1.Sanama kashta – bezatiladigan matoning arqoq va o’rish iplari sanab kashta tikiladi.
2.Erkin kashta – matoga gul, naqsh tasviri kontur chizilib, kashta erkin tikiladi.
O’zbekistonda sanama kashtaning iroqi turi keng tarqalgan. Erkin kashta esa har qanday matoga tikiladi. Qo’lda kashta tikish uchun juda oddiy asboblar kerak: igna, angishvona, qaychi, santimetr lenta, o’tkir uchli dukcha, korcho’p, millimetr qog’oz, kopirovka qog’ozi.
Kashtado’zning ish o’rni Kashta tikish qo’lay bo’lishi, charchatmasligi uchun ish o’rnini to’g’ri tashkil etish, mehnat qilishning ma’lum qoidalariga rioya etish kerak. Asbob va moslamalar qo’yiladigan stol ustidagi ishga yorug’lik chap tomondan tushadi. Ish vaqtida gavda biroz oldinga engashgan bo’lishi, ko’z bilan ish orasidagi masofa 25-30 sm.dan oshmasligi kerak. Ish vaqtida qo’lni to’g’ri qo’yish katta ahamiyatga ega: chap qo’l korcho’p tagida bo’lib, o’ng qo’l korcho’p ustida bo’lishi kerak.
Kashta tikish choklari Oddiy choklarga kontur choklarini igna oldinlatilgan chok, suv chok, popop chok va petlya chok, iroqisimon choq, puxtalama petlya chok va tugun choklarni kiritish mumkin. Bu choklar ko’pgina kashtalarda yordamchi chok sifatida uchraydi. Masalan: o’simlik shoxlarini va novdalarini suv chok bilan, gullarning o’zaklari, tuguncha chok, iroqisimon chok, popop chok va boshqa choklar bilan tikiladi.
Xalq hunarmandchiligi usullarini o‘rgatish va buyum tayyorlash. O‘quvchilarga xalq hunarmandchiligi usullarini buyum yasash jarayonida o‘rgatilinadi. Masalan:
Beshik tayyorlash texnologiyasi. Beshik yasashga mo‘ljallangan yog‘ochning nuqsonlari bo‘lmasligi kerak.
Beshik yasashda ishlatiladigan kerakli asboblar: arra, bolg‘a, randa, go‘niya, qalam, chizg‘ich, jilvir qog‘oz, yelim, cho‘tka, lak, har xil bo‘yoqlar.
Beshik yasashda kerak bo‘ladigan xomashyolar: taxta, faner, mixlar (taxta ko‘proq tol daraxtidan olinadi).
Ishni bajarish jarayoni:
Xomashyoni tanlang.
Xomashyoni randalang, ko‘rsatilgan o‘lcham bo‘yicha arralang.