A. I. Avazbayev Nizomiy nomidagi tdpu "Texnologiya ta’limi metodikasi" kafedrasi, dotsenti.,p f. n


Turli xil tanlovlar, fan olimpiadalariga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə55/88
tarix24.12.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#190984
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   88
ТТМ МАЖМУА 2022

3.Turli xil tanlovlar, fan olimpiadalariga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish.
Maktabdan tashqari to‘garaklarga jalb qilish.
Mehnat bo‘yicha o‘qishdan tashqari ishlarga, mehnat ijodkorligi to‘garaklari tashkil etish, eng yangi asbob-uskunalar na’munalari, ilg‘or texnologiya, konstruktorlar, texnologiyalar, ratsionalizatorlar, va ixtirochilarning faoliyati bilan tanishtirish maqsadida korxonalarga ekskursiyalar uyushtirish, tanlangan texnika to‘garagi profili bo‘yicha texnikaga oid ma’lumotnoma va adabiyotlar bilan olib borish, o‘quvchilarning texnikaviy ijodkorligi konkurslarini, texnikaga bag‘ishlangan olimpiadalar, viktorinalar va h,k lar o‘tkazish kiradi.
Konstruktorlik to‘garaklari o‘z xarakteri va mazmuniga ko‘ra bir necha xil bo‘lishi mumkin:
a) O‘quv asboblarini va o‘quv predmetlari bo‘yicha ko‘rsatmali qo‘llanmalarni konstruksiya qilish va tayyorlash to‘garaklari.
b) Hozirgi zamon texnikasining timsollari bo‘lgan ishlovchi modellarni konstruksiya qilish va tayyorlash texnologiyasi.
c) Yosh ixtirochilar to‘garagi.
O‘quvchilarning bu to‘garaklarda ishtirok etishi texnikaviy tafakkurni va ijodiy konstruktorlik qobiliyatlarini rivojlantirishga, ilmiy-texnikaviy bilimlar hamda mehnat ko‘nikma va malakalarining kengayishiga, ixtirochilik faoliyatini tarkib toptirishga yordam beradi.
1. Quyidagilar o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida fan olimpiadalarining o‘tkazishning asosiy maqsad va vazifalari hisoblanadi:
- O‘quvchilarning iste’dodi va ijodiy qobiliyatini namoyish qilish;
- O‘quvchilarda o‘zlari tanlagan fanlar va ixtisosliklarni chuqur o‘rganishga qiziqishlarini oshirish;
- O‘quvchilarning kelajakda kasblarni to‘g‘ri tanlashiga ko‘maklashish.
Fan olimpiadalari vazifalari quyidagilar:
- O‘zbekiston Respublikasi "Ta’lim to‘g‘risidagi" va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida" gi qonunlari va olimpiadalar o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizom talablari asosida ta’lim muassasalaridagi o‘quv tarbiya jarayonining zamonaviy talablar darajasida bo‘lishini ta’minlash, fan o‘qituvchilarining pedagogik mahoratini oshirish, qobiliyatli va iste’dodli o‘quvchilarni aniqlash hamda tarbiyalashga qaratilgan ijodiy izlanishlari va mehnatini ro‘yobga chiqarish;
- Qobiliyatli o‘quvchilarni anqlash, rag‘batlantirish va kamolatga yetkazish jarayonida ta’lim muassasasi, ota-onalar va jamoatchilikning o‘zaro hamkorligini kuchaytirish.
- Fan olimpiadalari g‘oliblari orasidan xalqaro fan olimpiadalarida mamlakatimiz sharafini munosib himoya qiladigan o‘quvchilarni aniqlash:
Fan olimpiadalari 4 bosqichda o‘tkaziladi:
1. O‘qish joyida:
2. Tuman(shahar) miqyosida:
3. Viloyat miqyosida:
4. Respublika miqyosida:
Olimpiada g‘oliblari 76-100 bal to‘plagan o‘quvchilar orasidan aniqlanadi va rag‘batlantiriladi. Respublika olimpiadasida yuqori o‘rinni egallagan o‘quvchilar halqaro olimpiadalarda qatnashish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritishadi. Texnikaviy ijodkorlik to‘garaklarida mashg‘ulotlarini tashkil etish xususiyatlari va ularni o‘tkazish metodikasi: texnikaviy ijodkorlik to‘garaklarida mashg‘ulotlarni tashkil etish biror mehnat turiga, kasbga, ixtisosga o‘z qiziqishini namoyon qilgan to‘garak a’zolarini tanlashdan boshlanadi.

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin