Global, mintaqaviy (regional), lokal hisoblash tarmoqlari ko‘p tarmoqli
ierarxiyani tashkil etadi. Ular ulkan axborot to‘plamini qayta ishlovchi kuchli
iqtisodiy vositani yaratib, cheksiz axborot resursiga kirish imkonini beradi. Lokal
hisoblash tarmog‘i mintaqaviy tarmoq tarkibiga komponent sifatida kirishi mumkin.
Mintaqaviy tarmoq global tarmoqqa kirishi va nixoyat, global tarmoq murakkab
tuzilmani tashkil etishi mumkin.
Misol. INTERNET kompyuter tarmog‘i mashxur global tarmoq hisoblanadi.
Uning tarkibiga ko‘pgina erkin birlashgan tarmoqlar kiradi. INTERNETga kiruvchi
xar bir tarmoq ichida aniq aloqa tuzilmasi va ma’lum boshqaruv tarkibi mavjud.
INTERNET ichida ma’lum bir foydalanuvchi uchun turli tarmoklar o‘rtasidagi
birlashish tuzilmasi va usullari xech qanaqa axamiyatga ega emas.
Hozirdagi kunda xar qanday boshqaruv tizimining ajralmas unsuri bo‘lib
qolgan shaxsiy kompyuterlar lokal hisoblash tarmog‘i yaratish borasida shov-shuvga
sabab bo‘lmoqda. Bu xam o‘z navbatida zamonaviy axborot texnologiyasini ishlab
chiqish zaruriyatini keltirib chiqardi.
SHaxsiy kompyuterlar fan va texnika, ishlab chiqarishning turli tarmoqlarida
qo‘llash amaliyoti shuni ko‘rsatdiki, hisoblash texnikasini tatbiq qilishda aloxida
SHK emas, balki lokal hisoblash tarmoqlari ko‘proq samara beradi.
Xar
qanday
kommunikatsiya
tarmog‘i
albatta
quyidagi
asosiy
komponentlarni: uzatish (peredatchik), xabar, uzatish vositasi, qabul qilish
(priyomnik)ni o‘z ichiga oladi.
Dostları ilə paylaş: