A. F. Shaxidov, A. D. Qayumov, R. M. Xudayqulov


Avtogreyder bilan yon rezervdan ko‘tarma qurish



Yüklə 7,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/87
tarix27.09.2023
ölçüsü7,6 Mb.
#149906
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   87
avtomobil yollarini yol poyini qurish

Avtogreyder bilan yon rezervdan ko‘tarma qurish. 
Avtogreyderlar, 
asosan, gruntlarni tekislash va rejalashtirish ishlarini bajarish uchun 
mo‘ljallangan. Ulardan qumlarni, chaqiqtoshlarni va shag’allarni tekislash va 
rejalash, yo‘ldan qorni tozalashda foydalaniladi. Yon rezervdan grunt olib 
ko‘tarma qurishni ularning eng katta balandligi 0,8 m bo‘lganda bajarish 
mumkin.
Avtogreyder bilan ishni bajarish texnologik jarayonlari bir necha ketma-
ket bajariladi: gruntni qirqish, ko‘ndalangiga surish, qatlamlab tekislash. 
Rezervni qirqish ichki qoshidan boshlanadi. Gruntni surish bir necha 
o‘tish bilan amalga oshiriladi; bu jarayon eng og‘iri bo‘lib, umumiy o‘tish 
sonining 75 % ni tashkil qiladi. Shuning uchun ayrim hollarda qirqish ikki 
marta qirqish bajariladi, qirqilgan grunt suriladi. Gruntni yotqizish ikkita 
usuldan birida amalga oshiriladi - yarim siqish (vrazbejku) i to‘liq siqish. 
Avtogreyder bilan surilgan gruntni to‘plam va to‘da holda qoldirmasdan darrov 
tekislash kerak.
VII bob. TOG‘ YON BAG‘RIDA YO‘L POYINI QURISH. YON 
QIYALIKLARNI REJALASH VA MUSTAHKAMLASH 
 
7.1 Tog‘ yon bag‘rida yo‘l poyining konstruktiv xususiyatlari va uning ish 
bajarish usuliga ta'siri 
Tog‘ yonbag‘rida yo‘l poyini qurishda (7.1-rasm) ish olib borish 
texnologiyasini uning konstruktiv xususiyatlari va joyning grunt-gidrologik 
sharoiti belgilaydi. Qurilish uchun o‘yma yoki yarim o‘ymalar (7.1, 
a

b
–rasm) 


112 
eng yaroqliysi hisoblanadi. Tikka va baland qiyaliklarda qiyalikdan va tog‘ 
yonbag‘ri yuzasidan tushayotgan gruntni ushlash uchun yuqori berma yoki 
tayanch devorli berma quriladi. Qiyalikning yuqori qismi yoki yonbag‘ri kerakli 
darajada turg‘un bo‘lmasa, yuqorigi tirgak yoki qoplovchi devor (7.1, 
d-
rasm) 
qurish kerak. Yuqori (7.1, 
d-
rasm), shuningdek, pastki (7.1, 
v

g-
rasm) tirgak 
devorlar ayrim seksiya holida yilning eng quruq davrida, ya'ni gruntlar 
turg‘unligi buzilishining oldini oluvchi tadbirlar qo‘llab quriladi. Konstruktiv 
yechimlarning tez-tez o‘zgarishi, shuningdek, to‘xtovsiz grunt-geologiya 
sharoitining o‘zgarishi, gruntlarni zichlash qiyinli qurilish texnologiyasini 
qiyinlashtiradi, yuqori kvalifikatsiyali ishchi, eng zamonaviy texnika va 
bajariladigan ishlarning eng sifatli nazoratini talab qiladi.

Yüklə 7,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin