94
Kessonlar zichligi o‘ta yuqori bo‘lgan misdan tayyorlangan.
Texnologik
gazlar kessonlangan shaxtadan chiqariladi. Shaxtada ajralish davriga chiqqan
oltingugurt qisman yondiriladi. Gazlar
qozon-sovutkichlarda sovutilib, changdan
tozalanib, sulfat kislotasi olishga yuboriladi. “Norilsk – Nikel” OAJ va “Balxash
mis” sanoat birlashmasi kombinatlarida ishlab turgan
pechlarningtexnik-iqtisodiy
tavsiflari 1.15-jadvalda keltirilgan.
VP konstruksiyasining issiqlikni doimiy ushlab turish imkoniyati katta.
Haroratning maksimal qiymati aynan furma yonida ko‘tariladi, kislorodning yuqori
sarfi, haroratning ortishiga olib keladi. Kessonlar yonida eng past harorat
bo‘limlarda bo‘ladi. Xomashyo yuklanadigan joyida ham harorat yanada pasayadi.
1.5-jadval
Vanyukov pechining ayrim texnik ko‘rsatkichlari
№
Norilsk
Balxash
1.
Xomashyobo‘yichaishlabchiqarishunumdor
ligi, t/(m. sut)
80
80
2.
Furma kesimida pechning eni, m
2,5
2,3
3.
Shteyn vannasining balandligi, m
0,5
0,49
4.
Toshqol vannasining balandligi, m
1,1
1,2
5.
Eritmalarning umumiy balandligi, m
2,4
2,6
6.
Kislorodning havo bilan boyitilish
darajasi, %
64–65
65–75
7.
1t boyitma uchun kislorodning sarfi, m
3
140–300
140–300
8.
Pechning foydali ish darajasi, %
97
84
9.
Misning miqdori, % ;
a) shteynda
45–50
44–47
v) toshqolda
0,6
0,5–0,74
10.
SO
2
ning gazdagi miqdori, %
20–35
24–30
11.
Gazning changlik darajasi, g/m
3
1,5–2
2–3
12.
Changning ajralib chiqishi,
xomashyoga nisbatan, %
-
1,1
13.
Misning ajratib olinishi, %
97,3
97,1
14.
Nodir metallarning ajratib olinishi
99
99
Keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib
turibdiki, VP jarayoni oldingi
ko‘rilgan texnologiyalardan ancha afzalroqdir.
95
Hozirgi paytda Vanyukov jarayoni yallig‘ pechda eritish jarayoni o‘rnida
qo‘llanilmoqda. Norilsk va Balxash tog‘-metallurgiya kombinatlarida jarayon to‘la
tatbiq etilgan. Pechning xomashyosiga boyitma, flus va qattiq aylanuvchi moddalar
kiradi. Xomashyoning umumiy namligi 6–8%. Pechga
suyuq konverter toshqol
quyish mumkin. Xomashyo pechning yuqori qismidan vannadagi eritmaga
yuklanadi. Shteyn va toshqol pechning
qarama-qarshi tomonlaridan, sifon orqali
chiqariladi. 1.6-jadvalda 100 kg xomashyo uchun
Vanyukov pechining issiqlik
balansi keltirilgan.
Issiqlikning katta hajmi oltingugurtni eritmada yoqish davrida ajralib
chiqadi. Oltingugurt yuqori darajali sulfidlarning ajralish jarayonida paydo bo‘ladi.
Gaz hajmidagi yuqori haroratlar bunga ko‘mak beradi.
Shuning uchun xomashyo
pechga yuklanishi uzluksiz oqim bilan berilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: