A. Abduvohidov, F. Qutlimurotov. Turizm iqtisodi. Darslik. Tdiu, 2011 y. 127 b


Дурович А.П. Маркетинг в туризме. Учебное пособие. - М.: КНОРУС. 2005г



Yüklə 264,14 Kb.
səhifə11/27
tarix05.05.2023
ölçüsü264,14 Kb.
#108103
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27
Turizm iqtisodi. Abduvohidov A.M. Dars 2011.

Дурович А.П. Маркетинг в туризме. Учебное пособие. - М.: КНОРУС. 2005г.
- 49-56 с.
kamayadi, shu sababli talab belgilangan tartibga kelguncha narxlarni tanishtirish kerak. Turizm talabi milliy va xalqaro darajada bo‘lmoqda. Ba’zan korxonalar narxlarni xalqaro talablariga moslab tashkil qilmoqda.

  1. Ishlab chiqarish hajmi. Narx, ishlab chiqarish tannarxlariga, korxonalarning hajmiga, o‘lchovlariga bog‘liq bo‘lib, turli shakllarda tavsiya qilinadi. Korxonaning to‘liqlik nisbatlariga ko‘ra tannarxlarni kamaytirish maqsadida, ma’lum bir miqdorda narxlarni tushirish hollari bo‘lmoqda. Xususan katta hajmdagi tunash korxonalarida, jami tannarxlarning ostida narx tavsiyasi qilinib korxonaning barqaror chiqimlari ko‘riladi.

  2. Huquqiy tartiblar. Marketing boshqaruvchilari narx tavsiyasini o‘rganar ekanlar, narxning davlat boshqaruv organlarining mavjud qonun va qoidalariga mosligini diqqatga olishlari kerak. Mamlakat iqtisodini va iste’molchilarni yaratish maqsadida davlat boshqaruv organlari kerak bo‘lgan taqdirda narxlarga aralashmoqda. Narxlarga aralashishda asosan davlat narxlarning turizm sektori tomonidan qo‘yilishini ta’minlamoqda.

Rivojlangan davlatlarda mehmonxonalar va turistik mahsulotlarning narxini har bir korxonaning o‘zi belgilaydi. Agar o‘zi belgilamasa, eng kamida boshqaruv va nazorat ostida tutmoqdalar. Shunday qilib rasmiy turizm tashkilotlari turistik mahsulot tannarxini eng past darajada tutib, keng miqdorda turizm talabini yaratish va turistik guruhlarni o‘z mintaqasiga jalb qilishni istamoqtalar. Ba’zan davlat ijobiy tomondan narxlarga aralasha oladi. Ya’ni davlat boshqaruvchi bo‘lib, turizm bozoriga kirib sarmoya ajratadi va narxlarning boshqa korxonalar darajasida tartibli tutilishini tashkil qiladi. Boshqa tomondan davlat marketing jarayonida tannarxlarni pasaytiruvchi tashqi raqobat potensialini orttiruvchi qoidani qo‘llab-quvvatlab narxlarni boshqa davlatlar bilan raqobat qila olishni yaratadi.

  1. Turizm sektorida narx farqliligi

Turistik korxonalarda to‘liqlik nisbatlarini oshirish va foyda olishni oshirish maqsadida, korxona ichida vaqt va joyga ko‘ra farqli narxlarni qo‘llay oladilar. Boshqa tomondan turizm bozoridagi iste’molchi guruhlarning ham farqli xususiyatlarga ega bo‘lishlari sababli, korxonalar ishlab chiqargan mahsulot va xizmatlarning tamoyilida o‘zgarish qilmasdan narxning farqlanishini yaratadilar. Narxning farqlanish turlari quyidagicha ifodalanadi;

  1. Xaridorning sotib olish kuchiga ko‘ra narxni farqlash. Xususan tunash korxonalarida xizmat sifatining bir xil bo‘lishiga qarshi, mehmonxonaning ko‘cha yoki bog‘chaga qaragan xonalari farqli narxlarda sotiladi. Bir xil lyuks mehmonxonada a‘la-karte restoran va self-servis restoran usuli qo‘llanilib turli budjetlarga tavsiya etiladi. Mehmonxona yoki dam olish maskanlarida turizm bozoridagi iste’molchilarning katta bir qismini jalb qilish uchun turli tunash va xizmat shakllari ishlab chiqarilib narx farqliligini qiladilar. Xaridor budjetiga mos ravishda turli narxlarni qo‘llaydilar.

  2. Muddatga ko‘ra narx farqliligi. Turistik korxonalarda eng ko‘p qo‘llaniladigan uslubdir, ba’zi mintaqalarda turizmning mavsumlik xususiyat ko‘rsatishidan vaqtga ko‘ra turli narxlar qo‘llaniladi. Mavsum oldi va mavsum oxirida 50% ga yaqin narxlarda pasaytirishlar qilinadi. Yarim mavsum, bayram va ta’tillar sababli turli narxlar qo‘llaniladi. Vaqtinchalik narx farqlashtirishdan maqsad, talabning yil davomida bir xil shaklda tarqalishi va mehmonxonalarning to‘liq nisbat davomida yuqori bo‘lishini ta’minlashdan iboratdir. Xaridorning yashash muddatiga ko‘ra ham narxlarda farqlanish, xaridorga shaxsiy imtiyozlar qilinadi.

  3. Xaridorlar soniga ko‘ra narxning farqlanishi. Turistik korxonalarga kelgan turistik guruh yoki xaridorlarga ko‘ra farqli narxnlar ham qo‘llaniladi. Xususan dam olish maskanlari katta miqdorda sayohat agentliklari orqali turistlar guruhi bilan ishlamoqda. Shu sababli, tashrif buyurgan turistlar soniga ko‘ra korxonalar ma’lum miqdorda imtiyozli narxlar belgilashmoqda. Bu farqlanish korxonaning to‘liqlik miqdorining va foyda olishligining ko‘tarilishiga sabab bo‘lmoqda.

Tunash korxonalarida yaratilgan bu narx farqlashlashtirish havo yo‘llari tashuvchiligida ham qo‘llanilmoqda. Guruh holida kelgan turistlar korxonada to‘liqlik miqdorini oshiradi, tavakkal (risk) qilishni kamaytiradi va o‘zgaruvchan tannarxlarda tasarruf yarata oladi. “Narx farqlanishiga o‘tishdan oldin” bozorning bo‘limlariga ajraladigan talab muvozanatiga ega bo‘lmaganiga qarash, agar bozor bo‘limlarga bo‘linsa bu bo‘limlarni bir biridan ajratadigan va bo‘limlar orasi bosqichlarni ta’sirlaydigan kerakli marketing uslublarni qo‘llash va farqli bo‘limlar uchun uyg‘un narxlar belgilash kerak.

  1. Turizmda narx siyosatiga ta’sir qiluvchi atrof muhit omillari.

Narx siyosatiga har xil omillar turli xil shakllarda ta’sir etmoqda. Bular quyidagi shaklda guruhlarga ajratiladi.

  1. Korxona tashqarisidan ta’sir qiluvchi omillar.

  • iqtisodiy omillar;

  • rasmiy narxga aralashish;

  • narx nisbiyligi;

  • raqobat shakllari;

  • iste’molchi hulqlari (xatti-harakati);

  1. Korxonaning ichida ta’sir qiluvchi omillar:

  • mahsulotlarning narxi;

  • korxonaning maqsadi;

  • narx siyosati;

  • korxonaning tashkiliy tuzilishi.

Bu omillar ichida 2 ta ahamiyatlisi bordir. Birinchisi bozorning turi, ikkinchisi esa mahsulotning tannarx bahosi. Buning natijasida 2 shaklda narx siyosati yaratiladi.

  1. tannarx va foyda ustiga qo‘yilgan narx;

  2. bozorga ko‘ra (raqobat va talab diqqatga olinib) yaratilgan narx.

Narx joriy qilinar ekan, xususan bozorning tuzilishi juda yaxshi
izlanilishi va o‘rganilishi kerakdir. Ya’ni talab va taklif narxlarning yaratilishida eng ahamiyatli omildir. Biror korxonaning mahsulotni hosil qilishi va uzoq muddatli narx siyosatiga, korxonaning ichida bo‘lgan muhit omillari ta’sir qilmoqda.
Xulosa
Turizmning asosiy xizmatlaridan biri bo‘lgan turistik mahsulot turining sayohati davomida foydalaniladigan barcha xizmat turlarini o‘z ichiga oladi. Insonlar turmahsulotlarni sotib olishlari uchun ishlab chiqarilgan joylarga borishlari kerak. Turmahsulotni rivojlanishi uchun barcha imkoniyatlar yetarli bo‘lsa ham undan samarali foydalanilyapti. Turistlarni jalb qilish uchun ularga ushbu mahsulotlar to‘g‘risida keng targ‘ibot ishlarini ham olib borish kerak. Chunki respublikamiz boy tarixiy va turistik omillarga egadir. Turistik mahsulot hayotiy bosqichga ega bo‘lganligi uchun korxonalar hamisha yangi imkoniyatlarni izlab topishlari va turistlar uchun arzon va sifatli mahsulotlarni taqdim qilishlari zarur.
Nazorat savollari

  1. Tur mahsulot nima?

  2. Turmahsulot nechta hayotiy bosqichga ega?

  3. Turmahsulotni baholash tartibi qanday amalga oshiriladi?

  4. Qaysi omillar narx belgilashga ta’sir qiladi?

  5. Turmahsulotning xususiyatlari nimalardan iborat?

  6. Turizmda narx siyosatiga ta’sir qiluvchi atrof-muhit omillari nima?

  7. Xaridorlar soniga ko‘ra narxlarning farqi nima?

  8. Muddatga ko‘ra narxlarning farqi nima?

  9. Turistik mahsulotning paydo bo‘lishi necha bosqichdan iborat?

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. O‘zbekiston Respublikasining “Turizm to‘g‘risidagi” qonuni. Xalq so‘zi / 1999 yil 20 avgust.

  2. Гуляeв В.Г. «Правовоe рeгулированиe туристской дeятeльности». - М.: Финансы и статистика. 2005.-30-34 с.

  3. Боголюбов В.С. Экономика туризма. Учeбноe пособде. - М.: Акадeмия. 2005. - 19-22 с

  4. Бутуров И.Н. Маркeтинг и MeHe^Mern' иностранного туризма. - М.: Финансы и статистика. 2005. - 67-71 c.

  5. Дурович А.П. Мар^тинг в туризмe. Учeбноe пособде 5-e изд., стeрeотип. (ГРИФ) - М., .: КНОРУС. 2005. - 49-56 с.

  6. www.e-tours.ru - дeловыe туры, выставки, конфeрeнции

  1. bob. TURLARNI VA YO‘NALISHLARNI ISHLAB CHIQISH

  1. Turistik yo‘nalishlarning asosiy tushunchalari va uni turkamlash

  2. Turlarni tashkil qilish bosqichlari va “Pekij - tur” to‘g‘risida tushuncha

  1. Turistik yo‘nalishlarning asosiy tushunchalari va uni turkamlash

Turistik yo‘nalishlarning paydo bo‘lishi va shakllanish omillari har xil bo‘lib, ularning asosiylari quyidagilardan iborat. Turizm sohasi uchun birinchi omil bu kadrlarning bilim va tajriba imkoniyati hisoblanadi (ishchi mutaxassis bo‘lishi mumkin, lekin maxsus bilim va tajriba bo‘lmasa turizmda ish ketmaydi), turmahsulotning soni va sifati, turizm rekreatsiya resurslariga, klimatik ob - havo sharoitlariga, tarixiy va arxeologik holda arxitektura joylarining sifat ko‘rsatkichlariga, milliy o‘yinlarning, bayramlarning va milliy tovarlarning soni va sifatiga, milliy taomlarning dunyo andozalariga javob berishiga, transport sifatiga va soniga qarab yo‘nalishlar shakllanadi.
Turistik yo‘nalishlarni shakllantirishning asosiy omillarining umumlashtirilgan shakli bo‘lib quyidagi guruhlar hisoblanadi: turistlarni qabul qiluvchi transportlar, mehmonxona va restorandagi joylar, kadrlarning soni va sifati, turistlarga ko‘rsatiladigan turmahsulotlar soni va sifati, turmahsulotlarni reklama qilish soni va sifati. Turizmda yo‘nalishlarning ijtimoiy va iqtisodiy o‘sishiga quyidagi guruh omillar ta’sir qiladi:6

  • siyosiy omillar, ikki davlat o‘rtasidagi munosabat, shartnomalar, tovar va turist almashish va davlatda barqarorlik;

  • iqtisodiy omillar, turistik tashkilotlar, infratuzilmaning sifati, iqtisodiy yengilliklar, moliyaviy investitsiyalar, bank ssudalari;

  • tabiiy omillar, tarixiy va arxeologik inshootlar, daryo, dengiz va ko‘llar, yer osti davolovchi suvlar, tog‘lardagi chiroyli manzaralar;

  • ilmiy-texnikaviy omillar, zamonaviy xizmat ko‘rsatish yo‘llari va usullari, yangicha texnika va texnologiyalar, ilmiy tajribalar;

  • yangi turistik menejment, marketing bilimlari, turistlarga maxsus ma’ruza matnlarining mavjudligi va h.k.

Insoniyat tarixining uzoq davri mobaynida iqtisodiy sabablar tufayli sayohatlar muhim o‘lchovda qilingan. Tovarini sotish va boshqa yerlarda ishlash maqsadida ro‘yobga chiqqan ko‘chishlar sayohatlarni tarkib toptirdi. Bularning ichida muqaddas yerlarni ziyorat qilish va urushlardan qochish ham muhim sayohat sabablari orasida edi. Bu jihatdan sayohat qilishning ma’nosi qiyinchiliklar va tashvishlarga duchor bo‘lish edi. Ammo bugungi kunga kelib, hozirgi zamon insonlari turli xil sabablar tufayli sayohat qilmoqdalar. Bu to‘g‘rida bir - biriga o‘xshagan takliflar mavjud. Batafsil bo‘lishi uchun bu yerda sayohat motivlariga aloqador aniq ta’rif ustida to‘xtalib o‘tish zarur. Jon A.Tomasning taklifiga asosan 18 ta sayohat yo‘nalishlari motivlari bo‘lganini ifoda qilgan. Bular quyidagilardir:

  1. Ta’lim va madaniyatga aloqador yo‘nalish motivlari:

  1. Boshqa jamiyatlarning yashash va ishlash tarzini ko‘rish.

  2. Ajoyib yerlarni tamosha qilish.

  3. Dolzarb hodisalarni yanada yaxshi tushunish.

  4. Madaniyat yoki san’at voqealarida ishtirok etish, dam olish motivlari.

  5. Kundalik hayotdan, monotonlikdan va qonunlardan qochish.

  6. Xush va o‘yin-kulgili vaqt o‘tkazish.

  7. Yangi aloqalar o‘rnatish.

  1. Etnik asosiy motivlar:

  1. Kishining, oilasining negizi kelib chiqqan yerlarni ziyorat qilish.

  2. Kishining, oilasining do‘stlari joylashgan yerlarni ziyorat qilish.

  3. Boshqa motivlar.

  4. Sog‘lik (quyosh, quruq iqlim).

  5. Sport faoliyatlari (suzish, chang‘ida uchish, baliq tutish),

  6. Iqtisodiy arzon yashash.

  7. Sarguzasht (yangi yerlar, insonlar, tajriba).

  8. Moslashish.

  9. O‘zini olijanob qilib ko‘rsatish.

  10. Tarixiy yerlarni ziyorat qilish.

  11. Ijtimoiy motivlar (dunyoni tanish).

Umuman olganda turistlarning psixologik xarakterlariga mos muomala shakllariga ko‘ra har xil yo‘nalishlar tashkil qilinib turistlar guruhlarga ajratiladi. Psixologik ma’lumotlar ichida kishi keng yashash tarzi, yaratgan obro‘si, munosabatlari, sayohatga bo‘lgan qiziqishi, oilaviy ahvolida ko‘rsatgan muomalasiga qarab chiqiladi. Bu ma’lumotlarga asosan so‘rov anketalari va o‘zaro uchrashuvlar bilan qo‘shimcha kiritiladi. Turizm bo‘yicha ispan olimi T.Plog tomonidan ro‘yobga chiqarilgan sayohat yo‘nalishining paydo bo‘lishi motivatsiya bilan bog‘liq tadqiqotlar natijasida farqli bir xulosa o‘rtaga chiqqan. T.Plog izlanishlari natijasiga ko‘ra sayohat qiladiganlar bo‘linmaydigan davomli bir qator shaklda qo‘yilsa, uch shakldagi yo‘nalishlar qo‘lga olinishi mumkin. Ko‘p kishilar qatorning o‘rtasida qolmoqda. Ikkita uch nuqtada joylashganlari esa Plog tadqiqotining asosiy tamoyilini tashkil qiladi. Bu uch yo‘nalishlarning birinchi uchiga “psixotsentrik”, boshqa uchiga “allotsentrik” nomi berilgan. Bular “psixotsentrik” uchida joylashgan kishilar siqilgan, tortinchoq, sarguzashtni sevmaydigan insonlardir. “allotsentrik” uchida joylashganlari esa o‘zlariga ishongan, sarguzashtni yoqtiradigan kishilardir. Bu ikki guruh xususiyatlariga ko‘ra Plog boshqa turist turlarini va boshqa ziyorat qilinadigan yerlarning borligidan baxs etgan. Plogga ko‘ra, “allotsentrik” tur mustaqil bir tajribaga o‘xshaydigan sayohatni, erishishi qiyin bo‘lgan joylarni tanlaydi. Masalan, Afrika, Janubiy Amerika va kimsasiz orol kabi joylarda. O‘rta nuqtada qolgan turlar Gavai, Yevropa kabi ta Yevropa kabi tanilgan yerlarga sayohat qiladilar. "Psixotsentrik" turdagi turist esa, masalan, “Disney-land”ga paket (raskade) tur bilan ketishdan mamnun bo‘ladi. Bu ikkita, uchta joylashgan turlarning xususiyatlari shu shaklda ajratilishi mumkin.
“Allotsentrik” turlar: Sarguzashtchi va o‘z boshiga tadqiqotdan zavq oladi. Kashfiyotdan zavqlanuvchi va yangi hayajonlarni istaydi. Kashfiyotsiz yerlarni borib ko‘rishni xohlaydilar. Umuman qiziqish doirasi katta. Turistik xususiyati bo‘lmagan yerlarni sevadilar. O‘ynash va ovqatlanish mavzusida asosan komfort va qulaylikni yoqtiradilar. Boshqa o‘lkaning insonlari bilan tanishishdan, madaniyatlari bilan qiziqishdan zavqlanadilar.
"Psixotsentrik" turlar:

  • pekij - tur tanlaydilar;

  • unchalik faol emaslar;

  • quyosh, dengiz, qum kabi hammaning birgalikda qatnashadigan faoliyatlaridan zavq oladilar;

  • ziyorat qilinadigan joylarga asosan tayyorada (samalyotda) emas, balki avtomobil bilan borishni xush ko‘rishadi;

  • tanilgan, bilgan joylarni tanlaydilar;

  • xorijiy muhitdan rohatlanmaydilar;

-o‘z o‘lkalaridagiga o‘xshash tunash kompleksini, restoran, klublarni va oldi - sotdi markazlarini tanlaydilar;

  • o‘zlari kabi bir xil komfortli davrada sayohat qilganlar bilan birgalikda bo‘lishidan zavq oladilar;

  • butun sayohat tashkilini o‘zlari uchun uyushtirilgan sayohat firmalarini tanlaydilar.

  1. Turlarni tashkil qilish bosqichlari va “Pekij - tur” to‘g‘risida

tushuncha
Yo‘nalishlarning hozirgi vaqtgacha aniqlangan turlariga olimlar tomonidan quyidagicha ta’riflar berilgan. Turistik yo‘nalish - turistlarni ma’lum vaqt ichida borib keladigan shaharlar va joylar, ko‘rib keladigan tadbirlar, barcha xizmatlarini o‘z ichiga oladigan yo‘lini ifodalaydi. Yo‘nalishda boshlanish va tamom bo‘lish vaqti, xizmatlar soni va sifati, qiymati, transport turlari hujjatda ko‘rsatiladi. Yo‘nalishlar o‘z xususiyatiga ko‘ra bir necha turga bo‘linadi: aylanma, to‘g‘ri yo‘nalish, dam olish kunlaridagi yo‘nalishlar va boshqalar.
Tur (yo‘nalish) - turistik yo‘nalishlar to‘g‘risida barcha
ma’lumotlarni o‘z ichiga oladigan hujjatlar yig‘indisiga aytiladi. Bu hujjatlarga yo‘nalish dasturi, u to‘g‘risida qisqacha ma’lumot,
ko‘rsatiladigan xizmatlar soni va ular bahosini ifodalovchi ko‘rsatkichga aytiladi.
“Pekij tur” - turistik yo‘nalishlar to‘g‘risidagi barcha ko‘rsatkichlarni ifodalovchi hujjat hisoblanadi: tomosha qilinadigan joylarning qisqacha tarixi va rasmlari, davlat to‘g‘risida qisqacha axborot, yo‘nalish davomi, xizmatlar turi va qiymatini umumiy qilib ifodalovchi hujjatga pekij- tur deyiladi. Bu hujjatni qancha yaxshi va qiziqarli chiqarishsa, shuncha turistlarni jalb qilishi mumkin. Yaxshi turmahsulot bo‘lishi mumkin. Lekin “tur” yaxshi ishlanmasa turistlar kam kelishi mumkin. Turist bir necha davlatlarda, shaharlarda, viloyatlarda bo‘lishi mumkin va tur qiymati, ularning hammasiga ketadigan xarajatlarni hisobga oladi. Pekij tur turistik yo‘nalishni tashkil qilish maqsadida tuzilgan, turistlarga kerak bo‘lgan asosiy hujjatlarga aytiladi. Asosiy tur hujjatlarga quyidagilar kiradi:

  • shartnomaga asosan tuzilgan xizmatlar turlari;

  • dastur va umumiy xizmatlar turlari;

  • qisqacha xizmatlar to‘g‘risida umumiy ma’lumot;

  • transport turlari, ularning sifati;

  • ko‘radigan joylar to‘g‘risida tarixiy ma’lumotlar;

  • turadigan mehmonxona va ovqatlanish joylari.

Xulosa
Turistik yo‘nalishlarni rivojlantirish uchun asosiy omil bu kadrlaming bilimi va tajriba potensialidir. Hozirda respublikamizda turistik yo‘nalishlarni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar mavjud bo‘lsa ham juda kam yo‘nalishlar ishlab chiqilgan. Bu yo‘nalishlar faqat “Buyuk Ipak yo‘li”da joylashgan shaharlarga qaratilgan. Lekin respublikamizda turistlarning ko‘rishi va dam olishlari uchun tarixiy va xushmanzara joylar ko‘p. Faqat ularni yuqori darajada tanishtirish, yangi yo‘nalishlar tizimi va turistlarni o‘sha joylarga joylashtirish yo‘llari ishlab chiqilishi kerak. Hozirda asosiy yo‘nalishlar faqat A.J. “Uzintur” tomonidan ishlab chiqilgan yo‘nalishlar asosida faoliyat ko‘rsatmoqda. Shuning uchun ushbu barcha turistik yo‘nalishlarni qaytadan ko‘rib chiqish va ushbu yo‘nalishlar davomida turistlarning foydalanishlari uchun motel va kempinglar barpo etish juda muhim masalalardan biri hisoblanadi.
Nazorat savollari

  1. Turistik yo‘nalishlarning shakllanish omillari nima?

  2. Turistik yo‘nalishlarning ijtimoiy va iqtisodiy o‘sishiga ta’sir qiluvchi omillar nima?

  3. “Pekij-tur” nima?

  1. Turistik yo‘nalish nima?

  2. Asosiy tur hujjatlariga nimalar kiradi?

  3. Turistik yo‘nalish turlarini izohlang?

  4. Vaucher nima?

  5. Turizmda aylanma yo‘nalish qanday amalga oshiriladi?

  6. Jon A.Tomasning taklifiga asosan necha sayohat yo‘nalishlarining motivlari mavjud?

  7. Ta’lim va madaniyatga aloqador yo‘nalish motivlarini izohlang?

  8. Turizmda tranzit yo‘nalish nima?

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. O‘zbekiston Respublikasining “Turizm to‘g‘risidagi” qonuni. Xalq so‘zi / 1999 yil 20 avgust.

  2. Гуляeв В.Г. Правовоe рeгулированиe туристской дeятeльности. - М.: Финансы и статистика, 2005.-30-34стр

  3. Ильина Е.Н. Туроперейтинг: организация деятельности:

Учебник. - М.: Финансы и статистика, 2005. - 48-50 с.

  1. Жукова М.А. Менеджмент в туристском бизнесе: Учебное пособие. М.: КНОРУС, 2005. - 19-22 с.

  2. Norchaev.A.N. Xalkaro turizmni rivojlantirishning iqtisodiy o‘sishga ta’siri. Nomzodlik dissertasiyasi. TDIU. 2004. - 20-23 б.

  3. www.world-tourism.org - Всемирная туристская организация

  4. www.e-tours.ru - деловые туры, выставки, конференции

  1. bob. MEHMONXONA XO‘JALIGINING MOHIYATI VA UNI

BOSHQARISH ASOSLARI

  1. Mehmonxona xo‘jaligmmg joylashuvi va uni turkumlash

  2. Mehmonxonalarda turistlarga xizmat ko‘rsatish texnologiyalari tasnifi

  3. Mehmonxona xo‘jaliklariga bo‘lgan talab va takliflar

  1. Mehmonxona xo‘jaligining joylashuvi va uni turkumlash

Mehmonxona industriyasi kishilarning o‘z uylaridan boshqa yerlarga sayohatlarga chiqib tunash, ovqatlanish kabi zaruriy ehtiyojlarini qondirishga mo‘ljallangan, tijoriy xususiyatga ega bo‘lgan korxonalar faoliyatidir. Mehmonxonalarning dunyodagi ilk bor ko‘rinishlarda bo‘lishi, karvonsaroylar qurilishi miloddan keyingi I asrlarga to‘g‘ri keladi. Bu vaqtlarga kelib sayyohlarning dam olish, ovqatlanish kabi ehtiyojlarini qondirish uchun karvonsaroylarda tunaganliklari aniqlangan. Asosan pulning iqtisodiy bir o‘zgarishi sifatida qo‘llanishi, ahamiyatining ortib borishi natijasida tijorat qilish maqsadida sayohatga chiqishning ko‘payishi hozirgi kundagi zamonaviy mehmonxonalarning namunalari bo‘lib hisoblangan.
G‘arbdagi texnologik rivojlanish, temir yo‘llarining qurilishi va boshqa tarmoqlarga tarqalishiga mehmonxona industriyasining ham rivojlanishi va katta shaharlardan kichik tumanlarga tarqalishiga olib keldi. 1939-yilda Amerikaning Boston shahrida birinchi shahar mehmonxonasi qurilgandan keyin bu soha butun mamlakatlarga yoyildi. XX asrning boshlarida avtomobil yo‘llarining kengayishi, turmush harakatining ortishi kichik otellar qurilishiga sabab bo‘ldi. Faqat Yevropa aristorkratiyasiga mos keluvchi katta otel turlari va o‘rta sinfga mos bo‘lgan o‘rta otel turlarini o‘z ichiga oluvchi industriya davomli va qoniqtiruvchi shaklda rivojlanmagan. Xalqaro mehmonxona industriyasi korxonalarining qurilishi va ishga tushirilishida Amerika investitsiyasi va texnologiyasining tobora ko‘proq kiritilishi kuzatilmoqda. Hilton, Knott, Sheraton kabi trajmilliy korporatsiyalar vujudga kelmoqda.
Texnologiyaning rivojlanishi, yalpi daromadlarning ko‘payishi, turizm imkoniyatlarining ortishi, insonlarning yashash sharoitlarida o‘zgarishlar davom etar ekan, mehmonxona industriyasi kishilarning xohish - istaklarini, moddiy - ma’naviy ehtiyojlarini qondirishi uchun davlat tomonidan koordinatsiya qilinishi, tartibga solib turilishi va shu
sohada mehnat qilayotganlarning fidokorligi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Xalqaro turistlar koTamining yildan-yilga kengayib borishi turizm industriyasining rivojlanishiga yo‘l ochib bermoqda. Mehmonxonalar quyidagicha tasniflanadi:7
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin