81
Yo‘l poyi tagida grunt suvlari sathi bo‘lganda va uning tarkibidagi
gruntlar kapillyar suvlar bilan namlansa, yo‘l poyi joylashgan joyda grunt
suvlari sathini pasaytirish uchun chuqur drenaj quriladi.
Drenaj chizig‘i yo‘l hududidan tashqarida suv qochiruvchi yon ariq tagida
joylashtiriladi. Chuqur drenajni o‘tkazish kerakligi har taraflama qidirish ishlari,
tadqiqotlar va texnik-iqtisodi hisoblar bilan asoslanadi.
Chuqur drenajlarni o‘tkazishdan asosiy maqsad - yo‘l poyi tagidagi grunt
suvlari sathini shunday chuqurlikkacha tushirish kerakki, pasaytirilgan grunt
suvlari sathidan kapillyar suvlar yo‘l to‘shamasiga yetib chiqmasin (5.6-rasm).
Dostları ilə paylaş: