Qabul qilingan xujjatlarda kompyuterlashtirish va axborot texnologiyalari sohasida
kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlashni rivojlantirish va takomillashtirishning aniq
vazifalari oldinga ko‘yilgan va maksadli yo‘nalishlari ifodalar berilgan. Jumladan
Toshkent elektrotexnika aloqa instituti Toshkent axborot tvxiologiyalari universitetiga
aylantirildi. Ushbu universitetda yangi mutaxassisliklarning, keng doirasi bo‘yicha
kadrlar tayyorlash tizimini ancha kengaytirish nazarda tutimoqda. Bundan tashqari, o‘kuv
yurtlarining moddiy-texnik va ilmiy-tadqiqot bazasini kengaytirish yuzasidan
kompleks chora-tadbirlar nazarda tutilgan.
Farmonda va Xukumat qarorida belgilangan dasturiy chora- tadbirlarning amalda
ruyobga chiqarilishi boshkaruvning barcha tarmoq va mintaqaviy organlariga, iqtisodiyot
va madaniyatning barcha sohalariga, umuman jamiyatga daxldordir. Ushbu vazifalarni
amalga oshirish uchun maxsus Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini rivojlaitrish bo‘yicha muvofiklashtiruvchi Kengash tashkil etildi. Joriy
yilda Kengashga 2016 yilgacha bulgan davrda t
ѳlѳkommunikatsiyalar va ma’lumotlar
uza
TUІSHNING
milliy tarmogini rivojlantirish; davlat boshkaruviga elektron texnologiyalarni
joriy etish; elektron tijoratni rivojlantirish bo‘yicha dasturlarni tayyorlash topshirildi.
O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi Uzbekiston aloqa va
axborotlashtirish agentligiga aylantirildi, unga respublikada axborotlashtirishni rivojlantirish
bo‘yicha qo‘shimcha funksiyapar yuklandi. Axborot xizmatlari soxasini rivojlantirish uchun
shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha zarur normativ-xuquqiy xujjatlarni ishlab chiqish
maqsadida Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish
markazi tashkil etiladi.
Ko‘rsatib o‘tilgan chora-tadbirlar mamlakat iqtisodiyoti samardorligi o‘sishida
telekommunikatsiyalar, kompyuter va axborot texnologiyalarining faol roli oshishini,
odamlarning faoliyati va turmushi texnik qurilmalar va xizmatlarning eng zamonaviy
turlari bilan jihozlanishini ta’minlash, respublikaning jahon jarayonlariga muvaffaqiyatli
integratsiyalashuvi imkonini boradi.
Dostları ilə paylaş: