Surati yoki maxraji bir xil bo‘lgan kasrlarni taqqoslash
Kasrlarni taqqoslashda maxraji va surati hisobga olinadi.
Quyida bir xil maxrajli kasrlarni taqqoslashni ko‘rib chiqamiz:
Masalan, 7/9 va 2/9 kasrlarni taqqoslash kerak bo‘lsin. Biz o‘quvchilarga kasr
chizig‘ini bo‘lish sifatida tushuntirib o‘tgan edik, demak 7/9 – 7:9, 2/9 esa 2:9 ga
teng.
O‘quvchilarga tushunarliroq bo‘lishi uchun amaliy
tarzda tushuncha berib
o‘tish mavzuning tushunarli bo‘lishiga va oson o‘zlashtirilishiga yordam beradi.
Masalan, 7 kg mevani 9 ta o‘quvchi bo‘lishib yesa ko‘proq yeyishadimi yoki 2 kg
mevani 9 ta o‘quvchi bo‘lishib yesa ko‘proq yeyishadimi? Bu savolga o‘quvchilar
tezlik bilan javob bera olishadi va natijada kasrlarni o‘zlari
taqqoslay olishni
o‘rganishadi.
Endi surati bir xil bo‘lgan kasrlarni taqqoslashni o‘rganamiz:
Masalan, 4/9 va 4/11 kasrlarni taqqoslash kerak bo‘lsin. Yana avvalgidek kasr
chizig‘i bo‘lish vazifasini bajarishi o‘quvchilarga eslatib o‘tiladi. 4/9 – 4:9, 4/11 –
4:11.
4 kg mevani 9 ta odam bo‘lishib yesa ko‘proq yeydimi yoki 4 kg mevani 11
ta odam bo‘lishib yesa ko‘proq yeydimi, deb o‘quvchilarga berilgan savol kasrlarni
oson taqqoslashlariga sabab bo‘ladi.
Boshqa kasrlarni ham shu tariqa taqqoslashni o‘rgatib
borish keyinchalik
o‘quvchilarda turli maxrajli kasrlarni ham bir xil maxrajga
keltirish orqali oson
taqqoslay olishlariga zamin yaratadi.
Nazorat savollari:
1.
Kasr nima?
2.
Kasrlarning turlari haqida ma’lumot bering.
3.
Kasrlarni o‘rgatish metodikasi to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
4.
Kasrlarga oid masalarning qisqa sharti asosan qanday ifodalanadi?
5.
Surati yoki maxraji bir xil bo‘lgan kasrlarni taqqoslashda nimalarga ahamiyat
qaratish lozim?
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
S. Burxonov va boshqalar Umumiy o‘rta ta;lim maktablarining 3-sinfi uchun
darslik. Toshkent, “Sharq” nashriyoti-2019
2.
N.U. Bikbayeva Umumiy o‘rta ta;lim maktablarining 4-sinfi uchun darslik.
Toshkent, “O‘qituvchi” nashriyoti-2020
3.
M.E.Jumayev. Z.G‘.Tadjiyeva “Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish
metodikasi.Toshkent. ”Fan va texnologiya” 2005-yil
4.
RTM konferensiya materiallari, 2020-yil