A. G. Abdukadirov 2017 y



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/42
tarix22.06.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#134093
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   42
395121 (1)

Yulduzsimon topologiya markaziy uzel konsepsiyasiga asoslanadi. Unga 
sirtqi uzellar ulanadi. Xar bir sirtqi (periferiya) uzel markaziy uzel bilan aloxida o‘z 
aloqa tarmog‘iga ega. Barcha ma’lumotlar markaziy uzel orqali uzatiladi. Markaziy 
uzel tarmoqdagi axborot oqimini retranslyasiya qiladi va yo‘lga soladi. 
YUlduzsimon topologiya LXT uzellarining bir-biri bilan o‘zaro ta’sirini 
osonlashtiradi. Ayni paytda LXTning yulduzsimon topologiya bilan ishlash 
qobiliyati markaziy uzelga bog‘liq. Mavjud hisoblash tarmoqlarida nisbatan 
murakkab topologiyadan foydalanilishi mumkin.
U yoki bu topologiyani tanlash LXTni qo‘llash soxasi, uning uzellari 
geografik joylashuvi va tarmoq xajmi bilan belgilanadi. 
 
Lokal tarmoqlar dasturiy ta’minoti. 
Tarmoqlarning asosiy vazifasi foydalanuvchilarga turli xil xizmatlar 
ko‘rsatishdir. Biror xizmatni amalga oshiruvchi dasturiy ta’minot ushbu xizmat 
serveri hisoblanadi. Xizmat ko‘rsatish va serverlarga misol tariqasida quyidagilarni 


keltirish mumkin: faylli server, bosmali server, elektron pochta serveri, 
kommunikatsion server. Tarmoqli dasturiy ta’minot lokal tarmoqda xizmat 
ko‘rsatish va ishlashning turli variantlarini amalga oshiradi. 
Bir darajali (bir rangli) tarmoqlarda barcha kompyuterlar teng xuquqli. Ular 
tarmoqda aloxida ish joyi sifatida ishlaydi, lekin ayni shu paytda xar qanday tarmoq 
kompyuterining 
diskidan, 
bosish 
qurilmasidan 
xamkorlikda 
foydalanish 
ma’lumotlarni uzatish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Lokal tarmoqda keng tarqalgan 
ish varianti sifatida fayl-server konsepsiyasidan foydalaniladi. U markaziy, nisbatan 
kuchli tarmoq kompyuterining dasturiy ta’minoti tomonidan amalga oshiriladi. Fayl-
server tarmoq resurslarini boshqaradi va boshqa kompyuterlar ishchi stansiyalaridan 
kirish imkonini beradi. Foydalanuvchi tomonidan birgalikda foydalanish uchun 
taqdim etiladigan asosiy resurs bu markaziy kompyuterning diskli xotirasidir. Bu 
kompyuter xam fayl-server deb yuritiladi. Ishchi stansiyalar foydalanuvchining faol 
ishlashi uchun mo‘ljallangan. Ishchi stansiya sifatida nisbatan arzon printer va xatto 
qattiq diskka ega bo‘lmagan kompyuterlardan foydalanish mumkin. Dasturiy 
ta’minot tarmoqning barcha foydalanuvchisiga dastur va ma’lumotlarni saqlash 
uchun fayl-serverning tashqi xotirasini, umumiy printerini taqdim etadi va ishchi 
stansiyalari o‘rtasida axborotlar almashinuvini ta’minlaydi. Fayl-serverda 
saqlanuvchi dasturlar va ma’lumotlar bajarish va qayta ishlash uchun ishchi 
stansiyaga aloqa kanali orqali uzatilishi kerak.
Tarmoq faoliyatini quvvatlovchi va tarmoq xizmatini tashkil etuvchi 
tarmoqning dasturiy ta’minoti tarmoqli operatsion tizimni amalga oshiradi. Tarmoq 
operatsion tizim tarmoq ishi uchun zarur. CHunki lokal shaxsiy kompyuterlar uchun 
operatsion tizimlardan biri - DOS, Windows 7, OS/2, UNIX zarur.
Tarmoq operatsion tizim fayl-serverda odatdagi vazifalardan tashqari (diskka 
kirish, fayllarni saqlash, xotiradan foydalanish) fayl-serverdagi ma’lumotlarga 
ruxsatsiz kirishdan ximoyalaydi va foydalanuvchi xuquqlari asosida boshqaradi. 
Bundan tashqari operatsion tizim turli operatsion tizim o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan 
barcha ishchi stansiyalar bilan ishlashni ta’minlaydi. 



Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin