A. I. Avazbayev Nizomiy nomidagi tdpu "Texnologiya ta’limi metodikasi" kafedrasi, dotsenti.,p f. n


Tarbiya, asosan, quyidagi vositalar yordamida amalga oshiriladi



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə59/88
tarix24.12.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#190984
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   88
ТТМ МАЖМУА 2022

Tarbiya, asosan, quyidagi vositalar yordamida amalga oshiriladi: ko’rsatish va tushuntirish, rag’batlantirish va jazolash, vazifa berish va talab qilish, tekshirish, tuzatish, ishontirish va tahlil qilish. Ana shunday ta`sir ko’rsatish yo’li bilan kattalar bolalarning bilish va amaliy faoliyatlarini yuzaga keltirib, ma`lum tomonga yo’naltiradilar va bu faoliyatlar nazorat qilinib, to’g’rilab hamda shuning bilan birga faoliyatlarni rivojlantirish amalga oshiriladi.
Pedagogikada tarbiya berish usuli ikki turga bo’linishi qayd etilgan. Birinchi usul, (ilhomlantiruvchi) san`atni o’z rag’batlari bilan o’rganuvchilarga ishlatiladigan usul. Ikkinchi usul, (majbur etish) esa majburiy ravishda tarbiyalanuvchilarni tarbiyalash uchun ishlatiladigan usul.
Nazorat savollari:

  1. Texnologiya darsi jarayonida qanday tarbiyalar beriladi?

  2. Dars jarayonida beriladigan tarbiyaning maqsadi nimada?

3.Texnologiya darslarida qanday tarbiyalash usullaridan foydalaniladi?.


11-Mavzu. Texnologiya fanida ekskursiyalarni amalga oshirish metodikasi.
Reja:
1.Ekskursiyaning maqsad va vazifalari ekskursiya ob’ektini tanlash.
2.Ekskursiyaga tayyorgarlik. Ekskursiyani o‘tkazish. Ekskursiyani yakunlash.
3.Texnologiya fanida ekskursiyalarnini amalga oshirish metodikasi.


1.Texnologiya fanida ekskursiyalarni amalga oshirish metodikasi.
Ekskursiya - ko‘rsatmali ta’lim bo‘lib, bunda o‘quvchilar buyumlarni texnologik va mehnat jarayonlarini, mehnatni tashkil etilishini ishlab chiqarish sharoitida o‘rganadilar. Texnologiyada ekskursiyaga alohida e’tibor beriladi. Bu ekskursiyaning o‘ziga xosligi, maqsadga qaratilganligidadir.
Texnologiyaning shunday bir shaklidirki, uning borishi jarayonida o‘quvchilar asbob-uskunalarni, texnologiya va mehnat jarayonlarini, ishlab chiqarish sharoitida mehnatni tashkil etishni kuzatadilar. Umumiy tanishtirish xususiyatiga ega bo‘lgan ekskursiyalarni Texnologiyaning biror bo‘limi yoki yo‘nalishi boshlanishidan oldin o‘tkazilganligi ma’qul.

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin