A. F. Shaxidov, A. D. Qayumov, R. M. Xudayqulov


 Yo‘lga ajratilgan mintaqani tozalash va o‘simlik



Yüklə 7,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/87
tarix27.09.2023
ölçüsü7,6 Mb.
#149906
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   87
avtomobil yollarini yol poyini qurish

3.2 Yo‘lga ajratilgan mintaqani tozalash va o‘simlik
qatlamini olish 
 
Yo‘lni joylashtirish uchun ajratilgan yer mintaqasi o‘rmonlardan, mayda 
o‘tlardan, to‘nkalardan va yirik toshlardan tozalanadi. Agar bu mintaqa atrofida 
binolar, aloqa yoki elektr uzatgich simlari, yer osti muhandislik inshootlari 
bo‘lsa, loyihada ko‘rsatilgan yechimga mos ravishda qaytadan quriladi yoki 
boshqa joyga ko‘chiriladi. 
Yo‘l mintaqasini tozalash ishlari ichida uni o‘rmondan tozalash eng qiyin 
ish hisoblanadi. O‘rmon o‘simliklari qurilishda va sa'noatda ishlatiladigan 
qimmatbaho tabiiy mahsulot hisoblanadi, shuning uchun o‘rmonlardan va 


45 
o‘simliklardan yo‘l mintaqasini tozalash ishlarini bajarilshida kam yo‘qotish 
bilan yaxshi sifatli yog‘och olinishi zarur. O‘rmonni tozalashni yilning har 
qanday vaqtida olib borish mumkin, ammo yog‘ochning sifati uni qishda 
kesganda yaxshi bo‘ladi. Bu vaqtda gruntli yo‘llardan yurish yengil va transport 
vositasi bilan kam yuklangan, shuningdek, yo‘lni qurish ishlarini bajarish uchun 
kerakli ishchilar soniga talab kam bo‘lgani uchun yo‘l mintaqasini tozalash 
ishlarini qish vaqtlarida bajarish maqsadga muvofiq. Boshqa tomondan, qishda 
ishlarda to‘nkalar olinmaydi, chunki ular faqat yoz oylarida qo‘poriladi. 
Daraxtlar benzomotor yoki elektr arra bilan kesiladi. Benzomotor arralar 
dvigatelga ega bo‘lib, elektrligi elektrostansiya va kabelni talab qiladi.
Daraxtlarni qirqishdan avval ishni xavfsizligini ta'minlash uchun mayda 
va pastda joylashgan shoxlarni olish kerak.
Kesilgan daraxtlar mayda shoxlardan tozalanadi va oraliq omborga olib 
borilib, o‘ram holida to‘dalandi, shchit va lebedkasi bo‘lgan traktor bilan tashish 
qilinadi. Daraxtlarni transport vositasiga yuklash uchun greyferi bor kranlardan, 
jag‘li ishchi organli buldozerlar va maxsus daraxt ortuvchilardan foydalaniladi. 
Daraxtlardan tozalanadigan yo‘l mintaqasi chizmasi 3.2-rasmda berilgan. 
Yoz oylarida, alohida daraxtlar kam bo‘lganda, o‘rmon buldozer 
yordamida kesiladi, avval ildizi kesiladi, keyin ag’dargichni kutarib daraxtga 
tiraladi va ildizlari bilan birga yiqitiladi.

Yüklə 7,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin