A. I. Avazbayev Nizomiy nomidagi tdpu "Texnologiya ta’limi metodikasi" kafedrasi, dotsenti.,p f. n


Metodik ishlar qanday boshqariladi



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə52/88
tarix24.12.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#190984
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   88
ТТМ МАЖМУА 2022

3. Metodik ishlar qanday boshqariladi.
Metodik kengash raisi ishning tashkil etilishiga va uning mazmuniga javob beradi. U kengashning ish rejasini tuzadi, reja asosida rahbarlik qiladi, metodik kengash majlislarini, tayyorlaydi va o‘tkazadi, uning qarorlarining bajarilishini ta’minlaydi, ochiq darslar, seminarlar tashkil etadi va o‘tkazadi.
Metodik kengashlarda ta’lim-tarbiyaviy ishlar saviyasini oshirish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan pedagogik va metodik xarakterdagi ayrim muammolar, tadbirlar, o‘qituvchilarni attestatsiyadan o‘tkazish, malaka oshirishga yuborish talab qiladi.
Keyingi paytda ta’lim-tarbiya jarayonida metodak ishlarni tashkil etishda ko‘pgina yangi masalalar paydo bo‘ldiki, ularni o‘rganish, tizimlashtirish va umumlashtirish talab etiladi. Shu maqsadda ilmiy-amaliy konferensiya, seminar va konsultatsiyalarda samarali natijalarga erishish mumkin. Pedagogika va metodika sohasidagi ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va bilim darajasini oshirishning ta’sirchan vositasi sifatida har bir maktabda an’anaga aylanishi kerak.
Ilg‘or tajriba maktablari ilg‘or pedagogik tajribalarni joriy qilish hamda xodimlarning pedagogik mahoratini oshirishning eng muhim shaklidir. Ilg‘or tajriba maktabining eng asosiy maqsadi-xodimlarga o‘z faoliyatlarida ta’lim-tarbiyaviy ishlarning hozirgi zamon talablariga mos bo‘lgan darajada bo‘lishi va natijalarga erishishga yordam berishdar.
Seminarlar esa mazmuniga ko‘ra har xil bo‘lishi mumkin: 2 soatlik seminar, 1 kunlik seminar, 3 kunlik seminar va hokazo.
Kosultatsiyalar shaxsiy va guruhli bo‘lishi mumkin. Shaxsiy konsultatsiyalar o‘qituvchilarnning mustaqil ishlash soatlarida muntazam o‘tkaziladi. Tajribali o‘qituvchilar konsultant bo‘lishlari mumkin.
Guruhli konsultatsiyalar ma’lum bir mavzular bo‘yicha vaqti-vaqti yuilan tashkil etiladi. Konsultatsiya o‘tkazish uchun korxonalarning mutaxassislari, ishlab chiqarish ilg‘orlari, ilmiy xodimlar, malakali metodistlar taklif qilinadi.
O‘qituvchilar faoliyatida metodik ishlarni rejalashtirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Individual metodik ish butun o‘quv yiliga tuzilgan reja bo‘yicha olib boriladi. Unda o‘qituvchilarning o‘z pedagogik mahoratlarini va bimlimlarini chuqurlashtirish maqsadida individual metodik topshiriqlar nazarda tutiladi. Ularga quyidagilar kiradi: fan bo‘yicha ma’ruza matnlarini takomillashtarish, pedagogik mavzular bo‘yicha ma’ruzalar tayyorlash; o‘quv dasturining eng qiyin mavzulari bo‘yicha metodik ko‘rsatmalar tuzish; o‘quv-metodik qo‘llanmalar ishlab chiqish;maqolalar tayyorlash; ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish. Har bir o‘qituvchining ish rejasi taxminan quyidagicha bo‘limdan tashkil topishi mumkin:

  1. G‘oyaviy-nazariy saviyani oshirish.

  2. O‘z ish malakasini takomillashtirish.

  3. Muntazam ravishda pedagogik mahoratini oshirish.

  4. Dars berish metodikasini takomillashtirish.

Bu reja metodik komissiya majlisida ko‘rib chiqilib, tasdiqlanadi. Rejaning bajarilishi haqida o‘qituvchilarning hisobotlari eshitib turiladi.
Eng muhimi, har bir rejalashtiriladigan ish maruzada, metodik ko‘rsatmada, metodik tavsiyalarda, referatda, konspektda, fanlarga doir jadval va kartochka topshiriqlarda, individual kompleks topshiriqlarda, seminar yoki konferensiyaga tayyorlanadigan materialda o‘z amaliy tatbig‘ini topishi kerak. Rejaning har bir bo‘limiga yuqorida takidlanganlardan bitta-ikitasini kiritib, aniq bajarilish muddatini ko‘rsatib qo‘yish zarur.
Shuni aytib o‘tish kerakki, o‘z bilimini mustaqil oshirish rejasi bo‘yicha yuqoridagi ishlarning hajmini oldindan belgilab qo‘yib bo‘lmaydi. U bajariladigan ishning xarakteriga, ijodiy izlanishning maqsadiga, o‘qituvchi qobiliyati va imkoniyatlariga, uning mehnat staji va mahoratiga bog‘liq bo‘ladi.

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin