53
issiqlik oqimi manbai bo‘lib xizmat qiladi va vannaning butun chuqurligi bo‘yicha
bir xil ta’sir qiladi. Shuning uchun ham vannadagi
harorat pechdagi barcha ja-
rayonlarga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Masalan, toshqol harorati o‘z o‘rnida eritmadagi
shteyn va toshqolning tez hamda sifatli ajralishiga bog‘liq, ya’ni haroratning
qanchalik yuqori bo‘lishi erigan toshqol qovushqoqligining kamayishiga,
bu esa
hosil bo‘lgan shteyn cho‘kish tezligining ortishiga olib keladi.
Vannadagi harorat maromi omillari, asosan, pechga yuklanayotgan
xomashyo tarkibiga bog‘liq. Shuning uchun ham pechdagi
barcha jarayonlarning
to‘la-to‘kis bir me’yorda borishi uchun albatta nazariy o‘rganib, moddalar ratsional
tarkibini, shteyn va toshqol miqdorini, so‘ng issiqlik (miqdori) tezligini hisoblab,
ulushini keltirib chiqarish kerak bo‘ladi. Shixta aralashmasi tarkibining noto‘g‘ri
qabul qilinishi issiqlik
haroratining buzilishiga, yoqilg‘ining ko‘p sarflanishi,
toshqol tarkibida metalning ortib ketishi yoki qisman toshqol miqdorining umumiy
ortib ketishiga olib keladi. Bu esa metalning yo‘qolishiga, uning ashyodan
shteynga ajralish foizining kamayishiga sabab bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: