A. A. Yusupxodjayev,B. T. Berdiyarov


Misning asosiy xossalari va ishlatilishi



Yüklə 2,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/102
tarix03.12.2023
ölçüsü2,63 Mb.
#171833
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   102
OG‘IR RANGLI METALLAR METALLURGIYASI ДАРСЛИК

Misning asosiy xossalari va ishlatilishi 
Mis rangli og‘ir metallar ichida xalq xo‘jaligidagi asosiy keng ishlatiladigan 
metallar sirasiga kiradi. Mis davriy sistemada 29-tartib raqami bilan birinchi 
guruhda joylashgan. 2 izotopi bor bo‘lib, uning atom massasi 63 va 64 dir. Shuning 
uchun ham yig‘indi hamda atom og‘irligi 63,54 deb qabul qilingan. 
Mis quyidagi asosiy xususiyatlarga ega: 
- ionizatsiya potensiali; I. + 7,72 eV;
- ion radiusi;
- 0,8.10
-10
m; 
- metall radiusi; 1,28Å; 
- erish va qaynash harorati; 1083 va 2310
0
C; 
- valentligi; +1,+2; 
- issiqlik sig‘imi, <300
0
C; 
0,104 kal/g.
0
C; 
>700
0
C 0,118 kal/g.
0
C; 
- qotish paytida hajmning qisqarishi; 4,2 %; 
- solishtirma og‘irligi, quyma holida; 8,3–8,9 g/sm
3
- sim yoki siqilgan holda;
8,87–8,94 g/sm
3
- issiqlik o‘tkazuvchanligi;
0,98 kal (sm.sek.
0
C); 
- elektr o‘tkazuvchanligi; 56,65 m/om.mm
2;
- qattiqligi (Brunel bo‘yicha) 50; 
- me’yoriy potensiali; +0,34 V; 
- elektr kimyoviy ekvivalenti; 1,186 g/(A.s); 


25 
- bug‘ bosimi (1080
0
C da) 0,113 Pa; 
Dunyo miqyosida xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida misning ishlatilishi foiz 
hisobida taxminan quyidagichadir (%): 
elektrotexnika va elektronika mahsuloti sifatida 45–55 
mashinasozlik va transportda
15–30 
qurilish sanoatida
5–10 
kimyo sanoatida
2–10 
boshqa turli tarmoqlarda
10 gacha 
Sanoat tarmoqlari orasidagi ushbu bo‘linish shartli bo‘lib, misning qaysi 
tarmoqda qancha ishlatilishi aniq hisoblanmagan, chunki ular orasida deyarli 
chegara yo‘q bo‘lib, bir sanoat tarkibida ishlatilgan misli ehtiyoj uskunasi ikkinchi 
sanoat tarmog‘ida asosiy qurilma sifatida yoki oddiy elektr o‘tkazuvchi sim o‘rnida 
ishlatiladi. Misli uskunaning keng ishlatilishiga asosiy sabab, albatta, uning oson 
eruvchanligi va ishlov berishga moyilligi bo‘lsa, ikkinchi tomondan u elektr tokini 
yaxshi o‘tkazadi. Elektr o‘tkazuvchanligi bo‘yicha mis kumushdan keyin ikkinchi 
o‘rinda turadi. 
Mis mahsulotlaridan keng ishlatiladigani mexanik qayta ishlov berilgan 
prokat (asosan sim holida) va latundir.
Yer sharini, uning qobig‘ini, unda joylashgan kimyoviy elementlarni 
qadimdan olimlarimiz ko‘p marta o‘rgangan.Yer yuzining ostki, ustki qismida, 
havoda, hatto suv osti va koinotda joylashgan barcha zarracha-yu jism, tog‘ jinslari, 
jonzot tanalari-yu o‘simliklar dunyosi, barcha-barchasi kimyoviy elementlardan 
iborat ekanligi, ularning goh qattiq, suyuq, gohida gazsimon holatda, bir-biridan 
shartli ravishda ajralib turishi odamzotga azaldan ma’lum.Yer ostiga uning yadrosi 
tomon chuqur qazilib, namunalar olinmagan va juda ko‘p elementlar aniqlanmagan, 
biroq o‘tkazilgan uzoq yillik tajribalar shuni ko‘rsatadiki, yer sharining asosiy 


26 
massasi og‘ir metallar hamda kremniy, aluminiy, magniy, temir va boshqa 
elementlardan iborat. 
Shu kunga qadar bo‘lgan fikr va kitoblardan xulosa qiladigan bo‘lsak, yer 
sharining bir-biriga o‘xshamas modda va elementlari aralashmasi quyidagi 
qismlardan iborat: metalli, sulfidli, oksidli. Sibirlik ulug‘ olim akademik 
V.A.Obruchev ma’lumotiga ko‘ra, yer har xil tarkibli kimyoviy elementlardan va 
ularning solishtirma og‘irligi taxminan quyidagilardan tarkib topgan (1.1-rasm). 
Shuningdek,1.2-rasmda yer qobig‘idagi kimyoviy elementlarning tarkibi foiz 
hisobida ko‘rsatilgan.
 
 
 
 
 

Yüklə 2,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin