Mintaqaviy tarmoqlar uncha katta bo‘lmagan mamlakat shaxarlari,
viloyatlaridagi foydalanuvchilarni birlashtiradi. Aloqa kanallari sifatida ko‘pincha
telefon tarmoqlaridan foydalaniladi. Tarmoq uzellari orasidagi masofa 10-1000 km
ni tashkil etadi.
EXMning lokal tarmoqlari bir korxona, muassasaning bir yoki bir qancha
yaqin binolaridagi abonentlarni bog‘laydi. Lokal tarmoqlar juda keng tarqalgan,
chunki 80-90% axborot o‘sha tarmoq atrofida aylanib yuradi. Lokal tarmoqlari xar
qanday tizilmaga ega bo‘lishi mumkin. Lekin lokal tarmoqlardagi kompyuterlar
yuqori tezlikka ega yagona axborot uzatish kanali bilan bog‘langan bo‘ladi. Barcha
kompyuterlar uchun yagona tezkor axborot uzatish kanalining bo‘lishi - lokal
tarmoqning ajralib turuvchi xususiyati. Optik kanalda yorug‘lik o‘tkazgich inson
soch tolasi kalinligida yasalgan. Bu o‘ta tezkor, ishonchli va qimmat turadigan
kabel.
Lokal tarmoqda EXMlar orasidagi masofa uncha katta emas - 10 km gacha,
radio kanal aloqasidan foydalanilsa - 20 km. Lokal tarmoqlarda kanallar tashkilot
mulki hisoblanadi va bu ulardan foydalanishni osonlashtiradi.
Tarmoqning dasturiy ta’minoti
Tarmoqning imkoniyati uning foydalanuvchiga ko‘rsatadigan xizmati bilan
o‘lchanadi. Tarmoqning xar bir xizmat turi xamda unga kirish uchun dasturiy
ta’minot ishlab chiqiladi. Tarmoqda ishlash uchun belgilangan dastur bir vaqtda
ko‘plab foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lishi kerak. Hozirda shunday
dasturiy ta’minot tuzishning ikki xil asosiy tamoyili joriy etilgan.
Dostları ilə paylaş: