A. F. Shaxidov, A. D. Qayumov, R. M. Xudayqulov



Yüklə 7,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/87
tarix27.09.2023
ölçüsü7,6 Mb.
#149906
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   87
avtomobil yollarini yol poyini qurish

 
 
3.6-rasm. Tog‘ yon bag‘rida ko‘tarmani belgilash chizmasi: 
 
1
-o‘q bo‘yicha ko‘tarma balandligi belgisi; 
2
-ko‘tarma; 
3
-yer yuzasi 
 
3.7-rasm. O‘ymani bo‘lish chizmasi: 
 
a
-gorizontal yo‘l bo‘lagida; 
b
-bir xil ko‘ndalang qiyalikli tog‘ yon bag‘rida; 
1
-sathni 
belgilashda ishlatiladigan qiyalik lekalosi; 
2
-vexa; 
3
-shablon; 
4
-qoziq
 
Ko‘tarmasining balandligi 1,5 m gacha bo‘gan yo‘llarda, o‘qi bo‘yicha 
piket va ko‘tarmaning balandligini ko‘rsatuvchi qoziqlar qoqiladi, bo‘lajak 
ko‘tarmaning yuzini bildiruvchi yoniga yuqorisiga ko‘ndalang kesimli plankali 
vexa qo‘yiladi. Katta balandlikdagi ko‘tarmalarda o‘q bo‘yicha faqat qoziq 
qoqib chegaralanadi.
Tog‘ yon bag’irlarida ko‘ndalang kesimi va ko‘tarmaning asosini aniqlash 
bilan belgilash teodolit, nazoratchi shablon, sath o‘lchagich va reyka ishlatib
amalgam oshiriladi. 


54 
O‘ymani belgilash joylarda faqat yo‘l o‘qini belgilashdan iborat 
bo‘lmasdan, qiyalik chizg‘ichidan foydalanib o‘ymaning yuqori qoshini 
aniqlashni talab qiladi. Chuqurligi katta o‘ymali yo‘l bo’laklari uchun yer 
mashinalari bilan ularni kavlashda, yon ariqchalar qoshining chizig‘i bo‘yicha 
belgili qoziqlar o‘rnatiladi.
Suv olib ketuvchi ariqlar va tog‘ yonbag‘ri ariqlarini belgilash ularni o‘qi 
bo‘yicha qoziqlarni o‘rnatish, ular belgilangan nuqtada ariqning chuqurligini, 
ariqdan tashqaridagi qoziqqa – uning kengligini belgilash bilan amalga 
oshiriladi. Ishni olib borishda ariqning o‘lchami va yuzasi shablonlar bilan 
nazorat qilinadi.
Qurilish uchun yo‘lga vaqtinchalik ajratilgan mintaqani mustahkamlash 
yo‘l poyi elementlarini belgilash bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. Doimiy 
ajratilgan mintaqa, odatda, vaqtinchalik ajratilgan mintaqaning ichida bo‘ladi, 
shuning uchun uning chegarasi yo‘l poyini pardozlash ishlari to‘liq tugagandan 
va vaqtinchalik shohobcha yo‘llari qurilgandan so‘ng mustahkamlanadi. 
Yerni ajratish me'yori IKN 60-2011 da belgilangan. 
Yo‘l-qurilish ishlarini bajarish uchun har bir aniq joy bo‘laklaridagi yo‘l 
poyining o‘lchamlariga bog‘liq yo‘lga ajratilgan vaqtinchalik mintaqani 
qisqartirishga harakat qilinadi. Uni ko‘tarma asosining kengligiga va o‘ymaning 
o‘lchamlariga qarab, yon va banket oldi ariqlarga, banket, shuningdek
vaqtinchalik 
shohobcha 
yo‘llarining joylashishiga qarab belgilanadi. 
Vaqtinchalik va doimiy foydalanish uchun yerni ajratish tabiatni qo‘riqlash, 
qishloq xo‘jalik yerlaridan unumli foydalanib va tabiatning tabiiy resurslarini 
hisobga olib amalga oshiriladi. Vaqtinchalik va doimiy mustahkamlangan yo‘l 
mintaqasining ajratilgan yer rejasi shaklida mustahkamlash jurnali bilan 
rasmiylashtiriladi, keyin kerakli tashkilotlar tomonidan tasdiqlanadi.
Agar vaqtinchalik yo‘l mintaqasi atrofida har xil bino va inshootlar bo‘lsa, 
ular ko‘chirishni avtomobil yo‘llari loyihasining ma'lumotlar smetasi va 
chizmasi asosida rasmiylashtiriladi. 


55 
Ko‘chirish yoki tugatilishi kerak bo‘lgan bog‘larga, qishloq xo‘jalik 
ekinlariga buyurtmachi bilan birgalikda dalolatnoma tuziladi.
Vaqtinchalik va doimiy ajratilgan joylarning chegarasi oralig‘ida, qurilish 
tugatilgandan so‘ng, yerdan foydalanuvchiga yo‘lga ajratilgan hududni 
rasmiylashtirishda tuzilgan dalolatnomada qayd etilgan holatda qaytariladi. 

Yüklə 7,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin