149
V
-kengaytirish;
A
-eski yo‘l polotnosi kengligi;
B
-eski qatnov qismi kengligi;
a
-yo‘l
poyini kengaytirish;
b
-qoplamani kengaytirish;
Kengaytirilgan yo‘l poyi yaxshilab zichlashtirilgan bo‘lishi kerak. Yo‘l
to‘shamasi quriladigan bo‘lsa, uning kengaytiriladigan qismini yo‘l poyining
eski qismiga joylashtirish lozim.
Kengaytirishning hamma variantlari ishlab chiqarish usullarini hisobga
olib loyihalashda ko‘rilishi kerak va faqat eng maqsadga muvofiq variant
loyihalanadi.
Eski ko‘tarmani yangisi bilan birlashtirish uchun
ularni zinasimon holda
ulanadi. Zinalarning balandlik bo‘yicha o‘lchamlari ko‘tarma qurilishida qabul
qilingan balandlikka teng belgilanadi. Oxirgisi grunt va zichlashtiruvchi
mashina turiga qarab shakllantiriladi. Avval qiyalikning mustahkamlangan qismi
olinadi va bir chekkaga surib chiqarib qo‘yiladi. Agar mustahkamlanadigan
qismda o‘simlik qatlami bo‘lsa, avtogreyder bilan qirqiladi va
chetga buldozer
bilan suriladi. Baland ko‘tarmalarda, o‘simlik qavati ekskavator-draglayn yoki
teskari kurak bilan qirqilib avtomobillarga, qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan joyga
olib borish yoki yangi ko‘tarmaning yon qiyaligiga qayta ishlatish maqsadida bir
yerga jamlash uchun ortiladi. Keyin grunt karyerdan
avtomobil-samosvallar
bilan olib kelinadi, avtogreyder bilan tekislanadi va katok bilan zichlanadi.
Zichlashtirilgan birinchi qatlam ustiga, eski ko‘tarmaning yon qiyaligida zina
qirqilib, ikkinchisi yotqiziladi. Ko‘tarmaning to‘kilgan
qismini yaxshilab
mustahkamlash uchun tishlari bor cho’michli ekskavator bilan eski
ko‘tarmaning yon qiyaligi yumshatiladi, grunt to‘kilgandan so‘ng yon qiyalik va
yuqori qismi yuzasi zichlashtiriladi. Yon qiyaliklarda gruntni zichlashtirish
uchun ekskavatorga ruxsat berilgan massali tutash katok bilan jihozlangan
draglaynni ishlatish mumkin. Yuqori qism shibbalovchi
plita yoki maydonli
tebratgich bilan zichlashtirilishi kerak.
Yangi avtomobil yo‘lini qurgandek, yer ishlarini olib borishda suv
qochirish ishlarini olib borish kerak. Yo‘lda harakatni saqlaganda va ikkala
150
tomonga kengaytirilganda avval yo‘l poyi bir tomonga to‘liq
kengaytiriladi,
undan keyin boshqasini kengaytirishga kirishiladi. Agar kerakli darajada
ishlayotgan mashina turlari, kengaytirilayotgan ko‘tarmani bir yoki ikki
tomonidagi har xil qatlamlarda bo‘lsa, ishni ketma-ket
harakatlanuvchi zveno
bilan bajarish mumkin.
Odatda, harakatni boshqa yo‘lda yoki aylanma yo‘lda o‘tkazishga harakat
qlinadi. Harakat qulay bo‘lishi uchun aylanib o‘tish yo‘li yil davomida 30
km/soat dan kam bo‘lmagan harakatni ta'minlovchi (agar kerak bo‘lsa) qattiq
qoplamaga ega bo‘lishi kerak. Loyihalashda ish qimmatlashgani sababli harakat
uchun eski yo‘lni saqlash va yangisini yaxshilangan trassaga yaqin o‘tkazish
lozim.
Dostları ilə paylaş: