A. I. Avazbayev Nizomiy nomidagi tdpu "Texnologiya ta’limi metodikasi" kafedrasi, dotsenti.,p f. n



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə48/88
tarix24.12.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#190984
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   88
ТТМ МАЖМУА 2022

Rasmni joylashtirish algoritmi.
1. “Risunok” punktini tanlash.
2. Kutubxonadan kerakli rasm faylini tanlash yoki rasm chizilgan faylning nomini ko’rsatish.
3. Rasmni slaydning kerakli joyiga joylashtirish.
4. Rasmning o’lchamlarini zarur kattalikkacha o’zgartirish.
Prezentatsiyadagi rasmlar juda muhim rol o’ynaydi. Rasmlarni chizmasdan mohir rassomlar yaratgan asarlardan “Risunok” kutubxonasidan foydalanish mumkin. Prezentatsiyani yaratish uchun menyuning “Vstavka” bo’limidan foydalanilgan bo’lsa, “Kartinka” buyrug’i prezentatsiyada asosiy tayanch iboralarni topib, mavzuga mos rasmlarni tanlash imkonini beradi. Slayd rejimida “Vstavka” menyusidan “Risunok” buyrug’i tanlansa, ekranda “Kartinka” muloqot oynasi hosil bo’ladi. Rasm joylashtirilishi kerak bo’lgan slaydga o’tish uchun kalitli so’zlar orasidan keraklisini tanlash, hamda “Na slayde” ro’yxatidan zarur slayd tanlanib, “Pokaz slayd” tugmasi bosiladi (tanlangan rasm ajratilgan bo’ladi). Ajratilgan rasm yoki kutubxonadagi ixtiyoriy rasm ajratilib, “Vstavit” tugmasi bosiladi.
Slayd rejimida ixtiyoriy slaydga grafikani “ko’lda” joylashtirish mumkin. Agar slayd bilan ish boshlaganda, grafika uchun ajratilgan ikkita avtorazmetkadan bittasi tanlansa, grafika uchun ajratilgan joyda sichqoncha tugmasini ikki marta bosish, “Kartinki” kutubxonasini yuklaydi. Buning uchun:
-“Standartnaya” asboblar oynasida “Vstavit grafiku” tugmasini tanlash;
-“Vstavka” menyusida “Grafika” buyrug’ini tanlash, Microsoft Clip Gallery kutubxonasining muloqot oynasini yuklaydi. Muloqot oynaning chap tomonida bo’limlarning alfavit bo’yicha nomlari, rasmlar o’ng tomonda joylashgan bo’ladi. Ma’lum bo‘limdagi rasmlarni ko’rish uchun, ro’yxatda shu bo’lim nomida manipulyator tugmasi bosiladi. Kerakli rasmni sichqoncha tugmasini bir marta bosib tanlangach, rasm ramka bilan o’raladi.
-“Vstavit” tugmasi rasmni slaydga joylashtiradi (yoki rasm ustida sichqoncha tugmasi ikki marotaba bosiladi). Slaydga joylashtirilgan rasmni kerakli joyga surish mumkin. Burchaklardagi markerlarni surib, rasm o’lchamini o’zgartirish mumkin.
Ctrl tugmasi bosib turilsa, rasm markazganisbatan kichrayadi, yoki kattalashtiriladi. Ctrl tugmasini bosib turib, rasm surilsa, yangi joyda uning nusxasi hosil bo’ladi.
Prezentatsiya vaqtida muallif o’zining barcha qobiliyat va energiyasini grafikdagi kichkina texnik qismlarini tushuntirishga qaratadi. Yaxshiki, matnli va grafik sohalar yonida paydo bo’luvchi matnli maydonlardagi qisqa izohlardan foydalanish mumkin.

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin