Kurs ishini bajarish va himoya qilish strukturasi: 1.Mavzttni tanlash.
2. Kurs ishi rejasini tuzish va uni tasdiqlash.
3. Adabiyotlarni o’rganib tahlil qilish.
4. Ilmiy izlanish yuzasidan ilg’or pedagogik ishlami o’rganish.
5. Ilmiy izlanishdan olingan ma'lumotlami jadvalda, diagrammada va sxemada ishlab chiqish.
6. Kurs ishida belgilangan vazifalar hal etiladi.
7. Kurs ish mavzusidagi tayyorlanadigan mahsulotning texnologik xaritasi ishlab chiqiladi.
8. Kurs ish mavzusidagi mahsulot tayyorlanadi va taqdim etiladi.
9.Kurs ishi mavzusi bo’yicha taqdimot tayyorlanadi.
10. Kursishini himoya etish jarayonida kafedra o’qituvchilari ishtirok etadi.
11. Kurs ishini baholashda har tomonlama bajargan ishlar hisobga olinadi.
12. Kurs ishi rahbari himoya qilingan ishlarni tahlil qilib, yakunlab beradi.
Ishning mavzusini tanlash «TFO’M» fani bo‘yicha kurs ishi mavzusi ushbu uslubiy ko‘rsatmada tavsiya sifatida keltirilgan mavzular ro‘yxatidan tanlab olinishi mumkin. Shuningdek, kafedra bilan kelishilgan holda, mazkur ro‘yxatga kiritilmagan boshqa bir dolzarb mavzu ham kurs ishi uchun talaba tomonidan tanlanishi mumkin.
Kurs ishi mavzusini tanlashda, talabaning qiziqishi sohasi, tanlangan mavzuning dolzarbliligi, ilmiy va statistik axborot bazasining mavjudliligi, mavzuning aynan “Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash” fani predmeti doirasida bo‘lishiga e’tibor qaratiladi.
Ishning rejasini tuzish va bajariladigan ishlarni nazorat qilish
Kurs ishining rejasi talaba tomonidan ilmiy rahbar bilan maslahatlashgan holda tuzilishi kyerak. Kurs ishning tayyorlangan rejasi kafedra mudiri yoki uning yordamchisidan tasdiqlatib olinishi lozim.
Kurs ishida belgilangan reja topshiriqlarini bajarilish muddatlari ilmiy rahbar tomonidan talabaga belgilab byeriladi.
Talaba tasdiqlangan rejaga qat’iy amal qilishi, unda belgilangan vazifalarni (reja savollarini) bosqichma-bosqich hamda ilmiy rahbar nazoratida amalga oshirishi kyerak.