50
Xomashyo yoki boyitmani kuydirish
Tarkibida misi kam bo‘lgan dastlabki ashyo va birikmalarni iste’mol
qiladigan bir qator zavodlar ishlatiladi. Olmaliq sharoitida boyitmada mis
miqdori
borgan sari kamayib borayapti. Shuning uchun uni birinchi navbatda kuydirish
ishlari ishlab chiqarish samaradorligini orttirishi mumkin.
Biroq Olmaliq mis
eritish zavodlarida boyitmani kuydirish umuman ishlatilmaydi,
misli boyitma
to‘g‘ridan-to‘g‘ri eritiladi.
Dastlabki pog‘onada boyitmani kuydirish mis miqdori yuqoriroq bo‘lgan
boyitmani olish, mis tarkibi ko‘proq bo‘lgan shteyn va sulfat kislota olish mumkin
bo‘lgan texnologik gazlarni olishga imkon yaratadi.
Kuydirish davomida metall oksidi yoki sulfat quyidagi yakunlovchi
reaksiyalar orqali boradi:
MeS + 1,5 O
2
= MeO + SO
2
(1.1)
2SO
2
+ O
2
= 2SO
3
(1.2)
MeO + SO
3
= MeSO
4
(1.3)
Birinchi reaksiya deyarli bir tomonlama boradi.
Kuydirish uchun eng mos dastgoh – bu qaynovchi qatlamli (KS) pechdir.
Kuydirish harorati 650–750
0
C (sulfatlash) va 850–1050
0
C (oksidlanish) boradi.
Kuydirish
jarayonlari AQSH, Yaponiya va boshqa davlatlarda keng
ishlatiladi. Sulfatli kuydirishda mis 94–98 % suvda eriydigan birikmalarga o‘tadi
va suvli eritmaga o‘tkazilib, elektroliz orqali erkin holatda ajratib olinadi. Olmaliq
sharoitida kuydirish jarayonini qo‘llash rejalashtirilmagan,
pechga xomashyo
sulfidli boyitma holida yuklanadi.
Yallig‘ qaytaruvchi eritish pechida katta hajmda organik uglerod yoqilg‘i
ishlatiladi. Bu jarayonda ajralib chiqqan issiqlikning ta’sirida, pechning ishchi
hajmi va vannasida turli fizik-kimyoviy o‘zgarishlar boradi: namning parlanishi,
xomashyoning
isishi
va
erishi,
kimyoviy
o‘zgarishlar
va
xomashyo
komponentlarining bir-biri
bilan reaksiyaga kirishishi, shteyn va toshqolning
51
paydo bo‘lishi, gaz fazasining ashyo va eritma bilan o‘zaro ta’siri
va nihoyat
qattiq, suyuq va gaz fazalarining pechning futerovkasi bilan ta’sirlanishi kechadi.
Xomashyoni yuklashda ko‘proq suv bug‘lari bug‘lanadi va oltingugurt
birikmalari bilan sulfat kislotasi bug‘larning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Moddalarning parchalanishi ham jarayonning birinchi
daqiqalaridayoq sodir
bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: