A. F. Shaxidov, A. D. Qayumov, R. M. Xudayqulov


 Shibbalab zichlashtirish va zizchlashtirish usullari



Yüklə 7,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/87
tarix27.09.2023
ölçüsü7,6 Mb.
#149906
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   87
avtomobil yollarini yol poyini qurish

4.3 Shibbalab zichlashtirish va zizchlashtirish usullari 
Bu zichlashtirish usuli hamma turdagi gruntlar uchun qo‘llanadi. 
Shibbalash shibbalovchi plitalar, shibbalash mashinalari va shibbalashtirgich 
bilan bajariladi (4.6-rasm). Bu usul, asosan, grunlarni katta qalinlikda (1-2 m), 
tor joylarda, kam uzunlikdagi yo‘l bo‘laklarida zichlashtirishda qo‘llanadi.
Gruntlarni kam namlikda va standart usul bo‘yicha muqobil zichlikdan 
katta zichlikkacha zichlashtirish kerak bo‘lganda katta qalinlikdagi qatlamni 
zichlashtirish uchun ekskavator-kranga osilgan shibbalovchi plitalardan 
foydalaniladi. Plitaning massasi 2-3 dan 12-15 t gacha bo‘ladi. Plitaning 
ko‘tarilish va tishish balandligi avval 2, keyin 5-6 m, zichlashtirilayotgan grunt 
qatlamining qalinligi plita kengligiga teng bo‘lishi kerak. Yuqori qatlamni 
zichlashtirish katok yoki plitani 0,5 m dan tushirib amalga oshiriladi. 
Og‘ir shibbalovchi plitaning ish chizmasi 4.6-rasmda ko’rsatilgan.


69 
4.6 - rasm. Ekskavator-kranni qulochsiga osilgan og‘ir shibbalovchi
plitaning (2 t) ish chizmasi: 
a
-yon tomondan ko‘rinishi; 
b
-reja; 
1
-shibbalagich; 
2
-grunt qatlami; 
3
-ekskavatorning 
surilish qadami; 
4
-ekskavatorning harakat yo‘nalishi; 
5
-zichlashtirilgan mintaqa 
Gruntlarni zichlashtirishning alohida usullari
.
 
Ko‘prik qoziqlari, yo‘l 
quvurlari oldidagi ko‘tarmalarni qurishda, yon qiyaliklarda va transheyalarni 
ko‘mishda gruntlarni zichlashtirish birmuncha boshqacha usulda olib boriladi. 
Bunday sharoitlarda zichlashtiruvchi mashinalarni ishlashida ish frontining 
torligi, ko‘prik qoziqlari va quvurlarning buzilish ehtimolligi borligi qiyinchilik 
tug‘diradi.
Quvur va ko‘prik qozig‘i oldida gruntlarni zichlashtirishning alohida 
xususiyatlari quyidagilardir:
qatlamlab yotqizishda va gruntlarni katoklar bilan zichlashtirishda 
mashinalarning harakati yo‘l o‘qiga nisbatan ko‘ndalang yo‘nalishda ya'ni qoziq 
yoki quvur bo‘ylab amalga oshiriladi. Katokning massasi 12 t dan katta 
bo‘lmasligi kerak. Katokning zichlashtiruvchi organi chetidan quvur 
yuzasigacha bo‘lgan masofa zichlashtirilayotgan qatlam qalinligidan kichik 
bo‘lmasligi kerak; 
quvurlarni ko‘mish va qatlamlab zichlashtirish bir vaqtda ikki tomondan 
(bir tekislikning bo‘lmasligi bitta qatlamgacha ruhsat beriladi) amalga oshiriladi; 
quvurlarni ko‘mish, umuman, ko‘tarmani qurishdan oldin qo‘shni 
bo‘lakda bitta qatlamga oldinlab bajariladi; 
agar quvurlar soni ko‘p bo‘lsa, ular orasidagi bo‘lakni zichlashtirish qiyin 
kechadi. Bunday hollarda quvurni yotqizguncha yo‘l poyini qurish mumkin, uni 
zichlashtirib bo‘lgandan so‘ng quvur joylashgan joy ekskavator bilan 
ko‘ndalang yo‘nalishda kavlanadi va quvur yotqiziladi; 
gruntlar og‘ir shibbalovchi plitalar bilan zichlashtirilganda plitaning 
chetidan qoziqning yuzigacha bo‘lgan masofa 2 m dan, quvurning yon 
devorigacha 3 m dan kam bo‘lmasligi kerak. Qatlamlab yotqizishda quvur 


70 
ustidagi himoya qatlam grunti yengilroq katoklar (asosan, massasi 12 t gacha 
bo‘lgan) bilan zichlashtiriladi; 
yon qiyaliklarda gruntlarni zichlashtirish katoklar yoki ekskavator-kranli, 
teleskop qulochli ekskavatorli, kran yoki gusenitsali tortgichli moslamasi 
bo‘lgan shibbalash bilan bajariladi. Ko‘pincha xollarda diametri 1-1,5 m va 
massasi 2-3 t bo‘lgan shibbalovchi plita ishlatiladi; 
plita bilan qurollangan ekskavator kran ko‘tarma qoshi bo‘ylab shunday 
masofada harakatlanishi kerakki, unda tortuvchi arqon yon qiyalik yuzasiga 
parallel bo‘lsa, shibbalashtirgichning urilishi ko‘tarma yon qiyaligiga 
perpendikulyar bo‘ladi. Yon qiyalikni bir tekis zichlashtirish uchun 
shibbalashtirgichning tushish balandligi bir xil bo’lishi kerak. Zichlashtirishni 
yon qiyalik ostidan boshlab, yuqoriga qarab olib boriladi. Zichlashtirishda bir 
izning ustini ikkinchi iz 0,1-0,2 m yopishi kerak. Ko‘tarmaning balandligi 5 m 
dan katta bo‘lganda, yon qiyalikni qismlarga bo‘lib - avval ko‘tarmaning ostki 5 
m qismi, keyin keyingi qismi zichlashtiriladi; 
ko‘tarmaning yon qiyaligi kam bo‘lganda (1:3 va undan kam), 
bog‘lanmagan yoki kam bog‘langan gruntlarda, traktor chig’iriga arqon bilan 
mahkamlangan titratuvchi katoklardan foydalanish mumkin. Yotiq qiyaliklarda 
(1:3 dan yotiq) pastdan yuqoriga harakatlanuvchi titratib uruvchi traktor, grunt 
zichlashtiruvchi mashina bazasidagi plitalardan foydalanish mumkin; 
transheyalarda gruntlarni zichlashtirish ikki bosqichda olib boriladi: avval 
ostki qismi (quvuro‘tkazgich tirsakning oldi), keyin transheyaning ikkinchi 
qismi berkitiladi va zichlashtiriladi; 
tirsakni berkitish va quvur o‘tkazgich tagidagi himoya qatlamni 
zichlashtirish qo‘lda yoki osilgan elektr, motorli- yoki pnevmatik shibbalagich 
bilan olib boriladi; 
keyinchalik grunt to‘kib yotqiziladi va shibbalovchi yoki titratuvchi ishchi 
organ bilan qatlamlab zichlashtiriladi; 


71 
botqoqlikda yo‘l poyini qurishda va gidromexanizatsiya usulini 
qo‘llashda, qumli gruntli ko‘tarmani qurishda gidrotitratib zichlashtirish usuli 
qo‘llanadi. Zichlashtirish titratgich bilan amalga oshiriladi, bunda 1 m
3
qumga 
markaziy teshik orqali suv 40-50 l miqdorda 0,2-0,4 MPa bosim bilan 
yuboriladi. Titratgich ko‘tarilishda va pastga tushishda ishlaydi, suv faqat 
pastga tushishda yuboriladi. 

Yüklə 7,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin