A. F. Shaxidov, A. D. Qayumov, R. M. Xudayqulov


-rasm. O‘simlik qatlamini surish chizmasi



Yüklə 7,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/87
tarix27.09.2023
ölçüsü7,6 Mb.
#149906
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   87
avtomobil yollarini yol poyini qurish

 
3.3-rasm. O‘simlik qatlamini surish chizmasi: 
a
-kichik kenglikda tayyorlanadigan yo‘l mintaqasi 
V
va uncha katta bo‘lmagan
olinadigan qatlam; 
b
- katta kenglikda tayyorlanadigan yo‘l
 
mintaqasi va katta bo‘lgan 
olinadigan qatlam ko‘tarmada (I) va o‘ymada (II); 
v
-universal buldozerning bo‘ylama 
o‘tishi; 
a
-o‘simlik grunti uyumi; 
1

2

3

4
…-gruntni qirqish ketma-ketligi
m
-
vaqtinchalik yo‘l mintaqasi. 
 


49 
Yo‘l mintaqasining kengligi, suriladigan tuproq qatlamining qalinligi va 
qo‘llanayotgan buldozerning kuchiga bog‘liq holda ishni har xil chizma asosida 
olib boriladi. 
O‘simlik grunti vaqtinchalik yo‘lga ajratilgan mintaqadan tashqariga 
yotqiziladi yoki mahsulot beruvchi tuproq qatlami sifatida ishlatiladigan joyga 
olib boriladi. Vaqtinchalik ag’dargichlar yo‘lga ajratilgan hududning chetiga 
yoki shu maqsadda ajratilgan maxsus maydonlarga joylashtiriladi. Yerning 
rekultivatsiyasi yoki mahsulot beradigan qatlamdan qurilish jarayonida qisman 
buzilgan yoki umuman buzilgan joylarda foydalaniladi. Bunday joylarga, 
birinchi galda, vaqtinchalik yo‘llar egallagan joylar, yo‘l mashinalari to‘xtab 
turadigan joylar, gruntli, qumli yoki shag’alli karyerlar, yon rezervlar kiradi.
Yerlarni tiklash ishlari ikki bosqichda olib boriladi: texnik va biologik. 
Birinchi bosqich buzilgan hududlarni tartibga keltirishdan iborat: maydonlarni 
tekislash va rejalashtirish; qiyalikni kamaytirish; mahsuldor qatlamni yoyish. 
Ikkinchi bosqichda qayta ishlashni to‘g‘ri tashkil qilib, tuproq qatlamini 
kultivatsiyalab va ma'lum qayta ekish bilan yerning mahsuldorligi va strukturasi 
tiklanadi. Ikkinchi bosqichdagi ishlarni yerdan foydalanuvchilar bajaradilar.
Yer maydonlaridan keyinchalik foydalanish maqsadida tiklanayotgan 
yerning chegaralovchi qiyaligi, mahsuldor tuproqli qatlamning minimal 
qalinligi, shamol va suv erroziyasiga qarshi mustahkamlashning kerakligi, suvni 
olib ketishni tashkil qilish, qirg‘oqlarni tiklash kabi talablar aniqlanadi. Yerlar, 
odatda, har xil qishloq xo‘jalik ekinlari daraxtlari ekish va suv havzalari uchun 
mo‘ljallangan bo‘ladi.

Yüklə 7,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin