136
faoliyat ko‘rsatadigan boshqa ob'yektlarga vaqtinchalik o‘tish yo‘lini ta'minlash
mumkin. Ko‘rsatilgan tumanlarda qishki ishlarni olib borish muhim hisoblanadi,
chunki bunday viloyatlarda qish mavsumi uzoq davom etadi.
Qishda ishlarni olib borishda quyidagi kamchiliklarga quch kelinadi:
ishlashni gruntning muzlashi, grunt tarkibida muzlagan bo‘laklar bo‘lishib
ishlashni qiyinlashtiradi; yer inshootlari asosini qor va muzdan tozalash;
ishchilar uchun
qishki kiyimning kerakligi; inson va texnikani ishlashi uchun
normal sharoit yaratish, zaruriyati, suv-moyni isituvchi qurilmalar kerakligi. Bu
esa kichik frontda mashinalarni bir yerga to’plash, ishni yuqori jadallikda
bajarish; yer ishlarini iloji boricha uch smenada olib borishni taqozo qiladi. Bu
holatlarda grunt muzlaguncha karyerni ishlash va ko‘tarmaga to‘kish,
shuningdek, gruntni zichlashtirish ishlarini tugallash bo‘yicha hamma
texnologik jarayonlarni bajarish lozim.
Qish mavsumida yer ishlarini bajarish: qurilish mavsumini uzaytirish; yil
davomida yo‘l-qurilish mashinalaridan to‘liq va bir tekis foydalanish; qurilishga
doimiy ishlovchi malakali
ishchilarni biriktirish; qurilishni tezlashtirish va sarf
harajatlarni kamaytirish imkonini beradi.
Qish mavsumida qurilish olib borishga mo‘ljallangan ko‘tarma qurish
uchun yoz oylarida asos tayyorlanishi: o‘rmonlar qirqilib, to‘nkalari va
xarsangtoshlar
olinishi, tabiiy asos tekislanishi va zichlashtirilishi kerak.
Keyinchalik ko‘tarmani qurishdan avval bu asos qor va muzdan yaxshilab
tozalanadi. Agar muzlash chuqurligi 1,5 m dan katta tumanlarda ko‘p
ko‘pchiydigan gruntlardan ko‘tarma qurilsa, ostki qatlamlar (1,2-1,5 m) qish
boshlanguncha quriladi.
Gruntli karyer va o‘ymalarni tayyorlash, havo harorati turg‘un manfiy
bo‘lguncha amalga oshirilishi lozim. Bunday ishlarga daraxtlarni qo‘porish va
butalarni qirqish, o‘tish yo‘llarini qurish, grunt muzlamasligi uchun o‘yma yoki
karyer yuzasiga issiqlik o‘tkazmaydigan
qatlam qurish yoki kimyoviy
reagentdan foydalanish va boshqalar kiradi.
137
Issiqlik o‘tkazmaydigan qatlamni qurishni texnologik va eng samarali turi
ko‘pik holatidagi issiqlik o‘tkazmaydigan material-penopoliuretan quyishdir.
Yuzalarni muzlashdan saqlash uchun chopib chiqish va omochlash, shuningdek
qipiq, somon, torf, shlak bilan berkitish ishlarini olib borish mumkin. Odatda, bu
materiallar, muzlashdan yaxshi saqlaydi va elektr yoki bug‘ bilan isitish yoki
muzlagan gruntni portlatish yoki har xil bo‘shatgich bilan bo‘shatishga
qaraganda ancha arzonga tushadi.
Issiqlikdan saqlanadigan qatlam qalinligini hisoblash ishlari “Qish
vaqtlarida ishni olib borish bo‘yicha qo‘llanma”ga asosan olib boriladi.
Dostları ilə paylaş: