A. F. Shaxidov, A. D. Qayumov, R. M. Xudayqulov



Yüklə 7,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/87
tarix27.09.2023
ölçüsü7,6 Mb.
#149906
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   87
avtomobil yollarini yol poyini qurish

 
 
 
 
 
 
 
 
5.2- rasm. Qatnov qismidagi suvni to’lovchi va suv havzasiga olib ketuvchi
lotoklar:
a-yirik toshlardan qurilgan; b-beton plitadan qurilgan; 1-yirik tosh donalari; 2-
qum-shag’al aralashmasi; 3-beton plitalar. 
 
Bo‘ylama kesimda botiq egrilarda va I-III darajali yo‘l bo‘laklarida yo‘l 
cheti va yo‘l poyining yon qiyaligini tez oquvchi suvdan saqlash uchun lotoklar 
quriladi. Bu lotoklar suvni to’plab yo‘l cheti ostidagi suv qabul qiluvchi 
quduqlar va chiqaruvchi quvurlarga yoki ko‘tarma asosigacha bo‘lgan yon 
qiyaliklardagi lotoklarga oqizadi.
Yig‘ma elementlardan iborat konstruksiyalarni montaj qilish avtomobil 
yoki traktordagi kranlar yordamida amalga oshiriladi. Montaj ishlarini qo‘lda 
bajarganda teleskopli beton lotoklarini (5.3-rasm) qo‘llashdirgan maqul 
Ularning afzalligi, ayrim zvenolarini bir-biriga kiritish mumkin va choklarni 


77 
berktimasa ham bo‘ladi. Bunday teleskopli lotoklar yuvilishga va surilishga 
qarshi turg‘undir.
Ko‘tarma asosida lotok surilib ketishining oldini olish uchun beton 
qoziqlar qilinadi. Qiyaligi katta bo‘lgan yo‘l bo‘lagida yon ariqlarda ularning 
ko‘ndalang qiyaligiga mos keluvchi tez oqizadigan yig‘ma beton lotoklar 
qilinadi. Ular kranlar yordamida mayda chaqiqtosh yoki shag’al ustiga 
o‘rnatiladi.
 
5.3-rasm. Yon qiyalikdan yuza suvlarini olib ketuvchi teleskopli lotoklar: 
a-beton lotok chizmasi; b-umumiy ko‘rinishi
Tog‘ yonbag‘ri ariqlari avtogreyder yoki buldozer bilan kavlanadi va 
grunt o‘yma tomonga to‘plam-banket ko‘rinishida yig’ib suriladi. Tik qoyali 
chaqiqtoshli va qoya- toshli tog‘bag‘irlarida yon ariqlarning o‘qi gruntlari 
portlatib yumshatiladi. So‘ngra ariq va banket xosil qilish uchun suriladi.
Ariqlarni mustahkamlash ko‘p mexnat va mablag’ talab qiluvchi va ishlar 
yo’l qo’ymaslik maqsadida suyuq karbamid va furfurol smolalar ishlatiladi. Bu 
smolalar, oquvchanligi kam bo‘lgani uchun, bir tekisda 3-4 sm chuqurlikda 
gruntga kirib boradi. Ariqning tubi va yoni smolani shimishi natijasida katta 
bo‘ylama qiyalik bo‘lsa ham yuvilmaydi.


78 
Ish texnologiyasi avtogreyder bilan tubi va yon qiyaligini yaxshilab 
tekislash, avtogudranator shlangasidan mustahkamlovchi materialni zaharliligini 
hisobga olgan holda choralarini ko‘rib, ariq yuzasiga purkashdan iborat. 
Yuzadan suv qochiruvchi sistema kuchli yomg‘ir yog‘ishida sifat 
nazoratidan o’tkaziladi. Suv turib qoladigan yoki yuviladigan joylar belgilanadi 
va tuzatiladi. 

Yüklə 7,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin