Robototexnika va u asosida yaratiladigan aqlli
texnika va texnologiyalar
nafaqat ishlab chiqarish va sanoatda, balki oddiy insonlarning kundalik hayotiga
ham kirib ulgurdi. Masalan,
aqlli uylar, aqlli mashina, aqlli ish, aqlli ta’lim,
zamonaviy uy-ro‘zg‘or
texnikalari, raqamli videokameralari kabilar robototexnik
printsiplarga asoslanadi.
Ishlab chiqarish texnologiyalari va mashinalarining yangi avlodi o‘rtasidagi
asosiy farqi
shundan iboratki,
ular mexanika, elektronika va kompyuter
texnologiyalari kabi sohalar bo‘yicha o‘zaro egallangan bilimlar natijasiga
asoslanganligidir.
Robototexnika sohasi rivojlanib borishi natijasida
sanoat robotlari bilan bir
qatorda turli xil robot turlari ham paydo bo‘lmoqda. Masalan, olim-robotlar, maishiy
robotlar, qidiruvchi robotlar, jangovor robotlar, nanorobotlar yoki nanobotlar (juda
ham kichik hajmli robotlar) va boshqalar. Bunday turdagi robotlarni yaratilishi
shundan dalolat beradiki, robotlar nafaqat odamlarga o‘xshash bo‘lishi kerak balki,
turli shakl va ko‘rinishlarda ham bo‘lishi mumkin.
Uy-ro‘zg‘orga yordamchi – avtomatik changyutkichlar,
xonadonlarda
mustaqil kundalik yumushlarni amalga oshiradigan va quvvat olish uchun joyiga
o‘zi qaytib boradigan robot-dastyorlar, zamonaviy turda dasturlashtirilgan oshxona
jihozlari (multivarka, muzlatgich,
elektr pech, qahva maydalagich va boshqalar)
katta ommaviylik kasb etib bormoqda.
Shuni ishonch bilan aytish mumkinki, robototexnika sohasi shunday jadal
tusda
rivojlanib borsa, yaqin orada har birimizning o‘z xususiy aqlli robotimiz
bo‘lishi mumkin. Axir mobil qurilmalarining eng mashhur operatsion tizimi
Android deb shunchaki atalmagan bo‘lsa kerak.
Dostları ilə paylaş: