93
uzunligi L va gruntni ag’dargicholdiga to‘liq to’planish vaqti eng kam bo‘ladi
(6.4,
g-
rasm). Tasmali qirqish, ishlab chiqarish sharoitidan kelib chiqib, nisbatan
chuqur bo‘lmasa, (masalan, 10-15 sm qalinlikdagi o‘simlik qatlamini olishda)
qo‘llanadi.
Qoziq usulida kavlaganda unumdorlik eng ko‘p bo‘ladi. Ammo ayrim
hollarda bu usulni qo‘llash imkoni yo’q. Qattiq va quruq gruntlarda, asosan,
buldozerni boshqarish sistemasi arqonli-blokli bo‘lganda, ag’dargich gruntning
kerakli chuqurligigacha bota olmaydi. Bunday hollarda “taroqsimonli” usulda
kavlanadi.
Joy sharoitidan kelib chiqib gruntni pastga qiyalik bo’yicha kavlash kerak
bo‘lsa, bu, mashinaning ish unumdorligini sezilarli oshiradi. Pastga qiyalik
bo’yicha kavlashda mashinaning tortish kuchi ortib, gruntni surishga qarshiligi
kamayadi va ag’dargich bilan suriladigan gruntning hajmi ortadi. Tepaga qiyalik
bo’yicha kavlashda teskari hodisa kuzatiladi – mashinaning og‘irligi va
surilayotgan gruntning qarshilik kuchi traktorni tortish kuchini sezilarli
kamaytiradi, shunga ko’ra ag’dargich bilan suriladigan grunt hajmi birdan
kamayadi. Mashina pastga qiyalik bo’yicha ishlaganda gorizontal yo‘l bo‘lagida
ishlashga nisbatan ish unumdorligining oshishi quyidagi ma'lumotlar bilan
tavsiflanadi: gorizontal yo‘l bo‘lagida 100%; pastga qiyalik 10‰ bo‘lgan joyda
150-200%; pastga qiyalik 20‰ bo‘lgan joyda 250% gacha; tepaga qiyalik 10‰
bo‘lgan joyda 60-70% ga teng bo‘ladi.
Pastga qiyalik bilan ishlashda tortish kuchining oshishi gruntni ko‘proq
tasmali yoki qoziqli shaklda kavlashga imkon beradi. Ag’dargich oldidagi grunt
hajmi 50% dan ko‘p oshadi. Buldozer qiyaligi 30‰ gacha bo‘lgan yo‘l
bo‘lagida, gruntni qirqishda yuqoridan pastga harakatlanib va orqaga
harakatlanganda tepalikka ko‘tarilib, ishlashi mumkin. Gruntni qirqish va
to’plash jarayoniga 12-18 s vaqt ketadi.
Yotqiziladigan joyga
Dostları ilə paylaş: