Prezentatsiya yaratish bosqichlari Matnni kiritish va tahrirlash. “Master avtosoderjanie” dan foydalangan va prezentatsiyadagi matnlar kiritilmagan bo’lsada, master taklif qilgan matnni o’zgartirish, tahrirlash va ba’zi joylarini foydalanuvchi matni bilan almashtirish mumkin. Bu ishni har bir slayd uchun alohida yoki struktura rejimiga o’tib, alohida slaydlar matni bilan bir qatorda to’liq prezentatsiya matnini tahrirlash mumkin. Struktura rejimida matnni kiritish, tahrirlash va o’rnini almashtirish, shu jumladan, slayddan slaydga o’tkazish va nusxalash mumkin.
Slaydda matn yaratish (yozish) uchun quyidagi algoritmni qo’llaymiz.
1. “Risovanie” asboblar oynasida “Tekst” tugmasini ajratish.
2. Matn yozish uchun zarur maydon hosil bo’lguniga qadar, kursorni slaydga o’tkazish.
3. Ajratilgan (ramka bilan) maydonda matnni terish.
4. Matn yozilgan maydonni sichqoncha ko’rsatkichi yordamida slaydning kerakli joyiga o’tkazish.
Shriftni o’zgartirish uchun matnni ajratib, “Formatirovanie” oynasi yordami-da matnning ko’rinishi, shrift kattaligi, rangi va hokazolar tanlanadi.
Grafiklar, tashkiliy diagrammalar va jadvallar qo’shish. Hamma vaqt ham faqat matndan foydalanib, mavzuni to’liq tushuntirib bo’lmaydi. Ba’zi hollarda rasm va grafiklar zarur bo’lsa, ba’zi hollarda jadvallar ancha samara beradi.Matnli slaydga grafik, tashkiliy diagramma va jadvallar qo’shish yoki grafik slayd yaratish mumkin.Yangi slayd ochishda yoki bo’sh prezentatsiya tanlanganda POWER POINT turli slaydlar variantlari ko’rsatilgan "Sozdat slayd" muloqot oynasini ochadi. Bu slaydlarning ba’zilari faqat matnlardan iborat bo’lsa, ba’zilari sarlavha hamda grafik, tashkiliy diagramma va jadvallar qo’yish uchun ajratilgan sohalardan tuzilgan. Ba’zilari esa bir slaydning o’zida ham matn, ham grafikga ega. Ulardan eraklisini tanlash uchun uning belgisiga bir marta sichqoncha tugmasini bosish va “Ok” tugmasini tanlash, yoki ikki marta slayd belgisiga sichqonchaning chap tugmasini tez bosish zarur. Tanlangan slayd prezentatsiya oynasida slaydlar rejimida hosil bo’ladi.
Slayd tanlanganda va uning ma’lum sohasida tugma bosilganda, POWER POINT foydalanuvchi menyudan mos buyruqni qidirib yurmasligi uchun barcha imkoniyatlarni avtomatik yuklaydi.