3. Kerakli amallar bajarilganidan keyin, parametrlar satridan o‘zgarishlarni
saqlash
belgisi yoki klaviaturadan „Esc“ tugmachasi bosiladi.
Amaliy faoliyat (ko‘rsatmalar):
1.
Adobe Photoshop dasturida yangi hujjat yarating.
Hujjat
o‘lchamini 600X300px qilib belgilang.
2.
Uskunalar panelidan „Horizontal Type Tool“ uskunasini
tanlang. Uskunani parametrlar panelidan „Catull“ shriftiga sozlang.
3.
Ishchi sohaga Google so‘zining har bir harfni alohida qatlam
(layer)ga yozib chiqing.
4.
Qatlamdagi harflarni “Move Tool”
uskunasi yordamida
tasvirdagidek joylashtiring.
5.
„G“ qatlamini tanlab, quyidagicha stillarni bering:
„Drow Shadow“ga:
•
Opacity-26;
•
Angle-120;
•
Distance-6px;
•
Size-3px;
6.
„Bevel and Emboss“ga:
•
Technique-Smooth;
•
Depth-100;
•
Direction-Up;
•
Size-10px;
•
Soften-0px;
•
Angle-120;
•
Altitude-30;
7.
“Color Overlay”ga:
• Color Picker – #84dc5; qiymati kiritiladi va
„OK“ tugmachasi bosiladi.
8.
Qolgan harflar faqat rangidan farq
qilganligi sababli, hosil qilingan stildan nusxa olinadi va qolgan harflar
qatlamiga joylashtiriladi. Buning uchun „G“ qatlami ustiga sichqonchaning
o‘ng tugmachasi bosiladi. Hosil bo‘lgan kontekst menyudan „Copy
Layer
Style“ bandi tanlanadi.
9.
Qolgan qatlamlarni „Shift“ tugmachasini bosgan holda belgilab
olib, sichqonchaning o‘ng tugmachasi bosiladi. Hosil bo‘lgan kontekst
menyudan „Paste Layer Style“ bandi tanlanadi. Natijada,
barcha qatlamlar
„G“ qatlami stilini o‘zlashtirib oladi.
10.
Qatlamlar bandidan „o“ qatlami tanlanib, „Color Overlay“
effektida rangi o‘zgartiriladi: Color Picker – #de1b00; qiymati kiritiladi va
„OK“ tugmachasi bosiladi.
11.
Shu tartibda:
• ikkinchi „o“ harfiga #ffcf00;
• „g“ harfi o‘zgarishsiz;
• „l“ harfiga #32a93b;
• „e“ harfiga #de1b00 rang qiymatlari beriladi.
12.
“File” menyusidan “Save” buyrug‘i tanlanib, google.psd nomi
bilan saqlanadi.
Dostları ilə paylaş: