A. I. Avazbayev Nizomiy nomidagi tdpu "Texnologiya ta’limi metodikasi" kafedrasi, dotsenti.,p f. n


Kurs ishini texnik rasmiylashtirish



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə78/88
tarix24.12.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#190984
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   88
ТТМ МАЖМУА 2022

Kurs ishini texnik rasmiylashtirish.
Ish standart A4 formatli oq qog‘ozning faqat 1 yuzasiga yoziladi. Standartga mos holda har bir varaqni yozishda 4 tomondan hoshiya qoldirilish kyerak.
Chap tomondan – 30 mm;
Yuqoridan - 20 mm;
O‘ng tomondan – 15 mm;
Pastdan – 20 mm.

Shrifti Times New Roman da o’lchami 14 piskelda.


Har bir varaq 10 mm, oraliqdagi 28-32 qatordan (satr) iborat bo‘lishi, har bir satr 60-65 belgidan (tinish belgilar va oraliqlarni qo‘shib hisoblaganda) va 3600 so‘zdan iborat bo‘lishi kyerak.
Savollar nomlari asosiy tekstdan oraliqlar bilan ajratiladi (10 mm).
Varaqlarni nomyerlash pastdan ketma-ketlikka rioya qilgan hoda 3-varaqdan (kirish) boshlab, ya’ni titul varag‘i va mundarijadan so‘ng.
Agar kurs ishida muallif ishga taalluqli bo‘lgan iqtibos(sitata)lardan foydalansa, iqtibos olingan manbaning o‘ziga xos xususiyatlari to‘liq saqlanishi zarur: orfografiya, punktuasiya, abzaslar joylanishi, shriftlar ajratilishi. Iqtiboslar matnning ichida byerilsa, qoidaga muvofiq holda qo‘shtirnoq ichiga olinadi. Iqtiboslarga havolalar matn ichida, satrlardan keyin va matn oxirida, asosan varaqning past qismida chiziqdan keyin byerilishi mumkin.
Agar talaba iqtibos (sitata) bo‘yicha havolalarni ishning oxirida keltirilgan adabiyotlarga byersa, unda matnda iqtibos kata qavsga olinib, qavsdan so‘ng bu adabiyotlarning tartib nomyerlari ko‘rsatilishi kyerak.
Nazariy tomondan o‘rganilayotgan masala chuqur yoritilgandan so‘ng kurs ishini bajaruvchi nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan o‘zaro bog‘lay olishi kyerak. Ish bo‘yicha byerilayotgan takliflar asosli bo‘lishi va takliflar aniq, lo‘nda va tushunarli qilib bayon qilinishi kyerak.
Xulosa qismida kurs ishining barcha qismlari doirasida bajarilgan ishlarga umumiy yakun yasaladi. Ushbu kurs ishi doirasida erishilgan asosiy natijalar ko‘rsatib o‘tiladi.
Kurs ishi matni saxifaning ma’lum chegaralarida joylanishi chizma va jadvallarni rasmiylashtirilishi, bir xil formatdagi oq qog‘ozlardan foydalanilishi ishni sifatli va umumiy talablar bo‘yicha yoritilishiga olib keladi.
Kurs ishi asosan A4 (210x297 mm) farmatidagi oq qog‘ozlarga ko‘k tushda (ruchkada) tushunarli tarzda, qisqartirishlarsiz, aniq va ravon tilda o‘z qo‘li bilan davlat tilida (rus guruxlarda rus tilida) yoziladi. Kurs ishi xajmi 30 -40 betni tashkil etishi lozim. Xar bir saxifani chap tomonda 30 mm, o‘ng tomondan 15 mm tepa va pastki tomondan 25 mm qoldirilgan xolda yoziladi. Kurs ishi matnlari qog‘ozning bir tomoniga xar saxifaga 25- 30 qator yoziladi. Xar qatorda 7-8 ta so‘z yoki 65 pechat belgi joylashishi kyerak. Barcha satr osti izoxlari qaysi saxifaga tegishli bo‘lsa, o‘sha saxifada keltiriladi.(snoska kilib byeriladi.)
Xar bir qism, jurnaldan kirish va xulosa qismlari, ilovalar yangi saxifalardan boshlanadi. Kismning nomi va matn orasi yaqqol ajralib turishi kyerak. Kismdagi sarlovxalar qismning tartib raqami bilan boshlanib, unda so‘zlarning bo‘g‘in ko‘chirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Saxifa tartib raqami saxifaning pastki (yuqorigi) o‘rta –qismida keltiriladi. Kurs ishida keltirilgan qismlar, shuningdek ilovalar xam saxifalanadi. Jild varag‘i 1- bet sanaladi, unga tartib raqami qo‘yilmaydi.
Kurs ishi qismlari quyidagicha joylashtiriladi: jild varag‘i, mundarija, kirish, asosiy qism, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, ilovalar.
Ilovada turli xujjatlar, katta xajimdagi chizmalar, jadvallar va shu kabilar byeriladi. Kurs ishi yuzasiga taqriz uchun oq qog‘oz qo‘yilishi maqsadga muvofiqdir.
Jild (titul) varag‘i kurs ishining 1- beti bo‘lib, unda Vazirlik, oliy o‘quv yurtining nomi fakultet va kafedra, kurs ishi mavzusi, ta’lim yo‘nalishi, kursi, guruxi, muallifning familiyasi, ismi va sharfi, ilmiy raxbarning ilmiy unvoni va darajasi, familiyasi, ismi va sharifi keltiriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatini tuzishda ishning xulosa qismidan keyin keltiriladi, ro‘yxatga faqat ishni yozish jarayonida muallif tomonidan foydalanilgan adabiyotlar, qonunlar, qarorlar, maqolalar, tezislar, avtorefyeretlar, jurnallar, gazetalar va x.k.lar kiritiladi.
Amaldagi «Xujjatlarni biblografik ro‘yxatga olish» davlat standartiga muvofiq kurs ishlarida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatida quyidagilar keltiriladi:
- kitob, monografiya, darslik, o‘quv qo‘llanmalar uchun muallif (lar) ning familiyasi, ismi, va otasining ismi bosh xarflari, kitobning nomi, nashr joyi (shaxar), nashriyot nomi, nashr yili, betlar ;
- to‘plamdagi maqolalar va tezislar uchun muallif (lar) ning familiyasi, ismi va otasining ismi bosh xarflari, maqola nomi, to‘plamning nomi, nashr joyi (shaxar) nashr yili, betlar to‘plamdagi maqola nomi to‘plam nomidan // belgisi bilan ajratiladi.
- jurnaldagi maqolalar uchun muallifning familiyasi, maqola nomi, jurnal nomi yili, betlari, maqola nomi xam jurnal nomidan // belgisi bilan ajratiladi.
Kurs ishida foydalanilgan manbaalar adabiyotlar ro‘yxatidan alfavit bo‘yicha joylashtiriladi. Agar talaba ayrim ma’lumotlarni intyernetdan olgan bo‘lsa, muallif va ishning nomi keyin WEB sayti ko‘rsatiladi.
Kurs ishini yozish jarayonida talaba adabiyotlarida keltirilgan boshqa olim va mutaxassislarning fikrlarini keltirish mumkin. Bunday xollarda matnda ushbu adabiyotlardan foydalanilganlik belgisi qo‘llaniladi.
Ayrim vaqtlarda mavzuga oid qonunlar, xukumat qarorlari va me’yoriy xujjatlardan aynan ko‘chirmalar keltiriladi. Bunday xollarda satr osti izoxi byeriladi.
Satr osti izoxlari saxifa so‘ngida byerilib, matnda xar bir saxifa uchun ketma – ketlik asosida raqamlanadi yoki yulduzchalar bilan belgilanadi.
Kurs ishini yozishda talaba avvalo raxbarning ko‘rsatma va maslaxatlariga rioya etishi zarurdir.

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin