A. F. Shaxidov, A. D. Qayumov, R. M. Xudayqulov


Katoklar bilan zichlashtirish



Yüklə 7,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/87
tarix27.09.2023
ölçüsü7,6 Mb.
#149906
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   87
avtomobil yollarini yol poyini qurish

4.2 Katoklar bilan zichlashtirish 
Grunt yuzasi pnevmog‘ildirakli katoklar (4.4,a-rasm) yordamida 
zichlanadi. 
a) 
b) 
v) 
4.4-rasm. Yo‘l poyini zichlashda zamonaviy 
katok
larning umumiy ko‘rinishi: 
a- pnevmog‘ildirakli 
katok
; b-qovurg‘ali 
katok
; v-tekis yuzali tebratuvchi 
katok.
 
Yuk ortishi bilan deformatsiya ko‘plab hududni qamrab oladi, ammo 
taxminan yuk berilayotgan maydon diametriga teng bo‘lgan chuqurlikkacha 
yetganda zichlashishning ortishi to‘xtaydi. Bu hududda gruntning zichligi bir 
xil bo‘ladi va zichlashtirilgan gruntda yadro xosil bo‘ladi. Keyinchalik kontakt 


62 
bosimning o‘sishida bu yadro suriladi, unga yaqin joyda surilish xosil bo‘ladi, 
ya'ni gruntning buzilishi boshlanadi, bu gruntning chegaraviy mustahkamligini 
tavsiflaydi. Shuning uchun katok massasini shunday tanlash kerakki, unda 
kontakt bosim gruntning 0,8-0,9 mustahkamlik chegarasini tashkil qilsin.
Gruntning zichligi, shuningdek, mustahkamlik chegarasi ortishi bilan 
kontakt bosimni oshirish kerak, buning natijasida juda yuqori zichlikka erishish 
mumkin.
Qiymati ma'lum kichik kontakt bosimda talab qilingan zichlikka erishib 
bo‘lmaydi. Shuning uchun zichlashtirishni avval yengil, keyin og‘ir katoklar 
bilan olib borish taklif qilinadi. Shu shartga asosan, pnevmokatok bilan 
zichlashtirganda zichlashtirishning boshlang‘ich bosqichida shinadagi bosim
0,2-0,3 MPa bo‘lishi kerak. Oxirgi bosqichda bosim 0,6-0,8 MPa (qumlarni 
zichlashtirishdan tashqari) bo‘lishi kerak, qumli gruntlar uchun bosim hamma 
bosqichlarda 0,2-0,3 MPa bo‘lishi lozim. Zichlashtirilayotgan grunt qatlamining 
qalinligi kuchlanishning tarqalish qonuniyatiga asosan belgilanadi. Yuk 
ta’sirining chegaraviy chuqurligi amalda (3÷3,5) D atrofida bo‘ladi. 
Kuchlanish yo‘l poyining yuqorisida eng katta qiymatga ega, chuqurlik 
oshishi bilan tez kamayadi. Gruntning zichlashtiriladigan muqobil qatlami yuk 
ta'siri tarqaladigan chuqurlikdan kichik bo‘lishi kerak, aks holda kuchlanishning 
qiymati kam bo‘lgani uchun zichlashtirilayotgan qatlamning ostki qismida, 
grunt zichligining kerakli miqdoriga erishilmaydi.
Gruntlarni zichlashtirish doimo qatlamlab olib boriladi. Shuning uchun 
har bir zichlashtirilmoqchi bo‘lgan qatlamning ostida avval zichlashtirilgan 
grunt, ya'ni kerakli darajada qattiq asos bo‘ladi. Agar bu asos yuk ta'sir qiluvchi 
chuqurlikdan past joylashgan bo‘lsa, unda u kuchlanishning gruntda tarqalishiga 
sezilarli ta'sir qiladi. Qattiq asos kuchlanishni chuqurlik bo‘yicha tenglashtiradi. 
Zichlashtirilgan asos yaqin joylashganda kuchlanish zichlashtiriladigan grunt 
qatlamining yuqori qismida maksimal qiymatga tenglashadi.


63 
Shunday qilib, yuk ta'siri tarqaladigan zonadan tashqari, kuch tekis 
tarqaladigan boshqa zonani ajratish mumkin. Bu zona faol deb ataladi, uning 
chuqurligi - faol zonaning chuqurligi deyiladi. 
Faol hududning chuqurligi, asosan, shtamp diametri D ga, ya'ni 
zichlashtiradigan mashinaning ishchi organining grunt yuzasidagi ko‘ndalang 
o‘lchamiga bog‘liq bo‘ladi. Shtamp o‘lchamidan tashqari, faol zonaning 
chuqurligiga kontakt bosimining qiymati va kuchlanish holatining o‘zgarish 
tezligi ta'sir qiladi.
Yaxshi sharoitda, ya'ni kontakt bosim mustahkamlik chegerasiga yaqin 
bo‘lganda yuk ta'sir qiladigan vaqtda, kuchlanish to‘lqini, bu chuqurlikka yetib 
qolmasdan, unda zichlashtirish jarayonini rivojlantirish uchun kerakli kuchlanish 
holatining yuqori darajasini xosil qilish kerak. Faol qatlam chuqurligi 2 D ga 
yaqin bo‘lganda eng yaxshi sharoit hisoblanadi. Nazariy tadqiqotlar va amaliy 
tajribalar yordamida zichlashtirilayotgan qatlam qalinligini faol zona 
chuqurligidan 1,5-2 marta kam olish kerakligi aniqlangan. 
Pnevmog‘ildirakli 
yengil 
katoklar 
(massasi 
15 
t) 
uchun 
zichlashtirilayotgan qatlam qalinligi taxminan 0,20-0,25 m; og‘ir katoklarda 
(massasi 25 t) 0,30-0,40 m qabul qilinadi. Qatlam qalinligi va o‘tishlar soni 
dastlabki zichlashtirish bilan aniqlanadi. Gruntning zichlashishi bir xil bo‘lishi
uchun katokning hamma g‘ildiraklari shinasida bosim bir xil bo‘lishi kerak. Eng 
tekis zichlikni seksionnli g’ltaklar ta'minlaydi. Zichlashtirish chetdan o‘rtaga 
qarab ketma-ketlikda olib boriladi (4.5-rasm).

Yüklə 7,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin