Tajribadan olingan natijalarni aniq ifodalashda quyidagi jadval
beriladi:
T
/r
Bajarilg
an ishlar
Nimani ko„rdilar va
o„rgandilar
Xulosa
1
.
2
.
3
.
Bundan tashqari biologiya fanida o„tkazilgan tajribalarning borish sxemasi,
obyektlarning rasmilarini rasm albomga chizib borilishi ham bilim olishning
samarali
usullaridan
hisoblanadi.
Sababi
o„rganilayotgan
o„simliklar,
hayvonlarning tashqi va ichki tuzilishi tasviri chizib borilsa, tasviriy xotira orqali
bilimlari mustahkamlanishiga olib keladi.
Laboratoriya ishlarida biologik materiallardan foydalanish talabalarda: tahlil
qilish, taqqoslash, qiyoslash, baho berish, xulosa chiqarish, o„z fikrini bildirish va
uni asoslash, ma‟lumotni yig„ish, ish natijalarini turli shakllarda (xulosalar,
tezislar, mantiqiy jadvallar va boshqalar) taqdim etish kabi o„quv ko„nikmalarini
rivojlantiradi. Shunday ekan biologiya fanlarini o`qitishda laboratoriya
mashg„ulotlarini olib borish muhim ahamiyat kasb etadi.
Amaliy mashg„ulotlarning maqsadi
O„quvchilarni faol ta‟lim olish jarayoniga jalb qilish, ularda bilish, izlanish
ko„nikma va malakalarini rivojlantirishga yordam berish. Biologiya fani bo„yicha
o„quv materiallarini puxta o„zlashtirishga o„rgatish. Tabiiy obyektlar bilan
tajribalar o„tkazib va ularni kuzatib, biologiya fani bo„yicha o„quv adabiyotlaridan
olingan bilimlarni o„quvchilar yanada aniqlashtirib oladilar, ularni chuqurlashtirib,
boyitib borishadi. Mavzuga doir ko„nikma va malakalarni muntazam o„zlashtirib
borib, savol va topshiriqlarda o„zini mashq qildirib, amaliy ishlari jarayonida
bajarilayotgan tajribaviy amallarning algoritmini (ketma-ketligi) o„rganib
borishadi. Amaliy mashg„ulotlarda yangi materialni o„rganish, kuzatish, tabiiy
obyektlardan keng foydalanish usulini tatbiq etish ko„zda tutiladi. Bunday
mashg„ulotlar real bilimlarni to„plash, amaliy malaka va ko„nikmalarni
shakllantirish maqsadida o„tkaziladi. Tabiiy obyektlarni kuzatish mobaynida
o„quvchilar o„qituvchi tomonidan tayyorlangan uslubiy qo„llanmalar va
tavsiyalardan foydalanadilar. Odatda, qo„llanmalarda
ishning
maqsadi
mujassamlashgan, hamda tarkibiga ishni bajarish rejasi va topshiriqlar kiritilgan
bo`ladi. Bunda qo„llanma varaqasida qo`yilgan masala talabalar tomonidan
mustaqil yechilishi hisobga olinib tuzilgan. Ushbu topshiriq varaqalari
mashg`ulotda, amaliy mashg„ulotda yakka tartibda ishlashda yoki uyda mustaqil
bajarishga mo„ljallangan. Amaliy mashg„ulotga tayyorgarlik ko„rilar ekan,
biologiya laboratoriya xonasining sanitariya-gigienik holatiga e‟tibor berilishi
lozim:
havo
almashinuvi,
ozodaligi
va
boshqalar.
Biologiya amaliy tajribalarini o„tkazishga zarur bo„lgan asbob va jihozlar
yuvilgan va quritilgan bo„lishi zarur. Tajriba maqsadi va vazifasiga qarab,
o„quvchilar soniga mos ravishda zaruriy asbob va jihozlar tayyorlanadi. Bunda,
laborant-assistent qo„llanmada ko„rsatilgan jihozlarni belgilangan miqdorlarda
taqsimlab, muayyan tartibda tayyorlab qo„yadi. Har bir jihozning o„z o„rni bo„lishi
lozim. Amaliy ishi o„tkazib bo„lingandan so„ng, barcha jihozlar joy-joyiga
qo`yilishi kerak. Bu qoidani talabalarga singdirib borish kerak va u odat tusiga
kirishiga erishish lozim. Biologiya amaliy mashg„ulotlarida o„quvchilar
bajarayotgan amaliy tajribalari ta‟lim-tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Mustaqil
bajariladigan amaliy tajribalari o„quvchilarning bilim-malakalarni ongli ravishda
o„zlashtirishga, fikrlash faoliyati va biologiya faniga bo„lgan qiziqishlarini
rivojlantirishga, mehnat malakalarini o„stirishga, kuzatuvchanlik qobiliyatini
oshirishga, borliqni to„g„ri idrok etishni shakllantirishga o„z ta‟sirini ko„rsatadi.
Dostları ilə paylaş: |