A. I. Avazbayev Nizomiy nomidagi tdpu "Texnologiya ta’limi metodikasi" kafedrasi, dotsenti.,p f. n


Ochiq darslar va ularni o‘tkazish



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə73/88
tarix24.12.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#190984
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   88
ТТМ МАЖМУА 2022

5. Ochiq darslar va ularni o‘tkazish.
O‘qituvchi darsga kirish uchun quyidagi eng muhim hujjatlar: dars ishlanmasi (dars reja-konspekt), taqvim-mavzu reja (kalendar - tematik) reja va fan dasturi hamda darslikning bo‘lishi qat’iy an talab etiladi.
O‘qituvchi darsga tayyorlanar ekan, o‘z fani yuzasidan umumiy va har bir darsga kundalik tayyorgarlik ishlarini amalga oshirgan bo‘lishi lozim. O‘qituvchining umumiy tayyorgarligi muntazam amalga oshirib boriladigan jarayon bo‘lib, o‘quv yili boshlanishidan oldin DTS, o‘quv dvsturi va rejasi holida ularga berilgan tushuntirish xatlarini o‘rganib chiqadi, dars beradigan o‘quv faniga oid yangi ilmiy va metodik adabiyotlarning mazmuni bilan tanishib chiqadi, tegishli o‘quv-ko‘rgazma materiallarini, o‘quv jihozlarini o‘rganadi. Ularni o‘quv jarayonida qo‘llay oladi va kerak bo‘lsa o‘zi yangisini ( ko‘rgazmali qurollar, tarqatma materiallar) tayyorlaydi.
Ilg‘or o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish, darslarini kuzatish va tahlil qilish orqali o‘z bilimini kengaytirish, kompyuter texnikasidan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirib, ( takomillashtirib) bu boradagi mahoratini oshirishi, elekron darsliklar, matn muharrirlari, ta’limga tegishli portallarga joylashtirilgan ma’lumotlardan samarali foydalanishni bo‘lishi lozim.
O‘qituvchining darsga kundalik tayyorgarligi eng asoasiy vazifalardan bo‘lib, birinchi navbatda taqvim-mavzu rejasidagi yangi mavzu va unga ajratilgan vaqtni (soatni) aniqlashtirib olinadi, ikkinchi navbatda DTS va o‘quv dasturidan o‘tilayotgan mavzu yuzasidan o‘quvchida qanday tushunchalar (bilim, ko‘nikma va malakalar) shakllantirilishi lozimligi aniqlanib, shu asosida darsning maqsadi belgilab olinadi. Uchinchi navbatda esa mavzu asosida darsda foydalaniladigan texnik vositalar, elektron manbalar, slaydlar, ko‘rgazmali va didaktik tarqatma materiallar, adabiyotlar o‘rganib chiqiladi hamda dars ishlanmasi ( dars reja-konspekti) yoziladi.
Dars ishlanmasi barcha o‘qituvchilarda bo‘lishi shart.
Dars ishlanmasi qanday mazmunda qancha hajmda va necha varaqdan iborat bo‘lishi, o‘qituvchining dars o‘tishdagi o‘ziga xos yondashuvidan kelib chiqqani maqul. Chunki hamma o‘qituvchi uchun bir xil chegara, cheklov o‘rnatish mumkin emas.
Dars ishlanmasi qo‘lyozma shaklida yoki kompyuterda yozilishi mumkin.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish uchun o‘qituvchining umumiy tayyorgarligi bo‘lsa har-bir darsga puxta tayyorgarlik ko‘rsa, dars ishlanmasi, o‘quv darsligi, qo‘shimcha adabiyotlar va internet orqali olingan so‘nggi ma’lumotlar bilan boyitilgan bo‘lsa va mavzuga mos hozirgi zamon pedagogik texnologiyalarni qo‘llay olsa hamda axborot kommunikatsiya vositalaridan dars jarayonida unumli foydalana olsa, o‘qituvchini bu darsni ochiq dars (namunali dars) desa bo‘ladi. O‘qituvchining har bir darsi ochiq dars bo‘lishi lozim. Chunki har bir tashkil etilgan “ochiq dars” ta’lim-tarbiya jarayoni sifati va samaradorligini oshirishga sezilarli tasir ko‘rsatadi.

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin