57
bu yerda:
∆
SUV
-suvning zichligi, g/sm
3
;
δ
K.F
-materialning qattiq fazasi zichligi
(o‘rtacha qiymatlar uchun -2,70 qumloq tuproq uchun-2,68 va qum uchun-2,65
g/sm
3
).
Amalda gruntda har doim qandaydir miqdorda gazsimon faza qoladi.
Berilgan sharoitdagi zichlashtiruvchi yukni (yuk qiymati, uning ta'siri
davomiyligi, qo’yilish soni, qo‘yilish tartibi) ta'sirida gazsimon fazaning qoldiq
hajmi grunt tarkibiga va uni zichlashtirish vaqtidagi namligiga bog‘lig‘ bo‘ladi.
Natijada zichlashtirishda grunt skeletining zichligi uning namligiga va yukning
ta'sir sharoiti funksiyasiga bog‘liq bo‘ladi.
Talab qilingan zichlik to‘g‘risidagi masala muhim hisoblanadi.
Talab
qilingan deb, odatda, shunday zichlik tushuniladiki, bunda yo‘ldan foydalanish
jarayonida yukdan va ob-havo-iqlim omillaridan xosil bo‘ladigan kuchlanish
ta'siriga gruntning qarshiligi va turg‘unligi ta'minlanadi. Odatda, kuchlanish va
ob-havo-iqlim omillarining yo‘l poyining har xil elementlariga ta'sir darajasi har
xil bo‘ladi: ishchi qatlam harakatlanuvchi yuk va
ob-havo-iqlim omillarining
siklli ta'siriga uchraydi; ko‘tarmaning ostki qatlami va asosi, asosan, yuqorida
yotuvchi qatlamning xususiy og‘irligidan tushuvchi statik kuchlanish ta'sirida
bo‘ladi; yonbag‘riga xususiy og‘irligidan tushuvchi kuchlanish va ob-havo-iqlim
omillari siklli ta'sir qiladi.
Amalda talab qilingan zichlikni belgilash
uchun empirik usuldan
foydalaniladi:
МАХ
С
ТК
ТК
С
К
(4.2)
bu yerda:
ТК
С
- grunt skeletining talab qilingan zichligi, g/sm
3
;
МАХ
С
- standart
usul bilan gruntlarda tadqiqot o‘tkazib aniqlanadigan maksimal zichlik, g/sm
3
;
ТК
К
- talab qilingan
zichlashtirish koeffitsienti, uzoq muddat ishlagan va
zichlikning o‘zgarish jarayoni stabillashgan yo‘l poyini amalda tadqiq qilib
aniqlanadi.
58
Maksimal zichlikni aniqlash uchun gruntlarni tadqiq etishni har xil
standart variantlari amalda qo‘llanadi. Uni, asosan O‘zRST 786-97 (Gruntlar.
Maksimal zichligini laboratoriyada aniqlash) bo’yicha aniqlanadi.
Bu usulning
asosini XX asrning 30-yillarida prof. N.N. Ivanov va tex. fan. nom.
M.Ya.Telegin ishlab chiqqan (4.2-rasm).
Gruntlarning qulay namligi va maksimal og‘irligi DORNII (4.2-rasm)
asbobida [2] aniqlanadi. Asbobning metall silindriga grunt 3 qavat qilib solinib,
0,3 m balandlikdan tushuvchi og‘irligi 2.5 kg bo‘lgan yuk bilan zichlanadi.
Yuklarning balandlikdan tushish soni qum va qumloq tuproqlar uchun 75,
qumoq tuproq va gillar uchun 120 belgilanadi. Har bir grunt bir necha marta har
xil namlikda yuk bilan zichlanib, gruntning zichlangandan keyingi hajmiy
og‘irligi hamda namligi aniqlanadi. Natijada gruntlarning skeleti hajmiy
og‘irligi va namligi o‘zaro bogliqlik grafigiga chiziladi (4.3-rasm).
Gruntning
maksimal hajmiy og‘irligi sifatida uning skeleti hajmiy og‘irligining eng katta
qiymati olinadi, unga to‘g‘ri keluvchi namlik qulay namlik deb qabul qilinadi.
Keltirilgan chizmada qulay namlik 16,5 %, maksimal hajmiy og‘irlik 1850
kg/m
3
ga teng.
Dostları ilə paylaş: