A. F. Shaxidov, A. D. Qayumov, R. M. Xudayqulov



Yüklə 7,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/87
tarix27.09.2023
ölçüsü7,6 Mb.
#149906
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   87
avtomobil yollarini yol poyini qurish

 
 
 
 
 
 
 
4.1-rasm. Miqdoriy grunt chizmasi uch faza sifatida 
 
Berilgan gruntning qattiq faza elementlarining bir-biriga yaqinlashish 
darajasi to‘g‘risida muhokama skelet, ya'ni quruq grunt δ
K
zichligi bo‘yicha 
qilinadi. Gruntlarni zichlashtirish jarayonida skelet zichligining oshishi 
gazsimon va suyuq fazani siqib chiqarib yuborish hisobiga bo‘ladi. Ammo 
suyuq fazani siqib chiqarish, odatda, uzoq vaqt davom etadi. Ayniqsa, gilli 
gruntlarda bu yaxshi kuzatiladi. Shu bilan birga, sun'iy zichlashtirish ta'siri qisqa 
vaqt bo‘ladigan mashinalar yordamida amalga oshiriladi. Shuning uchun ko‘p 
hollarda berilgan namlikda W zichlashtirish gazsimon fazani siqib chiqarish 
hisobiga bo‘ladi. Bunda namlik o‘zgarib ulgirmaydi. Shunday qilib, gruntlarni 
zichlashtirishning nazariy chegarasi gazsimon fazaning nol miqdoriga mos 
keluvchi skelet zichligida mavjud. Uni quyidagi ifodadan hisoblab chiqish 
mumkin 
Ф
К
СУВ
СУВ
Ч
С
W
.
100






(4.1) 


57 
bu yerda: 

SUV
-suvning zichligi, g/sm
3

δ
K.F
-materialning qattiq fazasi zichligi 
(o‘rtacha qiymatlar uchun -2,70 qumloq tuproq uchun-2,68 va qum uchun-2,65 
g/sm
3
). 
Amalda gruntda har doim qandaydir miqdorda gazsimon faza qoladi. 
Berilgan sharoitdagi zichlashtiruvchi yukni (yuk qiymati, uning ta'siri 
davomiyligi, qo’yilish soni, qo‘yilish tartibi) ta'sirida gazsimon fazaning qoldiq 
hajmi grunt tarkibiga va uni zichlashtirish vaqtidagi namligiga bog‘lig‘ bo‘ladi. 
Natijada zichlashtirishda grunt skeletining zichligi uning namligiga va yukning 
ta'sir sharoiti funksiyasiga bog‘liq bo‘ladi. 
Talab qilingan zichlik to‘g‘risidagi masala muhim hisoblanadi. Talab 
qilingan deb, odatda, shunday zichlik tushuniladiki, bunda yo‘ldan foydalanish 
jarayonida yukdan va ob-havo-iqlim omillaridan xosil bo‘ladigan kuchlanish 
ta'siriga gruntning qarshiligi va turg‘unligi ta'minlanadi. Odatda, kuchlanish va 
ob-havo-iqlim omillarining yo‘l poyining har xil elementlariga ta'sir darajasi har 
xil bo‘ladi: ishchi qatlam harakatlanuvchi yuk va ob-havo-iqlim omillarining 
siklli ta'siriga uchraydi; ko‘tarmaning ostki qatlami va asosi, asosan, yuqorida 
yotuvchi qatlamning xususiy og‘irligidan tushuvchi statik kuchlanish ta'sirida 
bo‘ladi; yonbag‘riga xususiy og‘irligidan tushuvchi kuchlanish va ob-havo-iqlim 
omillari siklli ta'sir qiladi.
Amalda talab qilingan zichlikni belgilash uchun empirik usuldan 
foydalaniladi: 
МАХ
С
ТК
ТК
С
К



(4.2) 
bu yerda: 
ТК
С

- grunt skeletining talab qilingan zichligi, g/sm
3

МАХ
С

- standart 
usul bilan gruntlarda tadqiqot o‘tkazib aniqlanadigan maksimal zichlik, g/sm
3
;
ТК
К
- talab qilingan zichlashtirish koeffitsienti, uzoq muddat ishlagan va 
zichlikning o‘zgarish jarayoni stabillashgan yo‘l poyini amalda tadqiq qilib 
aniqlanadi. 


58 
Maksimal zichlikni aniqlash uchun gruntlarni tadqiq etishni har xil 
standart variantlari amalda qo‘llanadi. Uni, asosan O‘zRST 786-97 (Gruntlar. 
Maksimal zichligini laboratoriyada aniqlash) bo’yicha aniqlanadi. Bu usulning 
asosini XX asrning 30-yillarida prof. N.N. Ivanov va tex. fan. nom. 
M.Ya.Telegin ishlab chiqqan (4.2-rasm).
Gruntlarning qulay namligi va maksimal og‘irligi DORNII (4.2-rasm) 
asbobida [2] aniqlanadi. Asbobning metall silindriga grunt 3 qavat qilib solinib,
0,3 m balandlikdan tushuvchi og‘irligi 2.5 kg bo‘lgan yuk bilan zichlanadi. 
Yuklarning balandlikdan tushish soni qum va qumloq tuproqlar uchun 75, 
qumoq tuproq va gillar uchun 120 belgilanadi. Har bir grunt bir necha marta har 
xil namlikda yuk bilan zichlanib, gruntning zichlangandan keyingi hajmiy 
og‘irligi hamda namligi aniqlanadi. Natijada gruntlarning skeleti hajmiy 
og‘irligi va namligi o‘zaro bogliqlik grafigiga chiziladi (4.3-rasm). Gruntning 
maksimal hajmiy og‘irligi sifatida uning skeleti hajmiy og‘irligining eng katta 
qiymati olinadi, unga to‘g‘ri keluvchi namlik qulay namlik deb qabul qilinadi.
Keltirilgan chizmada qulay namlik 16,5 %, maksimal hajmiy og‘irlik 1850 
kg/m
3
ga teng.

Yüklə 7,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin