A. F. Shaxidov, A. D. Qayumov, R. M. Xudayqulov


IV bob. GRUNTLARNI ZICHLASHTIRISH



Yüklə 7,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/87
tarix27.09.2023
ölçüsü7,6 Mb.
#149906
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   87
avtomobil yollarini yol poyini qurish

 
IV bob. GRUNTLARNI ZICHLASHTIRISH 
4.1 Gruntlarni zichlashtirishning nazariy asosi 
 
Grunt massivining xossasi, bir xil sharoitlarda, gruntlarni zichlashtirish 
darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun yo‘l poyini qurishda, sun'iy massiv 
(texnogen deb atash qabul qilingan) bo‘lgan gruntlarni sun'iy zichlashtirish 
masalasiga katta ahamiyat beriladi. Bunga asosan, ko‘tarmalar va o‘ymalar yo‘l 
poyining yuqori qismiga – ishchi qatlamga alohida talab qo‘yiladi.
Umumiy holda grunt massivi uch fazali sistema (4.1-rasm) deb qaraladi: 
mineral qism (qattiq faza), grunt zarralari va agregatlarning yuzasiga kuchlar 
ta'sir qilishi natijasida har xil darajada modifikatsiyalangan suv (suyuq faza) va 
havo (gazsimon faza). Bunday sistemaning xossasi oxiroqibat qattiq fazaning 
elemenlari orasidagi kuchlarning o‘zaro bog‘liqligi bilan aniqlanadi. Bu kuchlar 
qattiq faza elementlarini yaqinlashish darajasiga, shuningdek, faza orasidagi 
chegarada, avvalambor, qattiq va suyuq fazalar chegarasida kechadigan fizik-
kimyoviy jarayonlarga bog‘liq bo‘ladi. Qattiq faza elementlari (zarralar va 
agregatlar) bir-biriga qanchalik kuchli yaqinlashsa, bir xil sharoitda sistemaning
mustahkamligi (bog‘lanish kuchi va ichki ishqalanish burchagi) shunchalik 
yuqori, deformatsiyalanishi kichik (modul deformatsiyasi va elastikligi katta) va 
namlanish-qurish, muzlash-erish kabi, ya'ni texnogen massivini birlamchi 
strukturasi o‘zgarishiga sabab bo‘luvchi ob-havo-iqlim omillari ta'siriga yuqori 
mustahkamlikda bo‘ladi. Bundan tashqari, qattiq faza elementining katta 


56 
darajada yaqinlashishi natijasida «struktura nuqsonlari»ning soni kamayada, u 
ko‘proq bir xillikka erishadi, bu o‘z navbatida sistemaning fizik-mexanik 
xossalari (bu xossalar ko‘rsatkichlarining dispersiyasini kamaytiradi) bir 
xilligini oshiradi.

Yüklə 7,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin