5.3 Grunt suvlarini pasaytiruvchi va to‘xtatuvchi
drenajlarni qurish
O‘ymalardan o‘tuvchi yo‘lning ayrim bo‘laklarida, ular tubining
chuqurligi grunt suvlaridan past bo‘lganda, suvli qatlam kesib o‘tiladi. Agar
kerakli choratadbirlar qo‘llanmasa, suvli qatlamdagi suv yon qiyalikdan
o‘ymaga oqadi, natijada yon qiyalikni surilib yo‘l poyi va yo‘l to‘shamasi o‘ta
namlanadi. Bu suvlar to‘suvchi drenajlar bilan tutib qolinib, to’planadi. Bunday
drenajni o‘ymani qurishdan oldin qurish maqsadga muvofiq.
Suvli qatlam yotuvchi sathga bog‘liq ravishda o‘ymaning yon qiyaligida
drenajlar shunday joylashtirilganda, yon qiyalik buzilmasligi lozim. Drenajning
tuzilmasi geotekstilga o‘ralgan, grunt chaqiqtoshga yoki shag’al yostiqchaga
kran yordamida yotqiziladigan drenaj quvuridan iborat (5.4-rasm).
79
5.4-rasm. O‘ymaning yon qiyaligidagi suvni tutib qoluvchi drenaj:
1
-gilli ekran;
2
-joylardagi grunt;
3
-zichlashtirilgan gilli grunt;
4
-dern;
5
-yirik- yoki
o‘rta donali qum;
6
-suvli qatlam;
7
-suv o‘tkazmaydigan grunt;
8
-o‘lchami 5-10 mm li
chaqiqtosh yoki shag’al;
9
- o‘lchami 40-70 mm li chaqiqtosh yoki shag’al;
10
-gruntga
shibbalangan chaqiqtosh (drenajga yostiqcha);
11
-diametri 15-20 sm li drenaj quviri
O‘ymaning yon qiyalik tomonida suvli qatlam qalinligida drenaj
transheyasiga gilli gruntni qatlamlab yotqizib, suv o‘tkazmaydigan gilli devor
ko‘rinishida ekran xosil qilinadi, qolgan qismi qum bilan to‘ldiriladi. Drenajning
bu qismi yuzasiga plastiklik soni 27 dan katta bo‘lgan yuvilgan gildan suv
o‘tkazmaydigan qatlam yotqiziladi va usti joylardagi grunt bilan yopiladi.
Drenaj uchun sopol, asbotsement, plastmassa, qumsiz g‘ovakli beton
quvurlar qo‘llanadi. Quvurning ichki diametri 50-300 mm, uzunligi ularni turi
va massasiga bog‘liq bo‘ladi.
Quvurga suv kelishi uchun suv qabul qiluvchi teshiklar, kesiklar qilinadi
yoki quvur zvenolarining oralig‘idagi tutashishlar bilan chegaralanadi.
Transheyaga yotqizilgan quvurlarning tutashgan joylari filtrli mato (geotekstil)
bilan o‘raladi yoki halqali polimer mufta bilan birlashtiriladi. Avvaldan
geotekstil bilan o‘ralgan va ariqqa barabanga o‘ralgan plastmassali
perforirlangan quvurlarni yotqizish eng maqul usuldir, ular ariqqa barabanni
aylantirib yotqiziladi.
Drenaj bo‘ylama chizig‘ining hamma siniq joylarida rejada va to‘g‘ri yo‘l
bo‘lagida 60-80 m oralatib ko‘rish quduqlari o‘rnatiladi. Ular tiqinlarni va
quvurda suv me’yorida oqishiga xalaqit beradigan joyni aniqlashga yordam
beradi. Quvurlar diametri taxminan 1 m bo‘lgan yig‘ma temir beton halqalardan
(5.5-rasm) yasaladi. Quduqning tepasida cho‘yan qopqoq bilan yopiladigan
og‘zi bo‘ladi.
|