29
lanadi. Shundan so‘ng zalvorli, sterjenli tegirmonlarda 0,05–2,0mm,
hatto bundan
ham mayda holigacha yanchiladi. Bu maydalash bosqichlaridan so‘ng rudalar boyitish
jarayoniga o‘tiladi, ya’ni boyitish flotatsiya yoki gravitatsiya usullari orqali olib
boriladi. Bu usullarda jarayonni tezlatish, yengillatish
uchun organik va anorganik
reagentlardan foydalaniladi. Ishlatilish yo‘nalishiga qarab, flotatsiya uchun
qo‘llaniladigan reagentlar quyidagi turlarga bo‘linadi: yig‘uvchilar (sobirateli), ko‘pik
hosil qiluvchilar (vspenivateli), tazyiqlagichlar (depressori), faollashtiruvchilar
(aktivatori) va muhitni me’yorlovchilar.
Yig‘uvchilar – bular belgilangan mineral zarralarini
suv bilan ivitib saralab
olishga, yig‘ishga asoslangan. Bular ko‘proq qalayli, kam hollarda natriyli
ksantogenatlar bo‘lib, ular zarrachalarning havo pufakchalariga yopishishini
ta’minlaydi.
Ko‘pik hosil qiluvchilar – asosan alifatik
spirtlar, fenollar, krezol va boshqa
shunga o‘xshash sintetik mahsulotlarni o‘z ichiga oladi.
Ular suyuqlik va havo
chegarasidagi fazalar orasidagi tortishish kuchini kamaytiradi. Bu esa havo
pufakchalarining o‘ta mayda bo‘lishini ta’minlaydi va ko‘pincha mustahkam va
barqaror qiladi.
Tazyiqlagichlar – olinmoqchi bo‘lgan mineralni
flotatsiya mobaynida ushlab
qolib, tazyiq o‘tkazish orqali ko‘proq namlab, minerallarni bo‘ktirishga xizmat
qiladi.
Muhitni me’yorlovchilar – ularning fizikaviy va kimyoviy xossalarini bilgan holda
muhitni kerakli me’yorda saqlash uchun qo‘llaniladi. Flotatsiya jarayonida
reagentlarning qay tarz va usulda ishlatilishi belgilab qo‘yiladi.
Boyitish natijasida boy bo‘lgan boyitma (tarkibidagi Cu – 15–20 %; S–28–
32% va hokazo) hamda asosi nokerak tog‘ jinslaridan iborat bo‘lgan tashlanma
chiqindi, bo‘tana loyqa holda maxsus joyga quvurlar orqali suyuq holatda chiqarib
yuboriladi. Tindirilgan suv orqaga, sanoatga, xususan, flotatsiyaga qaytariladi. 2.4-
jadvalda ayrim rivojlangan mamlakatlarning zavodlaridagi boyitmalarning
flotatsion tarkibi berilgan.
Dostları ilə paylaş: