A. I. Avazbayev Nizomiy nomidagi tdpu "Texnologiya ta’limi metodikasi" kafedrasi, dotsenti.,p f. n


Ko‘rgazmali qurollarni tayyorlashga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə45/88
tarix24.12.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#190984
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   88
ТТМ МАЖМУА 2022

3. Ko‘rgazmali qurollarni tayyorlashga qo‘yiladigan talablar.
Texnologiya fani darslarini o‘quv ustaxonalarida o‘tilishini hisobga olib, har bir mavzuni ko‘rgazmali qo‘rollardan foydalangan holda tushuntirish dars sifatini oshiradi. Imkoniyati boricha davlat tomonidan ishlab chiqarilgan ko‘rgazmali qurollardan foydalanish, uquvchilar bilimini oshirish, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga yordam beradi.
Yuqoridagi mulohazalarni e’tiborga olib texnologiya fani ko‘rgazmali qurollarini o‘qituvchining o‘zi tayyorlab darslarida foydalanishi mumkin. Ko‘rgazmali qurollar o‘quvchilar bilan hamkorlikda tayyorlanadi.
Ko‘rgazmali qurollarni tayyorlashga quyidagi talablar qo‘yiladi:

  • Ko‘rgazmali qurol model ko‘rinishida tayyorlanib, u mavzuga mos bo‘lishi lozim:

  • Ko‘rgazmali qurol qog‘ozga chiziladi, rasmga olinadi, texnologik xarita tarzida tayyorlanadi:

  • Slaydlar tarzida tayyorlanib, ekranda ko‘rsatiladi;

  • Tayyorlangan ko‘rgazmali qurol mavzuni maqsadini asoslashga, uning vazifalarini bajarish yo‘llarini ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim;

  • Har bir mavzu uchun tayyorlangan qurol o‘quvchini bilimini oshirishga ko‘nikma va malakasini Mustahkamlashga, kasb-hunarga yo‘naltirirsh ishlarida sezilarli ahamiyatga yega holda tayyorlanishi lozim.

4.Power Point dasturida taqdimot tayyorlash.
Power Point dasturi haqida umumiy tushunchalar
Power Point dasturi MICROSOFT firmasining WINDOWS qobig’i ostida yaratilgan bo’lib, ushbu dastur prezentatsiyalar (taqdimot qilish, ya’ni tanishtirish) bilan ishlash uchun eng qulay bo‘lgan dasturiy vositalardan biridir. Bu dastur orqali barcha ko’rgazmali qurollarni yaratish va ba’zi joylarda esa ma’lumotlar bazasi sifatida ham qo’llash mumkin. Ayrim hollarda bu dasturdan multimedia vositalarini boshqarish va ularni qo’llab, namoyish etuvchi qurilmalarga yuborish vazifalarini ham bajarish mumkin.
Namoyish etish uchun 35 millimetrlik slayd plyonkasi va tashqi plyonkalar ishlatilish odat tusiga kirdi. Keyingi vaqtlarda rangli suyuq kristalli panellar tarqalgan bo’lib, bevosita kompyuter ekraniga ulanadi. Bunday prezentatsiyalarni tayyorlash ko’p mehnat talab qilinadigan jarayonlardir. Shuning uchun dastur ta’minoti bozorida qator paketlar paydo bo’ldiki, ular prezentatsiyalarni barpo etish va o’tkazish ishlarini soddalashtirishga yordam beradi. Bunday dastur mahsuloti vakillaridan biri bu Microsoft Power Point dasturidir.
Prezentatsiya - bu slaydlar va maxsus effektlar to’plami bulib, ularni ekranda ko’rsatish, tarqatiladigan material, ma’ruza rejasi va konspekt shaklida bitta faylda saqlanadi, prezentatsiya (taqdimot) - yaratilayotgan slaydlar turkumi va uni namoyish etish uchun beriladigan fayl nomi.

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin