A Graflar nazariyasi haqida umumiy ma’lumotlar b Yònaltirgan graflarni aylanib òtish texnologiyasi III. Yakuniy qism



Yüklə 204,76 Kb.
səhifə1/2
tarix30.09.2023
ölçüsü204,76 Kb.
#150546
  1   2
graf


YÒNALTIRGAN GRAFLARNI AYLANIB ÒTISH TEXNOLOGIYASI
MUNDARIJA:
I.Kirish:....................................................................................................................3
II.Asosiy qism:
a) Graflar nazariyasi haqida umumiy ma’lumotlar.
b) Yònaltirgan graflarni aylanib òtish texnologiyasi…...........................14
III.Yakuniy qism:
c) Xulosa........................................................................................................24
d) Adabiyotlar...............................................................................................24

I.Kirish:
Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo’lib, dunyo miqyosida o’z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo’sh kelmaydigan insonlar bo’lib kamol topishi, baxtli bo’lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz. SH.M.Mirziyoyev
So’nggi yillar mobaynida O’zbekiston Respublikasi jadal rivojlanayotgan davlatlar qatoridan o’rin egallab bormoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan davlat dasturlari buning yaqqol natijasi sifatida namoyon bo’lmoqda. Prezidentimizning “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi” to’g’risidagi farmoniga muvofiq mamlakatimizni rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari belgilab berildi. Xususan unda ta’lim va fan sohasini rivojlantirish dasturlari ishlab chiqilganligi Respublikamizning ta’lim tizimini isloh qilish va bu sohani yanada rivojlantirishga katta hissa qo’shadi. Bugungi kunda mamlakatimiz yoshlariga berilayotgan bunday imkoniyatlar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning gaplarida ham o’z ifodasini topadi: “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo’lib, dunyo miqyosida o’z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo’sh kelmaydigan insonlar bo’lib kamol topishi, baxtli bo’lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz.”
Yurtimizning kelajagi, uning rivoji, har tomonlama ravnaq topishi zamonaviy intellektual bilimga ega bo’lgan biz yoshlarning qo’lidadir. XXI asrning intellektual yoshlar asri, axborot texnologiyalari asri deb atalayotganining sababi hozirgi davr mobaynida barcha sohalarda axborot tizimlarini, axborot texnologiyalarini qo’llash rivojlandi. Bu borada birinchi prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan 2015-yilda “O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligini tashkil etish to’g’risida”gi farmoni qabul qilindi. Ushbu vazirlikning tashkil etilishi innovatsion g’oyaga ega bo’lgan yoshlarga keng imkoniyatlarni yaratib bermoqda. Axborot texnologiyalarining rivojlanishi, taraqqiy topishi, shu bilan birga yangi innovatsion texnologiyalar yaratish hamda ishlab chiqarishning turli jabhalarida qo’llanilishi har bir yoshni o’z mutaxassisligini mukammal egallashini taqozo etadi.
Respublikamiz ta’lim tizimidagi asosiy vazifa jahon talablariga mos keluvchi ta’lim tizimini joriy etish hisoblanadi. Bu borada O’zbekiston Respublikasi ham boshqa rivojlangan mamlakatlar kabi ildamlab bormoqda. Ayniqsa, “Ta`lim to’g’risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi respublika ta`lim tizimida muhim voqea hisoblanadi. Bu hujjatlarda Respublika ta`lim muassasalarida yuqori malakali, bilimdon kadrlar tayyorlash usul va yo’llari, bosqichlari aniq belgilab berilgan va ular ta`lim sohasida amalga oshiriladigan islohotlar dasturi hisoblanadi. Dasturning maqsadi taʼlim sohasini tubdan isloh qilish, uni oʻtmishdan qolgan mafkuraviy qoliplardan toʻla xalos etish, yuqori malakali kadrlar tayyorlashning rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi, yuksak maʼnaviy va axloqiy talablariga javob beruvchi milliy tizimini yaratishdan iborat. Ushbu dastur ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo’ljalni to’g’ri ola bilish mahoratiga ega bo’lgan yoshlarning yangi avlodini shakllantirishga yo’naltirilgandir.
O’zbekistonda bugungi kunda Oliy ta`lim muassasalarida, maktab va kollejlarda talabalarga zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida ta’lim berilib, o’quv jarayonida aхbоrоt tехnоlоgiyalaridan fоydalanish, talabani ijоdiy salоhiyatini rivоjlanishiga yo’naltirilgan faоliyat sifatida ta’lim jarayonida talabani o’quv faоliyatini rivоjlanishini, o’quv tarbiya jarayonini takomillashuvini, ta’limning sifati va samarasini oshiruvchi asosiy omil sifatida qaralmoqda. O’zbekistonda o’qitish texnologiyalarini zamonaviylashtirish, jadallashtirish rivojlangan iqtisodiyotli mamlakatlarga qaraganda yanada dolzarb ahamiyatga ega.
Chunki hozirgi kunda milliy ta’lim tizimining salohiyatli, tizimli rivojlanishi yanada yuqori pog’onaga ko’tarildi. Unda ta’lim sohasini yanada keng rivojlantirish ham nazarda tutilgan.



Yüklə 204,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin