A avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti



Yüklə 189,47 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix22.04.2023
ölçüsü189,47 Kb.
#101482
  1   2   3   4
02OsB5htfEWoQ0FBzgT6CV1ko1Px6cU8rNPljPt6



A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI 
O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT 
INSTITUTI 
 
 
 
 
“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi 
 
 
 
Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari 
yoki 
O‘quvchilar kompetensiyalarini baholash usullari va vositalari 
moduli bo‘yicha 
 
 
“BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATEMATIK SAVODXONLIKNI 
OSHIRISH”
 
o‘quv kursining 
“Kasrlar” va ularning turlari ustida ishlash” mavzusidan ma’ruza matni 
 
 
 
 
Ma’ruzasi: Jmayeva Fotima Bekmurodovna 
Toshkent 2021 
 


6-Mavzu: “Kasrlar” va ularning turlari ustida ishlash 
 
Reja: 
1. 
Ulushlar haqida ma’lumot berish
2. 
Kasrlar va ularning turlari 
3. 
Kasrni o‘rgatish metodikasi 
4. 
Kasrlarga oid masalalar va ularni yechimlari
5. 
Surati yoki maxraji bir xil bo‘lgan kasrlarni taqqoslash
 
Ulushlar haqida ma’lumot berish 
Mamlakatimizda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, xalq ta’limi 
tizimida bo‘layotgan o‘zgarishlar “Ta’lim tog‘risidagi”gi qonunda hamda “Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi”da ko‘rsatib o‘tilganidek, har bir o‘qituvchi oldiga muhim 
vazifalar qo‘yilmoqda. 
Keyingi yillarda ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlardan yagona 
maqsad - barkamol shaxsni va malakali mutaxassisni tarbiyalashdir. 
Boshlang‘ich matematika kursi bolalar tafakkuri rivojlanishiga yordam beradi. 
Boshlang‘ich bilimlar yagona majmuani yaratadi, zaruriy metodologik tasavvurlarni 
va fikrlashning mantiqiy tuzilishlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. 
Boshlang‘ich ta’lim metodikasining xususan, matematikadan boshlang‘ich 
ta’lim metodikasining vazifalaridan biri o‘qitishning yetarlicha yuqori 
rivojlantiruvchi samaradorligini oshirishni ta’minlashga ta’sirini jadallashtiradi. 
Bunda darsliklarda berilayotgan mavzular o‘qitish rivojiga yetarlicha ta’sir 
ko‘rsatadi. 
Boshlang‘ich 
sinfdan oldin, ya’ni maktabgacha yoshdayoq kasr 
tushunchasining boshlang‘ich tushunchalari berilgan. Chunki kasr tushunchasini 
hosil qilish har xil narsalarni teng bo‘laklarga bo‘lish, kesish, sindirish, 
maydalashdan kelib chiqadi. Masalan, olma, tarviz, bodring, non va boshqalarni bir 
necha bolaklarga bo‘lib ko‘rgan va boshlang‘ich tushunchalarni olgan. Shu 


maqsadda bolalarni ulushlar bilan tanishtirish, taqqoslashni o‘rgatish, sonning 
ulushlari va ulushi bo‘yicha sonni topishga doir masalalarni yechish ko‘zda tutiladi. 
Aytib o‘tilgan barcha masalalar ko‘rgazmali qilib ochib berildi. 
Ko‘rgazmali tushuntirishda, masalan, olmani teng ikkiga bo‘lish, yordamida 
kasr hosil qilnadi. Shunga mos olmani teng bo‘lmagan ikki bo‘lakka bo‘lib, u yarim 
olma emasligini, demak, kasrni hosil qilmaslikni, tushuntirishi kerak. Faqat teng 
bo‘lakka bo‘lganidagina kasr son yoki butunning ulushi hosil bo‘lishini mustahkam 
singdirish lozim. 
”Kasrlar” mavzusini o‘rganishdan avval ulushlar haqida ma’lumot berib 
o‘tish yaxshi samara beradi. Bunda o‘quvchilarga yarim, chorak, nimchorak haqida 
tushuncha berib o‘tiladi. 
1. Doira chizing va uni teng ikki bo‘lakka bo‘ling. Bo‘laklardan birini bo‘yang. 
Siz doiraning qanday qismini (qanday bo‘lagini) bo‘yadingiz? 
2. Doira chizing va uni teng to‘rt bo‘lakka bo‘ling. Bo‘laklardan birini bo‘yang. 
Siz doiraning qanday qismini (qanday bo‘lagini) bo‘yadingiz?
3. Doira chizing va uni teng sakkiz bo‘lakka bo‘ling. Bo‘laklardan birini bo‘yang. 
Siz doiraning qanday qismini (qanday bo‘lagini) bo‘yadingiz?

Yüklə 189,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin