A. I. Avazbayev Nizomiy nomidagi tdpu "Texnologiya ta’limi metodikasi" kafedrasi, dotsenti.,p f. n


Slayd - bu prezentatsiyani alohida kadri bo’lib, matnni, sarlavhalarini grafik va diagrammalarni o’z ichiga oladi. Slayd-



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə46/88
tarix24.12.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#190984
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   88
ТТМ МАЖМУА 2022

Slayd - bu prezentatsiyani alohida kadri bo’lib, matnni, sarlavhalarini grafik va diagrammalarni o’z ichiga oladi. Slayd-ma’lum bir o’lchamga ega bo’lgan muloqot varaqlari hisoblanadi. Unda biror maqsad bilan yaratilayotgan namoyish elementlari joylanadi.
Ma’ruza konspekti - Power Point da prezentatsiya ustida ishlash jarayonida yaratilgan ma’ruza konspekti. Chop etish vaqtida ma’ruza konspektining har bir betida slayd va tekstning mazmunini tushuntiruvchi kichiklashtirilgan tasvir chiqarilgan bo’ladi.
Prezentatsiya strukturasi (tuzilishi) - faqatgina slayd sarlavhasini, shuningdek, grafik tasvirsiz asosiy matnni va maxsus shakllantirishni ichiga olgan hujjat.
Dasturdagi asosiy tushunchalar bu - slayd va prezentatsiya tushunchalaridir.
Masalan: Prezentatsiya – Power Point dasturi ochilganda, sarlavhalar qatorida paydo bo’lib, yaratilgan yoki yaratilayotgan taqdimotning ayni vaqtdagi nomi hisoblanadi. Bu nomni keyinchalik muallif o’z xohishiga ko’ra almashtirishi mumkin.
Bugungi kunda dars (mashg’ulot) taqdimot (reklama)larning har xil ko’rinishlari: slaydlar va varaqlardagi matnlar, rasmlar, diagramma va boshqalar, e’lonlar, tele va radioreklamalar avjudm. Hozirda kompyuter dars (mashg’ulot) taqtimot (reklamalarni yaratish va tarqatish bo’yicha eng kuchli vositaga aylanadi.
Dars (mashg’ulot) prezentatsiyasini yaratish - bu ko’p vaqtni talab qiladigan, juda muhim va mas’uliyatli jarayondir. Bu o’rinda asosiy vazifa talab qilinadigan rasmlar, animatsiya (harakat), qisqa matnlardan iborat ssenariyni o’ylab topishdan iborat.
Slaydlar ketma-ketligidan iborat tayyor ko’rgazmani kompyuter ekranida, videomonitorda, katta ekranda namoyish qilish mumkin.
Ko’rgazmani tashkil qilish - slaydlar ketma-ketligini loyihalash va jihozlash demakdir.
Taqdim etish axborot texnologiyasining samaradorligi ko’p jihatdan taqdim etuvchi shaxsga, uning umumiy madaniyati, nutq madaniyati va h.k.larga bog’liq ekanligini ham unutmaslik lozim.
POWER POINT dasturi har xil mavzularga oid juda ko’p tayyor taqdimotlar ko’rinishlarini tavsiya etadi. Bunday ko’rinishlar har xil usulda bezatilgan slaydlarni o’z ichiga oladi. Slayd maydonida zarur bo’lsa o’zimizga kerakli matnni, chizmani, jadval yoki diagrammani joylashtirishimiz mumkin. Buning uchun POWER POINT dasturida slayd orqali tayyorlangan EHM qurilmalari yuzasidan tayyorlangan taqdimotlarni misol keltirishimiz mumkin.
Microsoft Power Point dasturi ishga tushirilganda dasturning interfeysi va Power Point muloqot oynasi ochiladi. Word, Excel dasturlari interfeysi kabi Power Point interfeysi ham sarlavhalar satri, menyular satri, uskunalar paneli va ishchi maydoniga ega. Menyular satri slaydlarni ko’rsatish (Pokaz slaydov) bo’limi bilan farqlanadi. Power Point dasturi interfeysining boshqa dasturlar interfeysidan yana bir farqi Power Point muloqot oynasining mavjudligidir.

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin