitta metall bo‘lib, texnologik jarayon faqat o‘sha metalni ajratib olish 
uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Polimetalli ruda qazilma konlarida juda ko‘p joylash-
gan bo‘lib, ko‘p hollarda o‘ntagacha, ayrim hollarda o‘ntadan ortiq bo‘lgan 
metallarni o‘zida biriktirib, shulardan ko‘pchiligini texnologik jarayon bo‘yicha 
ajratib olish nazarda tutiladi, olinayotgan metallardan keladigan iqtisodiy samara 
ortib boradi. Biz ko‘rib chiqayotgan mis rudasi ko‘pincha mana shu guruhga 
mansub bo‘lib, uning tarkibida mis bilan nikel, kobalt, oltin, kumush yoki ruxli, 
unga qo‘rg‘oshin, kadmiy, goh mis molibdenli, ba’zi hollarda volfram, oltin, reniy 
kabi elementlar bilan birgalikda uchrab turadi. 

Yüklə 2,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin