42
eritish pechi; 11–oqova gazlar;12–erigan shteyn va toshqol yetkazishga mo‘ljallangan
maxsus quvur; 13–toshqollarni kambag‘allashtirish uchun o‘rnatilgan elektropech;
14–shteyn chiquvchi quvur; 15– konverter pechi; 16–xomaki misni aralashtirgich;
17–konverter toshqoli; 18–toshqolni qumoqlashtiruvchi.
Konverter ham oval shaklidagi sakkizta furma va yondirgichdan iborat bo‘lib,
konverter toshqolining tarkibini yaxshilash uchun ohaktoshli
flus bilan birgalikda
pechga havo purkab turiladi. Harorat me’yoridan
ortib ketgan taqdirdagina
issiqlikni kamaytirish uchun sementli mis yoki ikkilamchi
misli ashyo yuklab
turiladi.
Toshqolning umumiy chiqishi mis boyitmasiga nisbatan 7–8% dan ortmaydi.
Bundan olingan konverter toshqoli quyuqlashtirilib,
yana jarayon boshiga, ya’ni
eritish pechiga jo‘natiladi.
Yallig‘ qaytaruvchi pechga qaraganda “Mitsubisi”
jarayonining afzalliklari
quyidagicha:
1)“Mitsubisi” pechining solishtirma unumdorligi 2–4 marta yuqori;
2)yonilg‘i sarfining miqdori 2 marta kam;
3) SO
2
ga boy gazlar olinadi va tashqi muhitga chiquvchi gazlar
kamayadi;
4)kapital va ekspluatatsiya uchun ketadigan
xarajatlarning kamayishi,
shuningdek, ishchi kuchiga ketadigan xarajatlarning
kamayishi ham uning
afzalligidir;
Nazorat savollari
1. Misni ishlab chiqarishning umumiy prinsiplari?
2. Avtogen eritish texnologiyasini tushunchasi?
3.
Dostları ilə paylaş: