A. F. Shaxidov, A. D. Qayumov, R. M. Xudayqulov


 Qumli cho‘llarda yo‘l poyini qurish



Yüklə 7,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/87
tarix27.09.2023
ölçüsü7,6 Mb.
#149906
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   87
avtomobil yollarini yol poyini qurish

9.3 Qumli cho‘llarda yo‘l poyini qurish 
 
O‘t o‘sgan qumlarda yo‘lni qurish va undan foydalanish ancha yengil,
chunki bu yerda qurilish ishlari to‘g‘ri olib borilsa, relyefning harakatchan 
shakli va ko‘chkisi bo‘lmaydi. Bu sharoitlarda iloji boricha o‘simlik qoplamasini 
buzmasdan yo‘l poyini qurish kerak. Gruntni yon rezervlardan emas ko‘tarma 
uchun o‘ymadan yoki grunt karyeridan olish maqsadga muvofiq.
Yer ishlarini olib borish uchun eng yaxshi vaqt – qum nam va mashinalar 
o‘ta oladigan bo‘lgan qish va bahor oylaridir. Bu davrda buldozer va 
skreperning ish unumdorligi yuqori bo‘ladi. Yo‘lni qum bosishdan 
muvaffaqiyatli himoyalashni ta'minlovchi tadbirlar ko‘mpleksi ratsional trassani 
va qulay qurish vaqtini tanlashdan tashqari, yo‘l poyi konstruksiyasini to‘g‘ri 
belgilash va yer ishlarini olib borishda alohida qoyidaga amal qilishdan iborat.
Yo‘lning ko‘ndalang kesimi yo‘l orqali qum ulanib qolmasdan o‘tishini 
ta'minlashi, ya'ni ko‘tarma va o‘ymaning yon qiyaligi 1:2 dan kam bo‘lgan 
oquvchan shaklga bo‘lishi kerak. Yon qiyaliklar va yo‘l yoqasi yo‘l poyi qumini
shamolda uchib ketishidan himoya qilinishi kerak. 
Qumli ko‘chishlar xosil bo‘ladigan joylarda yo‘l polosasi yo‘lni bitta yoki 
ikkita tomonidan 15-40 m kenglikda buldozer bilan tekislanadi. Mintaqaning 
katta kengligi (25-40 m) yirik shakldagi relyef (barxanlar va barxan zanjirlari) 
xosil bo‘ladigan joylarda belgilanadi, mayda shakldagi relyef xosil bo‘ladigan 


140 
joylarda mintaqa eni 15-20 m gacha kamaytiriladi. Qumdan tozalangan bu 
mintaqa foydalanish davrida qum bosishdan tozalanib turiladi. Tozalangan 
polosadan tashqarida qum relyefiga, uning harakatchanlik darajasi va o‘simlik 
o‘sish sharoitiga (fitomelioratsiya) bog‘liq bo‘lgan, kengligi 25-150 m va undan 
katta bo‘lgan щit, bitum plyonkasi yoki o‘simlik bilan mustahkamlangan 
yo‘lakcha quriladi.
Yon qiyalik, shuningdek, yo‘l qoplamasi asosida qumli ko‘tarma yuzasida 
kengligi 1-2 m, qalinligi 10-25 sm bo‘lgan bog‘langan gruntli (yengil qumloq 
tuproq yoki suyuq bitum bilan ishlangan qum) qatlam yo‘l yoqasida, 
yonbag‘irda, bermada himoya qatlami sifatida yotqiziladi. Qoplamani 
zichlashtirishda bog‘langan gruntli iborat qatlam bo‘lgani uchun material ostida 
yotgan qum bilan aralashib ketmaydi, yo‘l yoqasida va qiyalikda qumni shamol 
uchirmaydi.
Harakatchan qumli sharoitda yo‘lning shamoldan ko‘chmaydigan 
kesimini qurishda, yo‘l cheti polosasida, o‘qdan 40-50 m atrofida, har ikki 
tomonida rezerv va kavalerlar tekislanadi, material qoldiqlari tozalanadi, 
chunkiy har qanday notekislik natijasida qum to‘plana boshlashi mumkin.
Yon rezervdan ko‘tarmaga qumni surish va tekislashda kengaytirilgan 
ag’dargichli buldozer, shuningdek, ekskavator-draglayn buldozer bilan birga 
qo‘llanadi. Taqirlarda, ko‘p hollarda, qumni 100 m ga surish uchun buldozer va 
skreperlar qo‘llanadi. Gruntni 100 m dan ortiq surish skreper, avtomobil-
samosval va boshqa transport vositasi bilan amalga oshiriladi. Qum ko‘tarmadan 
uchib ketmasligi uchun relyefning harakatlanuvchi shakli uchraydigan joylarda 
yo‘l poyi bir smenada ko‘tarma qurishdan tashqari asosda va ko‘tarma yon 
qiyaligidagi qum yuzasida himoya qatlam quriladi. Tugallangan yo‘l bo‘lagida 
shchitdan mexanik himoya o‘rnatish uchun uncha katta bo‘lmagan bo‘laklarda 
ish olib boriladi. Yo‘lni qum bosishdan saqlashning eng yaxshi tadbiri namlikni 
ko‘p talab qilmaydigan o‘simlik yo‘lakchasini yaratish, shuningdek, yon qiyalik 


141 
va yo‘l yoqasini bitum va boshqa bog‘lovchi materiallar (polimer smolasi) bilan 
ishlashdir.
Sochiluvchan qumlarda yo‘l poyini qurish bo‘yicha yo‘l-qurilish otryadi 
tarkibida asosni tekislash va tozalash, yo‘l cheti polosasida qumni surish uchun 
buldozerdan tashqari ko‘tarmada va yo‘l chetida qumni tekislash uchun og‘ir 
aravachali greyder, suv sepuvchi mashina, qatlam qalinligi 30 sm bo‘lgan 
ko‘tarmani zichlash uchun katok, himoya qatlamiga bog‘langan gruntni keltirish 
uchun skreper yoki aravachali traktor, shuningdek, gruntni tekislash uchun 
avtogreyder (himoya qatlami ustida harakatlanuvchi) kerak bo‘ladi. Barxan 
qumlarini zichlashtirish tebratuvchi katoklar yordamida olib boriladi. 
Zichlashtirishda ish tartibi dastlabki zichlashtirish bilan aniqlanadi.
Cho‘llarda qurish uchun sun'iy havzalarda to’plangan yomg‘ir suvlari 
ishlatilishi mumkin. Changli qumlarni suv sepib zichlashtiriladi. Ko‘tarmani 
zichlashtirilgan so‘ng darhol suv sepib zichlashtiriladigan bog‘langan grunt 
bilan qoplanadi. 

Yüklə 7,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin