46
1
-ayiruvchi maydoncha;
2
-to‘nka oluvchi;
3
-ag‘darilgan daraxtlar;
4
-kesilgan
daraxt uyumi;
5
-ajratilgan daraxtni qirqish chegarasi;
6
-tortuvchi traktor;
7
- to‘plangan daraxt;
V
-qirqish kengligi.
Ko‘pincha,
yoz oylarida, buldozer, to‘nka oluvchi yoki portlatish
yordamida to‘nkalar olinadi. Olingan to‘nkalar yoki mayda shoxchalar
(kesilgandagi qoldiqlar) bir joyga yig‘iladi va yong‘inga qarshi xavfsizlikka
rioya qilib yondiriladi. To‘nkalar olingandan yoki daraxt ag‘darilgandan qolgan
chuqurchalar grunt bilan to‘ldiriladi va zichlashtiriladi. Ko‘tarma
asosining
hamma yuzasi tekislanadi.
Butalar (kam bo‘lganda) buldozer yoki butaqirqqich yordamida olib
tashlanadi. Ayrim hollarda butalarni olish uchun kundakovlardan foydalaniladi.
Butalarni butakeskich bilan qirqish yilning hamma vaqtida bajariladi,
lekin bu ish uchun eng yaxshi vaqt qishda, butalarning ildizi va tanasi muzlagan
tuproqqa mustahkamlangani uchun, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunday
sharoitda butaqirqqichning pichog‘i yog‘ochli o‘simlikni bitta o‘tishda
yaxshi
kesadi. Qirqish bahorning boshida, qor kam bo‘lganda, yer hali erimaganda
yaxshi olib boriladi. Bahorgi-yozgi davrda butaqirqqichning pichog‘i gruntga
chuqur botib ketadi va ishni og‘irlashtiradi.
Yoz oylarida tanasining diametri 4 sm dan 15 sm gacha bo‘lgan daraxtlar:
osina, olxa, qayin va oq qayinlarni butaqirqqich bir o‘tishda to‘liq (95% gacha)
mayda butalarni - faqat 60-65% kesadi, bir qism butalarni traktor gusenitsasi va
butaqirqqichni o‘zi ezib yuboradi. Qolgan butani butaqirqqich qirqishi uchun
avvalgi joydan qaytadan, faqat qarama-qarshi yo‘nalishda o‘tadi.
Butaqirqqichning ish unumdorligini oshirish uchun pichog‘ini charxlab
turish kerak.
Kesilgan butalarni traktorlar va buta yig‘uvchi
bilan bir yerga uyum
holida yig‘iladi.
47
Yo‘l mintaqasida uchrovchi mayda toshlar (hajmi 1 m
3
gacha), buldozer
bilan uning tashqarisiga chiqariladi, yiriklari (hajmi 1 m
3
dan katta) portlatib
maydalanadi, keyin buldozer bilan chetga chiqarib tashlanadi.
Yo‘l mintaqasini daraxtlardan tozalash ishlari,
odatda daraxt kesuvchilar
“pasek” deb ataydigan ikkita yo‘l bo‘lagida olib boriladi. Tozalangan
mintaqaning kengligi teng ikki bo‘lakka bo‘linadi. Ishni xavfsizligi va frontini
ta'minlash maqsadida “pasek” taxminan 50 m ga suriladi tashkil qilinadi.
Bu “pasek” larda hamma kerakli texnologik jarayonlar: butalarni olish,
daraxtni ag‘darish, to‘nkani ko‘chirish, chuqurchani ko‘mish va tayyorlangan
mintaqani tekislash ketma-ket bajariladi.
Yo‘l uchun ajratilagn xosilli tuproq (o‘simlik)
qatlami hamma
maydonlardan olinadi va keyinchalik qayta ishlatish uchun yo‘lga ajratilgan
mintaqadan tashqariga yotqiziladi. Olinadigan xosilli tuproq qatlami qalinligi
(o‘rtacha 20-25 sm) yerdan foydalanuvchi bilan oldindan kelishgan holda
loyihada aniqlashtiriladi. O‘simlik grunti yo‘l poyi yon qiyaligini
mustahkamlash,
ajratuvchi tasmaga yoyish, tiklanayotgan yoki kam xosil
beruvchi qishloq xo‘jalik yerlari rekultivatsiyasi uchun ishlatiladi.
Ish buldozer yoki skreper yordamida bajariladi. Buldozerni ishlatganda
gruntlarni qirqishda yo‘l o‘qiga burchak ostida yoki yo‘l polosasiga nisbatan
mashina bo‘ylama yoki ko‘ndalang harakatlantiriladi (3.3-rasm). Grunt
chiqindisi yo‘lga
ajratilgan mintaqaning chetiga, keyingi ishlarga xalaqit
bermaydigan holda chiqariladi.